120
Shartnoma
huquqi guvohnomasiga asosan menga, Solijon Xoliqovich Qodi-
rovga tegishlidir.
3. Uy-joyning inventarlash narxi 68800000 (oltmish sakkiz
million sakkiz yuz ming) so‘m bo‘Iib, tomonlar uni 86000000
(sakson olti million) so‘mga baholadik va men, Solijon Xoliqovich
Qodirov, sotilgan uy uchun Isroil Ismoilovich Komilovdan ko‘rsa-
tilgan miqdordagi pulni ushbu shartnomani imzolashdan oldin
to‘liq oldim.
4. Ushbu shartnoma tuzilgunga qadar oldi-sotdi qilinayotgan
uy-joy boshqa shaxsga o‘tkazilmagan, garovga qo‘yilmagan va bu
uy-joy yuzasidan hech qanday nizo va taqiqlar bo‘lmagan.
5. Sotilayotgan uy-joyda 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 488-moddasiga asosan foydalanish huquqini o‘zida
saqlab qoladigan shaxslar yo‘q.
6. 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 185-mod-
dasiga ko‘ra, ushbu shartnoma tegishli texnik inventarlash idorasi-
da ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab uy-joyni sotib oluvchi-
da mulk huquqi vujudga keladi.
7. Ushbu shartnomani tuzish uchun ketadigan xarajatlami uy-
joyni sotib oluvchi Isroil Ismoilovich Kornilov to‘laydi.
8. 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksidagi tegish
li moddalaming mazmuni bizga notarius tomonidan tushuntirib
berildi.
9. Shartnoma uch nusxada tuzilib imzolanadi. Bir nusxasi
Marg‘ilon shahar davlat notarial idorasida qoldiriladi; bir nusxa
si sotib oluvchi I.I. Komilovga berilib, bir nusxasi shartnomani
ro‘yxatga olgan texnik inventarlash idorasida qoldiriladi.
(imzo)
S. Qodirov
(imzo)
I. Kornilov
(Notarial idoraning tasdiqlovchi yozuvlari va muhri)
Uy-joylami ayirboshlash shartnomasi ham deyarli ol
di-sotdi shartnomasidan farq qilmaydi. Faqat bu yerda ayir-
bosh qilinayotgan uy-joy (kvartira)lar alohida-alohida tavsif-
lanadi, ulaming inventar narxlari ham ayrim-ayrim ko‘rsa-
|