Tashkiliy hujjatlar tiladi. Tom onlam i va shartnomani ro ‘yxatga oluvchi texnik
inventarlash idoralarini hisobga olgan holda, shartnom a besh
nusxada tuzilishi mumkin.
Avtomashinani oldi-sotdi shartnom asiga nisbatan avto-
m ashinalam i ayirboshlash shartnom asida ham ayni shunday
o ‘zgarishlar b o‘lishi mumkin.
Namuna 13-ilova Avtomashinani oldi-sotdi SHARTNOM ASI 0 ‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri,
ikki ming o‘n to‘qqizinchi yil o‘n beshinchi aprel kuni
Biz, Toslikent viloyati Yangiyo4l shahri Yassaviy ko‘chasi
45-uyning 18-xonadonida yashovchi Turg‘un Ibrohimovich Tur-
sunov va Toshkent shahri Forobiy shohko'chasi 65-uyda yashov
chi Mirpo‘lat Mirakbarovich Mirahmedov ushbu shartnomani
quyidagilar haqida tuzdik:
1. Men, Turg‘un Ibrohimovich Tursunov, Yangiyo‘l tuman-
lararo ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘limi tomonidan 2018-yil-
ning 26-aprelida berilgan GE 654376 raqamli texnik pasportga
ko‘ra menga tegishli bo‘lgan «Neksiya» rusumli, 2011-yilda ishlab
chiqarilgan, shassi raqami 616263, dvigatel raqami 211221, kuzov
raqami 542432, qizil rangli, 10 N 485 AV davlat raqamli belgisiga
ega bo‘lgan avtomashinamni sotdim; men, Mirpo‘lat Mirakbarovich
Mirahmedov, yuqorida ko‘rsatilgan avtomashinani sotib oldim.
2. Yuqorida zikr etilgan avtomashina 80 ot kuchiga ega bo‘lib,
tomonlar uni 66000000 (oltmish olti million) so‘mga baholadik va
avtomashina ana shu narxga sotildi.
3. Men, Turg‘un Ibrohimovich Tursunov, sotilgan avtomashi
na uchun Mirpo‘lat Mirakbarovich Mirahmedovdan ko‘rsatilgan
miqdordagi pulni mazkur shartnomani imzolash arafasida to‘liq
oldim.
4. Ushbu shartnomaga qadar oldi-sotdi qilinayotgan avto
mashina boshqa shaxsga o‘tkazilmagan, garovga qo‘yilmagan,
nizoda bo‘lmagan, unga taqiq solinmagan.