Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari



Yüklə 382,52 Kb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü382,52 Kb.
#179345
  1   2   3   4
O‘zbek davlatchiligining tarixiy bosqichlari

Termiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institute Agralogistika va biznes fakulteti O`rmonchilik yo`nalishi 209-guruh talabasi Jo`raboyev Valijonning O`zbekistonning eng yangi tarixi fanidan tayyorlagan Taqdimoti

O‘zbek davlatchiligining tarixiy bosqichlari(O’zbekiston hududidagi davlatlar tarixi misolida)

Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari

  • Mehnat qurollarining takomillanishi natijasida erga ishlov berish yaxshilanib, ekin maydonlari kengayib, odamlarning mehnati unumliroq bo’lib bordi. Temirning kashf etilishi, undan yasalgan mehnat qurollari qishloq xo’jaligi va hunarmandchilikning tez o’sishiga olib keldi. Odamlarning daryolarni bo’g’ib, to’g’onlar qurib, kanallar qazib erlarga suv chiqarish imkoniyati kengaydi. O’rgatilgan ishchi hayvonlari qo’shilgan temir tishli omochlar bilan erni haydashning o’zlashtirilishi hosildorlikning oshishini, ko’proq mahsulotlar etishtirishni ta’minladi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi, umrini uzaytirdi, aholi son jihatdan ko’payib bordi.

Katta patriarxal oilalar urug’ jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug’ jamoalariga qarashli erlardan chek erlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug’ jamoasining umumiy xo’jaligi oilalar jamoasiga bo’linadi. Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham ataladi.

  • Katta patriarxal oilalar urug’ jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug’ jamoalariga qarashli erlardan chek erlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug’ jamoasining umumiy xo’jaligi oilalar jamoasiga bo’linadi. Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham ataladi.

Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari

  • O’rta Osiyo hududidagi ilk davlat tuzilmalari to’g’risida qadimgi yozma tariximizning eng noyob manbasi hisoblangan «Avesto» kitobi, shuningdek, qadimshunos olimlarning o’lkamizning turli hududlarida olib borgan arxeologik - qidiruv ishlari, ularning natijalari muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida ham bu masalani oydinlashtirish, etarli, asosli fikrlarni aytish mumkin bo’ladi. Bu o’rinda Yunon, Rim mualliflaridan Gerodot, Gekatay, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning asarlari, yodnomalari, Forsiy mixxat yozuvlari, qolaversa, o’lkamizda keng ko’lamli arxeologik tadqiqotlar olib borgan Ya.G’ulomov, S.Tolstov, V.Masson, A.Asqarov, E.Rtvaladze, A.Sagdullaevlarning ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molikdir. Arxeolog olimlarimizning so’ngggi tadqiqotlari asosida fikr yuritadigan bo’lsak, O’zbekiston hududida bronza davridayoq, mil. avv. 2 minginchi yillik o’rtalarida kichik shahar davlatlari shakllangan.

Yüklə 382,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin