Davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi



Yüklə 236,94 Kb.
səhifə7/13
tarix07.01.2024
ölçüsü236,94 Kb.
#208629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
TANGATOV NAVRUZ ANVAROVICH

Tanlash tomonlari
Tanlashning uch tomoni: mezoni, uslubiyati va tashkil etilishi farqlanadi.
Shahsning tanlash vaqtida o’lchanadigan yoki tekshiriladigan sifatlari va hislatlari mezon deyiladi. Masalan, sportchi harakatining tezligi futbolda tanlashning muhim mezonidir.
Oz navbatida mezon uch turga: qobilyat nishonalari, istedod va qobilyatga bolinadi.
Qobilyat nishonalari bu tug’ma va hayotning dastlabki yillarida egallangan anatomic va fizialogik hususiyatlaridir. Masalan, gavdaning, ayniqsa mushak yoki yurak qon-tomir tizimining bazi nisbatlari futboldagi bo’lajak muvaffaqiyatlar uchun qobilyat nishonalari bo’lib hizmat qilishi mumkin.
Istedod shahsning sifat va hislatlari kompleksidan iborat bo’lib, sportda katta yoki kichik muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyati shunga bog’liqdir. Tanlashda istedod asosiy mezon hisoblanadi. Tehnika va taktika mahorati emas, balki mahoratni muvaffaqiyatli egallab olishni ta’minlaydigan sifatlar istedod tushunchasiga kiradi.. bu sifatlar harakat harakterida ( masalan, harakterlar tezligi yoki koordinatsiyasi) yoki intelektual tarzda (masalan, tez fikr yurutish) bo’lishi mumkin.
Qobilyat istadoddan farqli o’laroq, harakat va operatsiyalar usullaridan, ya’ni ko’nikma va malakalardan iborat bo’ladi. Biroq qobilyatning asosini ko’nikma va malakalar tashkil etmaydi, balki bu ko’nikmalarni yo’lga solib turuvchi jarayonlar tashkil etildi. Futbolga yangi kelganlarda uncha qobilyat bo’lmaydi. Shug’ullanuvchilar asosiy tehnik-taktik usliblarni egallab, muayyan tayyorgarlik bosqichiga yetganliklaridagina, ularning qobilyatini baholash mumkin. Yuqori mahoratli jamoaga o’yinchilar qabul qilinar ekan, asosiy mason qilib aynan sportchining qobilyati olinadi.
Mezonlarni o’lchash uchun qo’llanadigan usul yoki moslamalar uslubiyatlar deyiladi. Tanlash amaliyotida ekspert uslubiyati, apparaturali uslubiyat va tastli uslubiyatlardan foydalaniladi.
Ekspert uslubiyatlar mutahhasislarning (murabbiyning o’zi ham mutahhasis bo’lishi mumkin) bo’lajak o’yinchining istedod darajasi haqidagi funksiyalariga asoslangan bo’ladi. Agar ko’pchilik mutahhasislarda shunday fikr bo’lsa, uning ishonchliligi ancha yuqori bo’ladi.
Apparaturali uslubiyatlar baholarning aniqligi bilan afzallikka ega. Biroq bu baholarga qarab istedodlilik darajasi haqida umumiy ta’surot hosil qilib bo’lmaydi. Ayrim sifatlar hali istedodni harakterlamaydi. Ular birlashishi va o’ziga hos birikishda namoyon bo’lishi kerak.
Turli sifatlarni birikib kelishini hisobga olib tuziladigan testlar (sinov) tanlashning eng samarali uslublaridir. Ko’rsatkichlarning bilvositaligiga qaramay, testlar bir qator muhim afzallikka ega. Bu afzalliklarning asosiysi – futbol o’yiniga istedodlilikning test modelini yaratishning mumkinligidir.
Uslubiyatlardan maqsadga muvofiqroq foydalanishga qaratolgan tadbirlar kompleksi tanlashning tashkil etilishi deb ataladi.
Shunday qilib, nomzodlad guruhidan bo’lajak o’yin faoliyatida yuqori va barqaror natijalarga erishishi mumkin bo’lganlarni (sgularga erishish ehtimoli ko’proq bo’lgan bolalar) tanlab olishga qaratilgan tashkiliy uslubiy tadbirlar kompleksini yosh futbolchilarni tanlash deb atash mumkin.

Yüklə 236,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin