Davlat universiteti



Yüklə 165,77 Kb.
səhifə9/11
tarix08.05.2023
ölçüsü165,77 Kb.
#109776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Invеstisiyaga talab funksiyasi. Bank fоiz stavkasi va kutilayotgan sof foyda normasi

12.3.1 -jadval
O’zbekiston Respublikasida foiz stavkalarining o’zgarishi (%)



Davr

Yillik qayta moliyalash stavkasi

Qisqa muddatli kreditlar bo’yicha o’rtacha tortilgan stavka

Yuridik shaxslarning so’mdagi muddatli depozitlari bo’yicha o’rtacha tortilgan stavka

Jismoniy shaxslarning so’mdagi muddatli depozitlari bo’yicha o’rtacha tortilgan stavka

2000

32,3

25,7

12,9

32,2

2001

26,8

28,0

16,0

38,1

2002

34,5

32,2

19,2

40,2

2003

27,1

28,1

17,1

36,2

2004

18,8

21,2

11,3

34,5

2005

16,0

18,8

9,6

27,1

2006

14,0*

19,4

9,8

16,7

2007

14,0

18,5

9.4

20,3

Manba: 1.Ekonomika Uzbekistana.Analiticheskiy byulleten za yanvar-mart 2005 g., s.-13
2.Ekonomika Uzbekistana.Analiticheskiy byulleten za yanvar-dekabr 2005 g., s.-19
3.Pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatning 2008 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari.G’ Bank axborotnomasi, №6, 2008 yil fevral
ситуация в денежно-кредитной сфозитов установленная Центральным Банком Республики



Hozirda mavjud bo’lgan monetaristik siyosatning modellari bu ikki yondashuvni sintez qilgan, ya’ni, bu yondashuvlarning ijobiy jihatlarini qo’shib, o’zida aks ettiradi. Pul kredit siyosatining uzoq muddatli maqsadlariga erishish uchun monetaristik yondashuv ko’proq ishlatiladi. Shu bilan birga qisqa muddatli davrlarda esa davlat foiz stavkasiga ta’sir etish usulidan voz kechmaydi.
Markaziy Bank bir vaqtning o’zida ham pul massasini, ham foiz stavkasini o’zgartirmasdan ushlab turaolmaydi. Pulga talab o’sgan holatlarda maqsad foiz stavkasining barqarorligini ta’minlash bo’lsa Markaziy Bank pul taklifini oshirishga majbur bo’ladi. Bu tadbir yumshoq pul kredit siyosati deb yuritiladi. Pul massasining ko’payib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun pul taklifini cheklash siyosatini qo’llash foiz stavkasining ko’tarilishiga olib keladi va bu siyosat qattiq pul kredit siyosati deb yuritiladi.
Agar pulga talab inflyatsiya tasirida ko’paysa qattiq pul kredit siyosatini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Mabodo pulga talab ishlab chiqarish va daromadlarning o’sishi oqibatida oshsa yumshoq pul kredit siyosatini qo’llash o’rinlidir.
Pul kredit siyosatinig ishlab chiqarish hajmiga ta’siri birinchi paragrafda ta’kidlanganidek pul taklifi o’zgarishining foiz stavkasi darajasiga, foiz stavkasi o’zgarishining esa investitsiya xarajatlari hajmiga (bu bilan yalpi xarajatlar hajmiga ham) va yalpi xarajatlar o’zgarishining ishlab chiqarish ya’ni yalpi taklif hajmiga ta’siri ko’rinishida bosqichma - bosqich ro’y beradi. Foiz stavkasining pul taklifi o’zgarishiga tasirchanligi, yoki investitsiya xarajatlarining foiz stavkasi o’zgarishiga tasirchanligi past bo’lishi pul kredit siyosatini amalga oshirishda muammolarni keltirib chiqaradi.
Pul-kredit siyosati fiskal va savdo siyosatlari bilan chambarchas bog’liq. Agarda Markaziy bank qayd qilingan valyuta kursini saqlab turishni maqsad qilib qo’ysa mustaqil (ichki) pul siyosatini olib borish mumkin bo’lmay qoladi. Chunki almashinuv kursini ta’minlab turish uchun valyuta zahiralarini ko’paytirib yoki kamaytirib turish iqtisodiyotda pul hajmiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Pul-kredit va fiskal siyosatlarni muvofiqlashtirish bilan bog’liq qiyinchiliklar ham mavjud. Agarda hukumat iqtisodiyotni davlat xarajatlarini oshirish orqali qo’llab-quvvatlashni amalga oshirmoqchi bo’lsa, uning muvaffaqiyatli amalga oshishi ko’proq pul-kredit siyosatining xarakteriga bog’liq. Chunki, bu mo’ljallanayotgan xarajatlar qimmatli qog’ozlar (ya’ni, obligatsiyalar)ni chiqarish evaziga amalga oshsa, pulga bo’lgan talab oshadi va natijada esa foiz stavkalari ko’tariladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining kamayishiga olib keladi. Yoki Markaziy bank hukumatning yuqoridagi siyosatini qo’llab-quvvatlash uchun pul taklifini ma’lum miqdorda ko’paytirsa, pul qadrsizlanishi mumkin.
Umuman, barqaror pul-kredit siyosati hukumat tomonidan olib boriladigan fiskal siyosatga hamma vaqt ham mos kelavermaydi.

2007 yilda bank kapitali va mijozlavrning jalb qilingan kapitali hisobiga bank aktivlarining umumiy hajmi 28,7 %ga oshdi va 2008 yilning 1 yanvariga 9276,1 mlrd so’mmga etdi.


“O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2007 yil 12 iyuldagi 670-sonli Qaroriga asosan banklarning nizom jamg’armasini ko’paytirish va investitsion resurs bazasini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, 2007 yilda banklarning ustav kapitali 2 baravarga oshirilib, 2008 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra 365,6 mlrd. so’mni tashkil qildi”.*
Banklarning aktivlari o’sib borishi tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning bo’sh turgan mablag’larini bank depozitlariga jalb qilinishi tufayli ham ta’minlandi.
Bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimi kapitalining etarlilik darajasi Bank nazorati bo’yicha xalqaro Bazel qo’mitasi talablari asosida belgilangan xalqaro standartlardan qariyb uch barobar ko’p ekanini ta’kidlash joiz.
Hozirgi vaqtda respublikamiz bank tizimining umumiy joriy likvidligi dollar hisobida 1,5 milliard dollardan ortiqdir. Bu tashqi nodavlat qarzlar bo’yicha to’lanishi kerak bo’lgan to’lovlar hajmidan 10 barobar ko’pdir. Bu esa bizda likvidlik, ya’ni to’lovlarga qodirlik darajasi bo’yicha muammo yo’q, deb aytish uchun asos beradi.
“Bundan tashqari, 2008 yilda tijorat banklari tomonidan xalqaro reyting olish uchun «Mudis», «Fitch Reytings», «Standart end Purs», «Tompson Faynenshl Bank Votch», «Japan Kredit Reyting Ejensi», «Reyting Ejensi Malayziya» kabi nufuzli xalqaro reyting kompaniyalari bilan o’zaro hamkorlik ishlari davom ettirildi.”3
2008 yilda respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining 12 tasi xalqaro «Mudis», «Fitch Reytings» va «Standart end Purs» reyting kompaniyalarining «barqaror» reyting bahosini olishga erishdilar (12.4.1-jadval).
Shuningdek, xalqaro amaliyot negizida banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning milliy individual reyting tizimini joriy etish maqsadida, O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi tomonidan Markaziy bank hamda qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan kelishilgan holda tegishli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.
Shunga muvofiq, 2008 yil davomida «Axbor-Reyting» milliy reyting agentligi tomonidan 21 ta tijorat bankiga turli darajadagi reyting baholari berildi.

Yüklə 165,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin