117
Toshkandda Azizbekka qarshi isyon boshlang‘anini, bizni
ko‘mak uchun Yusufbek hojining Toshkandga chaqirg‘anligini
so‘zlab, uning ismidan bir maktub berdi. Men darhol siðohlar-
ni Toshkand qaytishg‘a buyurdim-da, xabar olg‘ani
ikkinchi
kuni Toshkandga yetdim. Biz Toshkandga kirganda Yusufbek
hoji boshliq olomon Azizbekni o‘rda ichiga qamab yotar ekan-
lar. Olomon, ayniqsa, Yusufbek hoji bizni juda yaxshi qarshi-
ladilar...
Men Yusufbek hojining bunchalik
katta xizmati evaziga xon
hazratidan ulug‘ bir martaba olib berishka va’da bergan edim,
ul bunga qarshi uzr aytib, Toshkandga insoflik bir bek belgu-
lansa,
manim uchun kifoya, dedi.
Uning xon janobidan kutgan bir marhamati bor ekankim,
shu yaqinda savdo bilan Marg‘ilonda yurgan yolg‘iz o‘g‘lini
noma’lum bir sabab bilan O‘tabboy qushbegining qamag‘an-
lig‘ini eshitibdir. Uning bu xizmatini biror mukofotka arzigu-
luk ko‘rsalar, o‘shal qamoqda bo‘lg‘an o‘g‘lini ozod etmak
uchun xon hazratlarining qiladirg‘on
inoyatlari har bir nar-
sadan ham unga azizroq bir mukofot bo‘lur...
A. Qodiriy, «O‘tkan kunlar» romanidan.
Bildirish (bildirishnoma) muayyan idora, uning rah-
bariga biror voqea-hodisa yoki xizmat faoliyatiga tegishli
masalalar yuzasidan axborot
berish maqsadida taqdim
etiladigan hujjatdir.
Bildirishnomalarni tayyorlashda faqat biror voqea,
holat haqida xabar berish bilan cheklanish yetarli emas,
ularning sabablari tahlil qilinishi,
xulosa chiqarilishi,
takliflar berilishi ham lozim.
Shuning uchun bildirishnomalarda xulosa va takliflar
aniq va ishonarli yozilishi talab qilinadi.
Bunday hujjatlar matni ikki qismdan iborat bo‘lib,
birinchisida, yozilishiga sabab bo‘lgan voqea, dalillar
berilsa, ikkinchisida, shunga
oid xulosa va aniq takliflar
bayon qilinadi. Agar bayon qilinayotgan ma’lumotlar
aniq sana yoki vaqtga tegishli bo‘lsa, bu sana yoki vaqt
matn oldidan ko‘rsatilishi lozim.
Masalan: 2010- yil 1- oktabrdagi holatga ko ‘ra kabi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
118
Abu Ali ibn Sino nomidagi
Buxoro akademik litseyi
direktor o‘rinbosari
Dostları ilə paylaş: