Davlat uzb p65


y tovushi bo‘lsa, bu qo‘shimcha -ulla



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/124
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#40493
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   124
o1sxqvVxxOZJF33atSYulmTRkg87qXDyAlhHSHgi

y tovushi bo‘lsa, bu qo‘shimcha -ulla tarzida aytiladi va
shunday yoziladi: gurulla, shovulla, lovulla kabi.
Unli tovushlar bilan tugagan parvo, avzo, obro‘, mavzu,
mavqe kabi fors-arab tillaridan o‘zlashgan so‘zlarga egalik
qo‘shimchalari qo‘shilganda quyidagicha yoziladi:
a) I va II shaxs qo‘shimchalari qo‘shilganda ushbu
so‘zlardan so‘ng y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday
yoziladi:  parvoyim, avzoying, obro‘yingiz, mavzuyim,
mavqeying kabi;
b) III shaxs egalik qo‘shimchasi parvo, obro‘, avzo,
mavqe  so‘zlariga -yi shaklida qo‘shiladi, mavzu, orzu
so‘zlariga -si shaklida qo‘shiladi: avzoyi, obro‘yi, mavzusi,
orzusi kabi.
20- mashq. Quyidagi fe’llardan qo‘shimchalar yordamida ot yoki
sifat yasang va so‘z o‘zagidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatib
bering.
Ili, qayna, sovi, yumsha, qot, tin, yon, sana, to‘qi,
qizi, to‘xta.
29- topshiriq. Matnni o‘qing. Òovush o‘zgarishiga uchragan so‘zlarni
aniqlab, bu o‘zgarishlarning sababini tushuntiring.
Odob kichik yoshlilarni kattalar duosiga sazovor etadi;
yoshlar u duo barakasidan umrbod bahramand bo‘ladilar.
Odob ulug‘lar ko‘nglida yoshlarga mehr uyg‘otadi va u odobli
yoshga bo‘lgan muhabbat ko‘nglida abadiy qoladi. Yoshlarni
ko‘zga ulug‘ qilib ko‘rsatadigan fe’l-atvori odobdir, odob-
lilarning yurish-turishida xalq ulug‘vorlik ko‘radi.
Odob kishilar tarafidan qilinishi mumkin bo‘lgan hur-
matsizlik eshigini bekitadi va odamni hazil-mazaxdan, kam-
sitishdan saqlaydi. Odobdan kichiklarga shunchalik foyda
www.ziyouz.com kutubxonasi


42
yetadigan bo‘lsa, kattalarga nechog‘liq ekanini tasavvur qiling.
Odob va tavoze do‘stlik oynasiga jilo beradi va ikki oraga yorug‘lik
bag‘ishlaydi.
Odob urug‘ini ekkan odamning hosili javohir bo‘ladi.
Odobli va go‘zal xulqli odamlar ko‘payaversa, xalqning
do‘stligi, ularning bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbati borgan
sari rivoj topadi.
Alisher Navoiy, «Mahbub ul-qulub»dan.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin