Davlat uzb p65


O‘zak va qo‘shimchadagi tovushning tushib qolishi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/124
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#40493
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124
o1sxqvVxxOZJF33atSYulmTRkg87qXDyAlhHSHgi

O‘zak va qo‘shimchadagi tovushning tushib qolishi:
— Ikkinchi bo‘g‘in yopiq bo‘lgan otlarga egalik qo‘-
shimchalari va shunday tarkibli fe’llarga -il nisbat
qo‘shimchasi qo‘shilganda o‘zakdagi ikkinchi unli aytil-
maydi va yozilmaydi. Masalan: og‘iz>og‘zim, sha-
har>shahring, o‘g‘il> o‘g‘li, ayir>ayril, qayir>qayril kabi.
— Ikkinchi bo‘g‘ini ochiq unli bilan tugagan sonlarga
-ov, -ala qo‘shimchalari qo‘shilganda ham o‘zakdagi -i
unlisi yozilmaydi: ikkov, oltov, yettala kabi.
—  men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘-
shimchalari qo‘shilganda qo‘shimchadagi -n aytilmaydi
va yozilmaydi. O‘zagi -n bilan tugagan boshqa so‘zlar
bundan mustasno. Masalan: meni, sening, meniki va o‘rinni,
nonning, matnniki kabi.
22- mashq. Gaplardagi qaysi so‘zlarning o‘zak va qo‘shimchasida
tovush tushish hodisasi yuz berganligini aniqlang va
shu so‘zlarni daftaringizga ko‘chiring.
1. O‘z ko‘nglingni ko‘tarishning eng yaxshi yo‘li kimning-
dir ko‘nglini ko‘tarishdir (M. Òven). 2. Har kimki atog‘a
ko‘p rioyat qilg‘ay, o‘g‘lidan anga bu ish siroyat qilg‘ay
(A. Navoiy). 3. Sening har bir ishing boshqalarga ibrat bo‘lishini
unutma. 4. Og‘ziga kelganni demoq nodonning ishi (Alisher
www.ziyouz.com kutubxonasi


44
Navoiy). 5. Ikkalasi ham shahrimizdagi o‘zgarishlarni ko‘rib
lol qolishdi. 6. Òo‘pidan ayrilganni bo‘ri yer (Maqol). 7. Sening
tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ingdan ayrilmasligingni bilar edim.
8. Meniki-seniki deb tortishib, necha marta burni qonadi
hamki, og‘zini tiyolmaydi. 9. Men ham bir o‘g‘lingman, ona
sayyora, Bag‘ring men uchun ham xoki pok bo‘lsin (A. Oripov).
31- topshiriq. Do‘stlik va sadoqat mavzusidagi maqollardan ayting.
So‘zlarida tovush o‘zgarishlari bo‘lgan maqollarni
yozib oling va bu o‘zgarishlarni imlo qoidalari asosida
izohlab bering.
Qaratqich kelishigi qo‘shimchasi yozuvda -ning shak-
lida ifodalanadi: O‘zbekistonning iqtisodi, bilimning kuchi. Bu
kelishik ma’nosi jonli nutqda -ni, she’r tilida -n, -im
shakllarida ifodalanishi mumkin: Ukamni oldiga kirdim.
O‘zbekiston Vatanim manim.
Òushum kelishigi doimo -ni shaklida yoziladi: Lolani
ko‘rdim, mehrimni berdim kabi. She’riy til va og‘zaki nutqda

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin