51
Buncha
kech angladim,
nega muncha kech...
anglasam loaqal o‘ttiz yil avval,
Loaqal tug‘ilmay turib anglasam...
Ko‘rgan bo‘larmidim seni mukammal.
Hali asl Vatan bo‘lmog‘ing uchun
ovozi
toshlarni yorar kuychilar,
qanchalab sehrgar shoirlar kerak,
qancha
bilim kerak,
qancha kuch-chidam.
Umrim ko‘chkilarday jimjit, shiddatli,
butkul
tinmoq uchun bir kun bemalol
faqat yaxshi bo‘lmoq judayam kamdir,
juda kamlik qilar yashamoq halol.
Naqadar
kechikib angladim seni,
chaqinlar yo‘q qilsa meni daf’atan,
ayt, qandoq chidayman bunday xo‘rlikka,
ayt, qandoq yotaman qa’ringda, Vatan!
Shavkat Rahmon
Dostları ilə paylaş: