Davlat uzb p65



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/124
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#40493
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   124
o1sxqvVxxOZJF33atSYulmTRkg87qXDyAlhHSHgi

II. ÒALAFFUZ ME’YORLARI
37- topshiriq. Matnni o‘qing, so‘zlarning talaffuzi va yozilishidagi
xatolarni aniqlab, o‘zaro munosabatini izohlang.
— Modarni ko‘rdilarmu? — so‘radi Vafo attor kemshik
tishlarini ko‘rsatib. — Xo‘sh, qalaylar, kampir tuzuk-
larmu?
www.ziyouz.com kutubxonasi


49
4 – Mahmudov N.
— Rahmat! — Bashirjon gapni qisqa qilib, o‘tib ketmoqchi
edi, lekin Vafo attor:
— Bir daqiqa! — deya uning yengidan tortdi.
— Xo‘sh!
— Indi, uka o‘rtoq Zaynishuv! — dedi u mitti ko‘zlarini
yiltiratib. — Biz o‘zimiz betobdurmiz, hovlida nogiron kurra-
chaning holi ne kechdi? Kecha o‘g‘ul kelib erdi, eshshak
bolasiga yem va beda kerak deydur...
Bashirjonning jahli chiqib ketdi, attorning qo‘lini qahr
bilan siltab tashladi.
— Bas-da endi! — dedi u qi p-qizarib. — Hozirga qadar
o‘ttiz so‘m oldiyiz... O‘sha kurrayiz ikki pulga qimmat!
— Mani, bemorni siltamang, uka o‘rtoq Zaynishuv! —
dedi Vafo attor yig‘lamsirab. — Bobongiz tengiman,
siltamang mani!
Ne’mat Aminov
28- mashq. Berilgan so‘z va so‘z birikmalarini to‘g‘ri talaffuz
qiling, ma’nosidagi farqlarning sababini tushun-
tiring.
Bir daf’a — daf etilmoq, man keldim — man qilinmoq,
shox kesmoq — shohni surmoq, modda — moda, qattiq —
qatiq, da’vo — davo, maqta — maqta’, ta’rif — tarif, sur’at
— surat, hil-hil pishmoq — xilma-xil tovlanmoq, tovlanmoq
— toblanmoq, sillasi qurimoq, — silab qo‘ymoq, tilla — tila.
Og‘zaki nutq jarayonida til birliklarini adabiy til
me’yorlariga muvofiq aytilishi talaffuz me’yorlariga asos-
lanadi.
Òalaffuzda tovushlarning to‘g‘ri aytilishi muhim
bo‘lib, o‘ziga xos qonuniyatlarga asoslanadi.
Nutq tovushlarining so‘z tarkibida alifboda belgilan-
ganidek talaffuz qilinishi me’yoriy sanalishi bilan
quyidagi holatlar ham talaffuz me’yoriga muvofiqdir:
1. So‘z oxirida b tovushining jarangsizlanib, p tarzida
aytilishi: hisob > hisop, kelib > kelip.
2. So‘z oxirida d tovushining t tarzida talaffuz
qilinishi,  d yoki t tovushlarida tushib qolishi: dard >
dart, band > bant, go‘sht > go‘sh, past > pas kabi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


50
3. Ayrim so‘zlarda l tovushining tushib qolishi: bo‘lgan
> bo‘gan, kelsa > kesa kabi.
4. Bank, tank, disk kabi o‘zlashma so‘zlarga a tovushi
qo‘shib aytilishi, ba’zi o‘zlashmalar talaffuzida v
tovushining f tarzida o‘zgartirilishi me’yordan chekinish
hisoblanmaydi.
29- mashq. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilgan holda o‘qing. Òovushlar
talaffuzida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan holatlarning
sababini izohlang.
Xursand, fikr, yuzsiz, tavsif, borarkan, sunbula, uchta,
ketdi, bo‘lsa, ravshan, boringiz, fabrika, buncha, taxt, oftob,
borib, televideniye, avtomobil, qo‘shiq, manba, ketyapman,
birla, yigitcha, tuzsiz, mazkur, oqshom, to‘qson, bizni,
novvoy, seshanba, yutuq, yubordi, supra, birorta, marotaba,
kabob, tebranmoq, yomg‘ir, Abdusalom, jabr-sitam, Xolida
opa, konstitutsiya, boj, billur, hozir, so‘zsiz.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin