33- topshiriq. Ruboiylardagi qo‘shma so‘zlarni aniqlab, tarkibini
izohlang.
Shoho, fuqaroki munisi g‘amduhlar,
Bedordil-u ko‘zlari purnamdurlar.
Zinhor alarni qilmag‘il ozurda,
Otashdam-u barhamzani olamdurlar.
Shermuhammad Munis
Òole’ yo‘qki jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab, netayin, ne yuzqarolig‘ bo‘ldi.
Z. M. Bobur
Quyidagi tuzilishdagi qo‘shma so‘zlar ajratib yoziladi:
• birinchi qismi sifat, ikkinchisi atoqli ot bo‘lgan
geografik nomlar: Kichik Osiyo, Sharqiy Òurkiston, Quyi
Chirchiq kabi;
• qo‘shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi: shifo top-
moq, olib chiqmoq, yoza boshlamoq, aytib bermoq, ko‘rgan edi
kabi;
• qo‘shma ravishlar ajratib yoziladi: har kim, hech bir,
hamma vaqt, qay kuni kabi. Biroz, birpas, birato‘la, birmuncha
so‘zlari bundan mustasno;
• o‘zaro -dan qo‘shimchasi bilan bog‘langan takror
so‘zli birikmalar: kundan kunga, tomdan tomga, ochiqdan
ochiq, ko‘pdan ko‘p kabi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|