taman» deb javob qiling. Boshqa joyga tushib, sizdan kechi-
rim so‘rashsa, «marhamat, hechqisi yo‘q», deb dastakni
qo‘ying. Telefon orqali muloqot qilayotganingizda xodim-
lardan biri huzuringizga kelib muhim ishi borligini aytib
qolsa, hamsuhbatingizdan uzr so‘rang va ma’lum vaqtdan
keyin unga o‘zingiz qo‘ng‘iroq qilishingizni aytib, tele-
fon dastagini ohista qo‘ying. Telefonda gaplashayotganda
o‘tirgan joydan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib yoki boshni
egib gaplashish kabilar odob doirasiga kirmaydi. Bu ho-
latda gaplashsangiz atrofdagi xodimlarning g‘ashiga tegasiz.
61- mashq. Quyidagi qurilmalar asosida gaplar tuzing va shu
gaplar asosida matn yarating.
www.ziyouz.com kutubxonasi
95
O‘zMU qoshidagi
akademik litsey direktoriga
Qabul qiluvchi — kotiba
Turopova.
Tel: 246-36-95 soat 15:30
Kim?
xabar yetkazadi.
Kimga?
Kim?
qabul qiladi.
Kimdan?
Qachon?
yig‘ilish bo‘ladi (o‘tkaziladi).
Nima?
Kim?
qatnashishi (tayyorgarlik ko‘rishi) shart.
Nima
uchun?
77- topshiriq. Telefonogrammani o‘qing, shu asosda litse-
yingizda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining yillik hi-
sobot yig‘ilishi bo‘lishi haqida telefonogramma namunasini
yozing.
«Ustoz» jamg‘armasi
Yetkazuvchi — kotiba
Salimova. Tel: 245-16-20
TELEFONOGRAMMA
2010. 18.04. Toshkent ¹ 14
Respublika «Ustoz» jamg‘armasi hay’at boshqaruvi
yig‘ilishi qaroriga ko‘ra litseyingizga bir dona IBM PC—150
rusumli kompyuter ajratildi. Uni qabul qilib olish uchun
Siz ishonchnoma bilan o‘z vakilingizni yuborishingiz lo-
zim.
Jamg‘arma raisi I. Shodmonqulov.
www.ziyouz.com kutubxonasi
96
Telefonogramma orqali belgilangan joyga shoshilinch
xabar matni yetkaziladi.
Bunday matn bir nusxada tayyorlanadi, rahbar yoki
mas’ul shaxs tomonidan imzolangach, tegishli joyga te-
lefon orqali yetkaziladi.
Telefonga chaqirilgan shaxs telefonogramma berili-
shi haqida ogohlantirilishi, u qabul qilishga tayyor
bo‘lgach, qabul qiluvchi ulguradigan sur’atda yetkazuv-
chi tomonidan yozdirilishi lozim.
Matnning to‘g‘ri qabul qilinganligiga ishonch hosil
qilish uchun qabul qiluvchi matnni yetkazuvchiga qayta
o‘qib eshittirishi shart. Qabul qiluvchi telefonogram-
maning berilish vaqti va sanasini, yetkazuvchining ism-
familiyasi, lavozimini qayd etadi.
Yetkazuvchi ham qabul qiluvchi haqida shunday
ma’lumotlarni yozib qo‘yishi lozim.
78- topshiriq. a) litseyingizda o‘tkazilishi mo‘ljallangan biror
tadbir haqida faks yoki elektron pochta orqali (e-mail) yubori-
ladigan xabar matnini tayyorlang. Faksogrammada telefonogram-
madan farqli tarzda qanday zaruriy qismlar bo‘lishi lozimligini
aniqlang;
b) savollarga javob bering.
1. Faksogramma orqali xabar jo‘natishdan oldin qanday
tayyorgarlik ishlari bajariladi?
2. Faks orqali yo‘llangan xabaringiz qabul qilinganligini
nima bilan asoslash mumkin?
3. Faksogrammani to‘g‘ri qabul qilish uchun nimalarga
e’tibor berish kerak?
62- mashq. Berilgan so‘z birikmalari ishtirokida telefonogramma
matni tuzing.
Madaniyat saroyida, ish bilan ta’minlashga oid, tuman
bandlik xizmati, yoshlar taklif etiladi, 5- may soat 16:30 da,
korxona va tashkilot vakillari, O‘zbekiston Milliy universiteti,
talabalar shaharchasida yashovchi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
97
7 – Mahmudov N.
79- topshiriq. Telegramma matnini o‘qing, telefonogrammadan
farqli jihatlarini izohlang.
Farg‘ona 16, Buvayda 8,
Inomjon Qodirovga
Yigirma beshinchi martda uyimizga o‘rtog‘im Asadulla bo-
radi. U bilan haydovchilik guvohnomamni berib yuboring,
o‘g‘lingiz Ilhom.
Telegramma shoshilinch xabar yetkazishning juda
qisqa va ixcham shaklidir. Xabar mazmunini ifodalovchi
telegramma matni bosh harflar bilan ikki intervalda
yozilishi kerak. Qo‘lda yozilgan taqdirda harflar yirik-
yirik, so‘zlar aniq ko‘rinishi lozim. Matn tilida yig‘iq
sodda gaplar, to‘liqsiz gaplar ishlatiladi, tinish belgi-
lari qo‘yilmaydi. Xabar bayonida to‘g‘ri ma’noli ix-
cham so‘zlardan, qisqartmalardan foydalaniladi. Bun-
day telegraf uslubida til birikmalari imkon qadar te-
jalishi talab qilinadi.
Telegramma matnida bo‘g‘in ko‘chirilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi, gaplar barcha qatorlarga xatboshisiz yo-
ziladi. Kunlar va raqamlarni so‘zlar bilan yozish tavsiya
qilinadi, murakkab sonlarni raqam bilan yozish mum-
kin. Telegramma so‘ngida jo‘natuvchining manzili, ism-
familiyasi va yuborgan sanasi kichik harflar bilan ko‘r-
satiladi.
80- topshiriq. a) quyidagi mazmunda muhim xabarlarni jo‘natish
uchun telegramma matnlari tuzing.
1. Yaqin do‘stingizni o‘zingizning yoki qarindoshingiz-
ning to‘yiga taklif qiling. 2. Yuqori davlat hokimiyati idoralari
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat
hokimligi)ga erishgan katta yutug‘ingiz haqida xabar yozing.
b) quyidagi savollarga javob bering.
1. Yuqoridagi ikki telegrammaning qaysi birida pochta
manzili ko‘rsatilmaydi?
www.ziyouz.com kutubxonasi
98
2. Telegramma bilan telefonogramma o‘rtasida qanday farq-
lar bor?
3. Fototelegrammadan qanday maqsadlarda foydalani-
ladi?
4. Telegrammada tinish belgisi qo‘yilishi mumkin bo‘lgan
holatni izohlang.
63- mashq. Berilgan so‘z birikmalari va gaplarni ma’nodoshlari
bilan yonma-yon qo‘yib daftaringizga ko‘chiring.
Yig‘ilishda qatnashishlari shart, « Milliy tiklanish» partiyasi
a’zoligiga qabul qilindim, 5218 raqamli joriy hisobingdan,
bu to‘g‘rida takror xabar beriladi, jamg‘arma qaroriga ko‘ra,
namunali tashkil etilganligi sababli, majlisda bo‘lishlari ke-
rak, bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi, 1018 raqamda-
gi o‘z joriy hisobim mablag‘idan, Meni «Milliy tiklanish»
Dostları ilə paylaş: |