Davlat va huquq nazariyasi modulidan YaN (yakuniy nazorat) kazuslari Kazus 1


Savollar: 1. JSST huquqiy maqomiga ko'ra qaysi huquq sohasini o'rganadi?



Yüklə 143 Kb.
səhifə15/16
tarix15.09.2023
ölçüsü143 Kb.
#143874
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
DHN. uzbek.

Savollar:
1. JSST huquqiy maqomiga ko'ra qaysi huquq sohasini o'rganadi?
2. JSST vakilining bayonoti yuridik faktmi? Agar u yuridik fakt sifatida tan olinsa, qanday huquqiy oqibatlar yuzaga keladi?
3. "Biz COVID-19dan oldin bilar edik." Sizningcha, bu jumla huquq nazariyasining qaysi mavzusiga tegishli?
4. Bu ishda nechta yuridik fakt mavjud?

Kazus 19
Qozog‘istonda iyul oyidan boshlab Mehnat kodeksiga to‘rt kunlik ish haftasi tushunchasi kiritiladi, deb yozadi Tengrinews.kz. Hozirda qonunchilikda besh kunlik va olti kunlik ish haftasi, shuningdek, to‘liq bo‘lmagan ish haftasi (davomiylik tomonlarning kelishuvi bilan belgilanadi) tushunchalari bor.
Qozog‘iston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining aniqlik kiritishicha, bu iyuldan boshlab ish haftasi to‘rt kunlik bo‘ladi, degani emas. Gap ish grafigini o‘zgartirish imkoniyati haqida ketyapti.
Mehnat kodeksining yangi moddasiga ko‘ra, tomonlar kelishuviga binoan mehnat shartnomasida besh kunlik yoki olti kunlik ish haftasiga almashtirish huquqi bilan to‘rt kunlik ish haftasini belgilashga ruxsat beradi. “Ushbu amaliyot yakka tartibdagi ish beruvchilar tomonidan allaqachon amalga oshirilmoqda va xalqaro mehnat standartlariga mos keladi”, — dedi Mehnat vazirligi matbuot kotibi Saken Dildaxmet.
Ushbu rejimning joriy etilishi ishlab chiqarish jarayonini hisobga olgan holda, xodimga shaxsiy va oilaviy ehtiyojlar bilan shug‘ullanish bo‘yicha majburiyatlarning kombinatsiyasini ta’minlash imkonini beradi, deya tushuntirdi u. “Ushbu rejimda ishlash xodim uchun yillik haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining davomiyligi, ish stajini hisoblash va Mehnat kodeksi, mehnat, jamoa shartnomalari va bitimlarida belgilangan mehnat sohasidagi boshqa huquqlarni cheklashga olib kelmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi Mehnat vazirligi vakili.


Savollar:
1. Bu kazus qaysi huquq sohasiga tegishli? Fikringizni asoslang.
2. «Mehnat shartnomasi» nima? Batafsil tahlil qiling.

Yüklə 143 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin