Ta‘lim jarayonida õquvchi va pedagog lateralligining õzaro muvofiq kelishi ular õrtasida ma‘lumot almashinuvining yuqori darajada samarali bõlishini ta‘minlasa, mazkur profillarning õzaro tõğri kelmasligi – muloqot darajasi samaradorligining pasayishiga olib keladi.
Polimodal ta‘lim texnologiyasi “Polimodal” tushunchasi “kõp modallik” ma‘nosini anglatadi. Psixologiyada modallik – ma‘lumotlarni qabul qilish va ishlashni amalga oshiruvchi ichki va tashqi reprezintatsiyalardan birining kõproq qõllanilishidir. Modalliklar vizual (kõrish), audial (eshitish), kinestetik(harakat) va digital(mantiqiy) turlarga bõlinadi. Modalliklar submodalliklar bilan ifodalanadi.
Inson bosh miyasi turli reprezintativ kanallar orqali borliqdagi ma‘lumotlarni qabul qiladi.
Sintezlangan ta‘lim texnologiyasi
Ta‘lim-tarbiya ta‘siri samaradorligini oshirish uchun õqituvchi tafakkuri strategiyadini õqituvchi bilishi va ta‘lim jarayonini rejalashtirish hamda tashkil etishda hisobga olishi shaxsga yõnaltitilgan zamonaviy, neyropedagogik ta‘lim texnologiyalarini qõllashdagi muhim omillardan sanaladi. STT õquvchilarning neyropedagogik xususiyatlari hamda tafakkuri strategiyadidan kelib chiqqan holda ta‘lim jarayonini tashkil etish bõlib, mazkur texnologik jarayonni rejalashtirishda õqituvchi tomonidan quyidagi shartlarga rioya qilinishi zarur: - õquv jarayonining maqsad va vazifalarini aniq qilib belgilash; - shakllantiruvchi baholash; - õquv materiallarini turli laterallikda taqdim etish; - turli laterallikka ega bõlgan õquvchilar tafakkurining õzaro hamkorligini shakllantirish; - mashğulot davomida kõtarinki emotsional holatda bõlish; - õquvchi tashabbusining ustuvorligi; - tafakkurning bilimdan ustunligi; - vazifalarni individual darajada differensiyalash.
“Boshqacha qilib aytganda” va “Neyropedagogikada binar ma‘ruza” metodlardan ta‘lim jarayonida foydalanish
“Neyropedagogikada binar ma‘ruza”
Ma‘ruzaning asosiy maqsadi – õquvchilarni muammoli vaziyat yoki õquv mashğulotiga jalb etish, õz fikrlarini erkin bayon etishga õrgatishdir.
Binar ma‘ruza talabalar fikrinierkin bayon etishlariga va faol tafakkur qilishlariga qaratilgan. Bunda ikki turli manbalar tomonidan taqdim etilyotgan ma‘lumot õquvchilarda qiziqish uyğotib, õquv mashğulotining bahs-munozaraga boy bõlishini, ta‘lim jarayonining subyekt va obyektlari õrtasidagi ma‘lumot almashinish jarayoning faolligini ta‘minlaydi. Yarimsharlar funksional asimmetriyasini hisobga olgan holda “Neyropedagogik binar ma‘ruza” metodidan amliyotda foydalanish inson bosh miyasining chap va õng yarinsharlarining
“Boshqacha qilib aytganda” metodi.
Ta‘lim jarayonida õquvchilar bosh miyaning õng yarimsharlar imkoniyatlarini ma‘lum darajada faollashtirish maqsadida turli faol va interfaol metodlardan faoydalanish mumkin. Shunday metodlardan biri “Boshqacha qilib aytganda” metodidir. Mazkur metoddan ta‘lim tizimining deyarli barcha bosqichlarida samarali foydalanish mumkin.
“ Boshqacha qilib aytganda” metodining mohiyati – tushunchalarga ta‘rif berish, kichik-kichik xulosalar chiqarish – chap yarimshar, õng yarimshar uchun alohida-alohida ikki xil mazmunda amalga oshirilishi kerak bõladi.
Mavzuga doir savollar:
1.Shaxsning “lateratsiya” profili nima? 2.”Neyropedagogik binar ma‘ruza” ning afzal jihatlari nimalardan iborat? 3.”Boshqacha qilib aytganda” metodining qõllanilish sabablari? 4.”Evristik vazifalar”ni chap yarimshari yetakchi bõlgan bolalarga õrgatish usullari? 5. Ma‘lumki, asosan, Polimodal va sintezlangan ta‘lim texnologiyalaridan foydalanamiz. Neyropedagogikaning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda “uchinchi” texnologiya sifatida qaysi texnologiyani tashkil etish mumkin?