43
Shuningdek, Germaniya Federativ Respublikasining 2011-yil 20-sentabrda
AQShning o‘sha vaqtdagi Prezidenti Barak Obama tashabbusi bilan Braziliya,
Indoneziya, Janubiy Afrika Respublikasi, Meksika, Norvegiya, Fillipin, Buyuk
Britaniya davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro shartnoma asosida tashkil etilgan
39
va hozirda
dunyoning 79 davlati a’zo hisoblanadigan “The Open Government Partnerships”
(OGP) ya’ni “Ochiq Hukumat Hamkorligi” tashkilotiga 2016-yilda a’zo davlat
sifatida qo‘shilishi ham ochiq hukumat va uning shaffoflik, hamkorlik, ishtirok etish
va hisobdorlik ustunlarini targ‘ib qilish bo‘yicha o‘z oldiga har kelgusi yil uchun
davlat dasturi ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi.
Tadqiqotimiz davomida quyidagi davlatlarning davlat boshqaruvi
organlarining ochiqligini ta’minlashdagi tajribasini, qonunchiligini hamda amalga
oshirgan ishlarini tahlil qilib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: