shaffoflik, fuqarolarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va boshqaruvni mustahkamlash uchun yangi texnologiyalar kuchidan foydalanishni G4 o‘zining maqsadi sifatida e’lon qildi. Ushbu yo‘lda
juda ham ko‘plab ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan edi va bu jarayonda
fuqarolar, davlat organlari, agentliklar va boshqa idoralar tomonidan takliflar
yig‘ildi. Natijada, 16 tasini davlat organlari, 8 tasini 5 ta fuqarolik jamiyati
tomonidan, 23 tasi 18 ta fuqaro tomonidan taqdim qilingan 67 ta taklif kelib tushdi
va bulardan 36 tasi Koreya OHHdagi forumida 4 bosqichda tanlab olindi. Ushbu
takliflar “Xalq Hukumati”ni qurishda asos vazifazini bajarib berdi
42
.
Ushbu vaqtga kelib Koreya Respublikasi Corruption Perceptions Index
bo‘yicha 180 ta davlat ichida 51-o‘rinni egalladi va 100 baldan 54 ball to‘pladi. Bu
“The Open Government Partnerships” davlatlari orasida esa 29-o‘rin degani edi. Shu
sababli ham 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan “Milliy Reja”ning asosiy
maqsadlaridan biri sifatida korrupsiyaga qarshi kurash vazifasini qo‘ygan edi.
Hozirgi kunda ham amalda hisoblangan Koreya Respublikasining 2021-
2023-yillarga mo‘ljallangan “Milliy Rejasi” ni tadqiq qilib chiqamiz. Jumladan,
o‘tgan 2012-2020-yillar oralig‘ida 4ta “Milliy Reja” ishlab chiqildi va mamlakat
taraqqiyoti va fuqarolarning hayoti yaxshilanishi uchun xizmat qildi. Shu 4 ta
“Milliy Harakatlar Rejasi”ning ishlashi va bularga “The Open Government
Partnerships” tashkiloti tomonidan berilgan baholardan xulosa chiqargan holda, G5
uchun quyidagicha maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ydi. Bular, davlat boshqaruvida
fuqarolik jamiyati va jamoatchilik ishtirokini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va inklyuziv raqamli innovatsiyalarni ilgari surish. Ushbu
maqsadlarning ahamiyatli jihati shundan ibortki, hukumat va fuqarolik jamiyati
hamda manfaatdor tomonlarni birgalikda ushbu maqsadlarni amalga oshirishga jalb
qildi. Ushbu beshta “Milliy Harakatlar Rejasi” natijasida kelgusida G6 dasturini ham
ishlab chiqish jarayonini amalga oshirmoqda.
42