01-08. Taftish komissiyalari, auditorlar,davlatmoliyaviy nazorat idoralari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv xulosalari,dalolatnomalar;
Tashrif buyuruvchilarni qayd etish monitoringkitobi;
Kelgan sanasi
Qaysi tashkilotdan keldi
Tashrif maqsadi va asosi
Hujjatning raqami va sanasi
Tekshiruvchi ning F.I.Sh
Aniqlan gan kamchilik lar
Kamchiliklarni bartaraf qilish muddati
1.
2.
MTT direktori almashganda tuzilgan topshirish — qabul qilish dalolatnomalari va ularga oid ilovahujjatlar.
Taftish komissiyalari, auditorlar, davlat moliyaviy nazorat idoralari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv xulosalari yoki dalolatnomalari saqlanadi.
MTTa tashrif buyuruvchilarni qabul qilish boʻyicha qaydnomalar kitobi yuritiladi. Kitob raqamlangan, tikilgan va tuman Maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan boʻladi.
02 — Tarbiyalanuvchilarga oid hujjatlar
1. Tarbiyalanuvchilarni MTTga qabul qilish, guruhdan-guruhga oʻtkazish va tashkilot roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi (elektron) buyruqlar yigʻma jildi.
Tarbiyalanuvchilarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish, guruhdan-guruhga oʻtkazish va roʻyxatdan chiqarish daftari:
namuna
T/r
F.I.Sh
Tugʻilgan sana
Guruh nomi
Qaysi guruhga oʻtkazildi
Oʻtkazilgan sanasi
Roʻyxatdan chiqarilgan sana
1.
02-01. MTT direktori tomonidan tarbiyalanuvchilarning guruhdan guruhga oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingach, mazkur buyruqqa asosan bolalar guruhlarning davomat daftariga qayd etiladi. Umumiy tipdagi davlat MTTda bolalarni qabul qilish, tashkilotdan chiqarish ishlari “Bolalar bogʻchasi” elektron tizimi orqali, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti (keyingi oʻrinda – KTIDMTT) va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinda — QTDMTT)ga qabul qilish esa Tibbiy-pedagogik- psixologik komissiyasining (keyingi oʻrinda — TPPK) xulosasi asosida amalga oshiriladi.
MTT direktori tomonidan YAIDXP orqali berilgan yoʻllanma yoki oʻrnatilgan tartibda berilgan TPPK xulosasi asosida kelgan bolalarni MTT qabul qilish, guruhdan-guruhga oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarishga oid buyruqlar elektron nusxalari saqlanadi. Elektron tartibda guruh tarkibiga qabul qilingan bolalar uchun yoki TPPK xulosasi asosida qabul qilingan bolalar uchun MTT direktorining buyrugʻi chiqariladi.
Oʻquv yili davomida MTT guruhlarida bola oʻrinlari boʻshagan taqdirda, elektron navbatda turgan keyingi bolaga yoʻllanma chiqarilib, MTT direktori buyrugʻi asosida qabul qilinadi.
Tarbiyalanuvchilarni MTTdan chiqarish toʻgʻrisidagi buyruqqa uning ota- onasi tomonidan berilgan ariza (arizada turli sabablar koʻrsatiladi) asos hisoblanadi. Bu toʻgʻrisida MTT direktori tomonidan yoki uning nazorati ostida “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimiga har kunlik maʼlumotlar kiritilib, yangilab boriladi.
02-02. MTT va ota-onalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, bolalalarga DXM (Davlat xizmatlari markazi)dan berilgan yoʻllanmalar yoki KTIDMTT va QTDMTTga berilgan Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosalari yigʻma jildi va qayd etish kitobi yuritiladi.