Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining ish hujjatlarini yuritish boʻyicha qoʻllanma



Yüklə 142,97 Kb.
səhifə18/31
tarix13.12.2023
ölçüsü142,97 Kb.
#175011
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
3-илова Иш ҳужжатлари 155 YANGI

Oʻyinlar – Tarbiyalanuvchilarning hoxish-istaklariga koʻra, hafta mavzusi boʻyicha didaktik rivojlantiruvchi oʻyinlar nomi qayd etiladi;
Ertalabki badantarbiya mashqlari (yuqoridagi uchinchi xat boshi qarang).
Taʼlim-tarbiya jarayoni
Oy va hafta mavzusiga koʻra taʼlim-tarbiya jarayoni rejalashtiriladi.
Ertalabki davra suhbati – tarbiyalanuvchilar hafta mavzusi bilan tanishtiriladi, mavzu doirasida yangiliklarni bilishlari hamda rivojlantiruvchi markazlarda qanday faoliyat turlari bilan shugʻullanishlari yuzasidan tanishtirilib oʻtiladi (tarbiyachi bir kun oldin bolalarni hohish-istaklarini inobatga olib, ertaga qaysi markazlarda faoliyat yuritilishi boʻyicha maʼlumot beradi. Shuningdek, tarbiyachi markazlar faoliyatlarni yoʻlga qoʻyishda ota-onalar bilan ishlashi tavsiya etiladi).
Umumiy guruh boʻlib ishlash – frontal mashgʻulot boʻlib, unga nutq, oʻqish va yozish malakalarini rivojlantirish, elementar matematika; savodxonlikka oʻrgatish; xorijiy til; jismoniy tarbiya; musiqa faoliyatlari hamda xoreografiya mashgʻulotlari kiradi. Tarbiyachi tomonidan mutaxassislar bilan kelishgan holda, ushbu frontal mashgʻulotlarni olib borish vaqti ishlab chiqiladi va direktor tomonidan tasdiqlanadi.
Markazlardagi faoliyatlar – taʼlim faoliyati mavzuli rejalashtirish asosida tashkil etilib, har bir yosh guruhlari uchun alohida oy va hafta mavzulari aks ettiriladi hamda beshta rivojlantirish markazlarida taʼlimiy faoliyat turlari tashkil etiladi:

  • Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi;

  • Syujetli-rolli oʻyinlar va sahnalashtirish markazi;

  • Til va nutq markazi;

  • Fan va tabiat markazi;

  • Sanʼat markazi.

Namunaviy rejalashtirish berilgan markazlardagi faoliyatlarga, hudud (shahar)larning ichki imkoniyatlarini inobatga olib yoki ijodiy yondoshgan holda (asosiy oy mavzusidan chiqib ketilmaydi) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda markazlardagi faoliyat ish daftarida qayd etiladi.
Ish jurnalining sayr boʻlimi 5 qismdan iborat.

Yüklə 142,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin