Davlat xarid I



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/52
tarix07.01.2024
ölçüsü65,12 Kb.
#206290
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
2 0 ‘z R
Vazirlar Mahkamasining 2000- yil 21- noyabrdagi 456-sonli 
Qarori bilan tasdiqlangan «Xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va 
jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o‘tkazish to‘g‘risida»gi 
Nizom.


Tender bo‘yicha xaridlarda qatnashuvchi mamlakatimiz tovar 
ishlab chiqaruvchilari (yetkazib beruvchilari) bilan hisob-kitoblar 
so‘mlarda amalga oshiriladi.
Qarorlarni 
oshkora
va 
xolisona
qabul qilish, mamlakatimiz 
tovar ishlab chiqaruvchilari (yetkazib b eru v ch ilari) uchun 
ustuvorlikni saqlagan holda tender qatnashchilari uchun teng 
raqobat sharoitlari yaratish tenderlar o'tkazishni tashkil etishning 
asosiy tamoyillari hisoblanadi.
Shartnomani ijrosining sifati va muddatlarini baholash sotib 
oluvchi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Shartnomalar 
bo‘yicha to'lovlar g'aznachilik organlarida ro‘yxatdan o ‘tgandan 
so‘ng amalga oshiriladi.
Davlat xaridinng nazorat tizimi
— o ‘z ichiga birlamchi, joriy 
va so‘ngi nazoratni oladi.
Dastlabki nazorat:
xarajatlar smetasini ro ‘yxatdan o ‘tkazish 
jarayonida moliya organlari tom onidan; byudjetdan mablag1 
oluvchilarning yuridik m ajburiyatlarni ro 'y x a td an o'tkazishi 
jarayonidan — g'aznachilik b o ‘linm alari to m o n id an ; tanlov 
hujjatlarini ekspertizadan o ‘tkazishda Davarxitekqurilish tomo­
nidan; investitsiya loyihalari uchun loyihalarni tanlab olishda 
Iqtisodiyot vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Joriy nazorat:
import shartnomalarini tuzishda Tashqi iqtisodiy 
aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi tomonidan; shartnomalami 
ro‘yxatdan o'tkazishda g‘aznachilik organlari tomonidan; tanlovni 
tashkil etishdan obyektni ishga tushirishgacha bo ‘lgan muddatlarda 
Davarxitekqurilish tomonidan amalga oshiriladi.
S o ‘ngi nazorat:
Moliya vazirligining N azorat-taftish bosh- 
qarm asi; P ro k u ratu ra; H isob palatasi to m o n id a n amalga 
oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarida baholar monitoringining tashkil eti- 
lishida byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish ustidan 
nazoratni kuchaytirish uch bosqichli nazoratni to £liq joriy qilishni 
taqozo etadi.
Ya’ni, byudjet tashkiloti kontragentdan tovarlar sotib olish 
(ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) to‘g‘risida ofertani (taklifni) 
qabul qilib olganidan so‘ng, shartnomani akseptlaydi (imzolaydi)


va g'aznachilik boMimidan ro‘yxatdan o ‘tkazish uchun taqdim 
etadi.
Yuridik majburiyat vujudga kelishi uchun, shartnomaning 
ro'yxatdan o ‘tkazilishi talab qilinadi.
G ‘aznachilikda yuridik majburiyat vujudga kelishidan awal, 
dastlabki nazoratni
amalga oshirish imkoniyati mavjud bo'lib, bu 
narxlar monitoringi orqali ta’minlanadi.
Bunda byudjet tashkiloti sotib olmoqchi bo‘lgan tovarlar 
(ishlar, xizmatlar narxi) muqobil yetkazib beruvchilar baholari 
bilan taqqoslanadi. Muqobil yetkazib beruvchilar to‘g‘risida ma’- 
lumot to‘plashning turli usullari mavjud. Masalan, tovar xomashyo 
biijalari, bozorlardan ma’lumotnomalar, raqobatchi tashkilotlardan 
tijorat takliflari olish, ommaviy axborot vositalari va ixtisos- 
lashtirilgan reklama nashrlaridagi ma’lumotlami umumlashtirish 
mumkin.
Bitta shartnom a bo ‘yicha 100 ming AQSh dollari ekviva- 
lentidan kam summaga tovar yetkazib berilishi bo‘yicha shart- 
nom alarni tuzish, 2009- yil 16- sentabrda ro‘yxatgan olingan
2007-sonli «Davlat byudjetining g‘azna ijrosi qoidalari»ga asosan 
tartibga solinadi.
0 ‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi tovarlar vositachilarsiz, 
aynan, ishlab chiqaruvchining o'zidan sotib olinishi, chetdan 
keltiriluvchi tovarlar esa, bevosita import qiluvchidan tovarlami 
yuqori baholarda xarid qilishni oldini oladi1.
Hozirgi kunda moliya organlarida baholar monitoringini tashkil 
etishning huquqiy asosi bo'lib, Vazirlar Mahkamasining: 2000- 
yil 21- noyabrdagi 456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Xomashyo, 
materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish yuzasidan 
tender savdolarini o‘tkazish to‘g‘risida»gi Nizom, 2000- yil 5- 
avgustdagi 305-sonli «Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni 
yanada chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida»gi Qarori; 2003- yil 3- iyuldagi 302-sonli « 0 ‘zbekiston
1 0 ‘zR VMining 2000- yil 5- avgustdagi 305-sonli «Kapital qurilishda 
iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- 
tadbirlar to ‘g‘risida»gi Qaroriga asosan.


Respublikasi hududida kapital qurilishda konkurs savdolari 
to‘g‘risida»gi Qarori (va ushbu qarorning ilovasi) ham da Moliya 
vazirligining tegishli buyruqlari asos bo‘lib hisoblanadi.

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin