УДК: 336.2(075)
КВК 65.42уа73
В95
Ilmiy muharrir:
Iqtisod fanlari nomzodi, dosent T. Baymuratov
Taqrizchilar:
Iqtisod fanlari nomzodi, dosent A. Shernayev
Iqtisod fanlari nomzodi, dosent E. Xoshimov
Burxanov U.
B95
Davlat xaridi: o'quv qo'llanma/ U.
Burxanov, T. Atamuradov;
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi; —
Toshkent: Tafakkur bo'stoni, 2012. — 144 b.
ISBN 978-9943-36-260-4
IAtamuradov T.
Olquv qo‘llanmada davlat xaridi tizimini tashkil etish, uning modellari,
davlat xaridini tashkil etishning xalqaro tajribalari o ‘iganilgan. Shuningdek,
tender savdolarini tashkil etish, davlat xaridini monitoringi, strategiyasi
va qo'llaniladigan elektron texnologiyalar ilmiy amaliy jihatdan talqin
etilgan.
Davlat xaridini tashkil etishda qo‘llaniladigan tushunchalarga ta’riflar
berilgan, statistik ma’lumotlar jadval va chizmalar shaklida keltirilgan.
0 ‘quv qo ‘llanma barcha iqtisodiy yo‘nalishda ta’lim olayotgan
talabalar, tadqiqotchilar va mutaxassis amaliyotchilarga mo‘ljallangan.
УДК: 336.2(075)
KBK 65.42ya73
ISBN 978-9943-36-260-4
© U.Burxanov, T.Atamuradov, 2012
© Cho‘lpon
nomidagi N M IU , original-maket 2012
© Tafakkur bo‘stoni, 2012
K IR I S H
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming
yangi bosqichida davlat xaridi tizimini boshqarishni isloh etishga
katta e’tibor qaratilmoqda. Hukumat tomonidan xarid jarayon-
larini shaffofligini ta ’minlashga qaratilgan, jum ladan, xaridni
amalga oshirishda tender jarayonlaridan kengroq foydalanish
yo‘nalishlari bo‘yicha qator hujjatlar qabul qilinmoqda.
Amalga oshirilayotgan islohotlardan ko'zlan g an maqsad,
nafaqat, davlat mablag‘laridan foydalanishning samarali hisob
va
nazoratini tashkil etish, balki davlat buyurtm achilarining
shartnomaviy-huquqiy tartibga rioya etish darajasini oshirish,
x arid n in g sam arali b o sh q aru v tiz im in i sh a k lla n tirish d a n
iboratdir.
D avlat xaridini tashkil etishning yangicha tam oyillarga
asoslangan tizim shakllantirilar ekan, tabiiy ravishda, bu sohada
o‘z echimini kutayotgan qator mavjud
muammolar mavjudligini
ko‘rsatish mumkin. Jumladan:
— davlat x arid ini am alga o sh irish n in g m avjud tizim i
mamlakatimiz miqyosida davlat ehtiyojlari u chun tovarlar va
xizmatlami sotib olish uchun qilinadigan xarajatlarni optimal-
lashtirish imkonini bermaydi;
— davlat xaridi tizimini boshqarish bo'yicha m e’yoriy-huquqiy
bazani yetarli darajada rivojlanmaganligi;
— byudjet xarajatlarini boshqarish uslubiyotidagi ayrim
kamchiliklarning mavjudligi;
— davlat xaridini am alga oshiruvchi
va u n i nazoratini
ta’minlovchi malakali kadrlaming yetishmasligi;
— xarid tizimi hamda uning mexanizmlarini shaffof emasligi;
— davlat xaridini boshqarishning zamonaviy elektron tizimining
yetarlicha rivojlanmaganligi;
— kichik va xususiy tadbirkorlikning davlat xaridi tizimida
ishtiroki b o ‘yicha tajribalaming yetishmasligi;
— davlat xaridini boshqarish strategiyalarini ishlab chiqishning
zarurligi va boshqalar.
Davlat xaridi tizimini boshqarishni isloh etish kompleks yondo-
shuvni talab etadi. Islohotlar faqatgina maxsus qarorlar qabul
qilish va davlat xaridi bo‘yicha vakolatli
agentlikni tashkil etish
bilan chegaralanib qolmasdan, balki turli xil davlat organlari
o ‘rtasida hamkorlikda harakatni yo'lga qo‘yish, ular o‘rtasida
vakolatlarni taqsimlash, tizim da kuchlar nisbatini tengligini
ta’minlovchi o ‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlarini shakllantirishni
talab etadi.
S h u n d ay ekan, respublikam izda davlat xaridi tizim in i
boshqarishni takomillashtirish, uning yaqin va uzoq muddatli
strategiyalarini shakllantirish hamda
ushbu jarayonlarda kichik
biznes subyektlarini ishtirokni ta ’minlash, iqtisodiy islohotlami
amalga oshirishning hozirgi bosqichida dolzarb vazifalardan biri
bo‘lib qolmoqda.
D avlat xaridini boshqarish va davlat xarajatlarini amalga
o shirishning ayrim nazariy-am aliy ham da uslubiy jih atlari
respublikamiz iqtisodchi olimlaridan A.Vahobov, N Jum ayev,
N.Haydarov, G.Qosimova, M.Olloyorov, D.Xolmuradov kabilar-
ning ilmiy izlanishlarida o ‘z aksini topgan.
Davlat xaridini tashkil etishning amaliy-huquqiy asoslarini
shakllantirishda BMTning 0 ‘zbekistondagi vakolatxonasi va
Moliya vazirligi hamkorligidagi « 0 ‘zbekistonda
davlat moliyasi
islohotlari» loyihasi katta hissa qo‘shdi. Jumladan, mazkur loyiha
doirasida ham m ualliflardan U.Burxanov tom onidan «Davlat
xaridi» o ‘quv qo‘llanmasi tayyorlangan edi. 0 ‘quvchilarga havola
etilayotgan mazkur qo'llanma Toshkent moliya instituti, Moliya
vazirligi G ‘aznachiligi hamkorligida va hammualliflardan Toshkent
Iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi T.Atamuradov tomonidan
qayta ishlanib, so'ngi amaliy o ‘zgarishlar nazariy-uslubiy jihatdan
boyitildi.
Shu sababli, mualliflar yuqorida nomlari
keltirilgan tashkilot
rahbarlari va ekspertlariga, shuningdek, m azkur qo'llanm ani
tayyorlashda ishtirok etgan barcha mutaxassislarga, taqrizchilarga
o‘zlarining chuqur minnatdorchiligini izhor etadi.
Mualliflar