I bob. DAVLAT XARIDINING IJTIMOIY-IQTISODIY
VA HUQUQIY AS OS LAR I
§ 1. Davlat xaridinini tashkil etishning
ijtimoiy-iqtisodiy amaüyati va uni iqtisodiyotga ta’siri
0 ‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan
dastlabki k u n lard an boshlab ijtim oiy yo'naltiriligan bozor
iqtisodiyoti sari islohotlami bosqichma-bosqich amalga oshir-
moqda.
Davlat tizixni va boshqaruv sohasidagi islohotlar natijasida
xarajatlam i boshqarishning yangi huquqiy tizimi shakllantiril-
m oqda. Bu o ‘z navbatida, davlat m ablag‘larini sarflanishi
samaradorligini ta ’minlashga, uning zamonoviy boshqaruv mexa-
nizmlarini amalda tatbiq etishga iinkon beradi.
Xalqaro miqyosda yuzaga kelgan yangi iqtisodiy vaziyat, davlat
mablag‘lari hisobidan xarajatlami amalga oshirishda hukumatlar
oldiga qo'yilgan vazifalaming muhimligini oshirmoqda.
M a’lumki, davlat o‘z vazifalarini bajarish jarayonida bir qator
xarajatlar qilishi zarur. Bu xarajatlar, eng awalo, mamlakat iqti-
sodiyotini rivojlantirish uchun turli tarmoqlarga investitsiya
qilishga, aholining turmush darajasini ko'tarishga, hamda ijtimoiy
vazifalami bajarishga qaratilgan, davlatni boshqarish, mudofaani
ta’minlash kabi aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan, rejalashtirilgan
xarajatlardan iborat bo'ladi. Umumdavlat xarajatlari, asosan, davlat
byudjeti va davlatning boshqa markazlashtirilgan fondlari orqali
moliyalashtiriladi.
D avlat byudjetining iqtisodiy tushunchasi, umumjamiyat
miqyosida markazlashgan, davlat ishtirokida to‘plangan va sarfla-
nadigan moiiyaviy resurslami anglatadi.
Davlat xarajatlarining muhim tarkibiy qismi sifatida davlat
xaridi alohida o ‘ringa ega.
Tovar va xizmatlami xarid etish dunyo rivojlanish amaliyotida
muhim o ‘rin egallaydi va fondlar hamda investitsiyani samarali
o'zlashtirishga yo‘naltirilgan uzluksiz jarayon hisoblanadi. 0 ‘zbek
tilidagi «xarid« termini (inglizchada, procurem ent — prokyurment)
«sotib olish» m a’nosi bilan bir m a’noda ishlatilib, zamonoviy
tushunchalarda mahsulotlami, bajarilgan ishlarni yoki ko‘rsatilgan
xizmatlarni m a’lum haq evaziga olish dem akdir (inglizchada,
procurement of goods, works and services).
Davlat xaridi —
bu davlat ehtiyojlari uchun tovarlar va
xizmatlarni qisman yoki to ‘liq davlat mablag'lari evaziga sotib
olishdir1.
Davlat xaridini boshqarishga tizimli yondoshuv to ‘g‘riroq
bo'ladi. Shunday ekan, davlat ehtiyojlari uchun xaridni rejalash-
tirish va amalga oshirish hamda nazorat etish bilan bog'liq barcha
jarayonlar
davlat xaridi tizimini
yuzaga keltiradi.
Davlat xaridi davlat infratuzilm asini m oddiy-m oliyaviy
ta ’minlash uchun amalga oshiriladi. D avlat infratuzilmasini
umumiy tarzda ikkita yirik tarkibiy qismiga ajratish mumkin:
— iqtisodiy infratuzilma (transport, maishiy xizmatlar, kundalik
iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun birlamchi b o ig a n
infratuzilmalar);
— ijtimoiy infratuzilma (maktablar, shifoxonalar, kutubxonalar,
yoki boshqacha aytganda, jamiyat kundalik hayoti uchun birlamchi
infratuzilmalar). Ijtimoiy sohalarga Davlat xaridini amalga oshirish
zarurati umumjamiyat manfaatlaridan kelib chiqadi. O'zbekistonda
ijtimoiy sohalarga investitsiyalar va davlat xaridi mavjud qonuniy-
me’yoriy aktlar orqali tartibga solinadi.
Davlat moliyasini boshqarishni isloh etish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan o'zgarishlarning tarkibiy qism i sifatida, davlat
xaridini tashkil etishni tubdan isloh etish, uni tartibga soluvchi
huquqiy bazani shakllantirish, davlat xarajatlari samaradorligini
oshirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Davlat xaridini boshqarish tizimini takomillashtirish uchun
quyidagi elementlardan foydalanish samarali yo‘nalish hisoblanadi:
davlat xaridini boshqarish yuzasidan ilg‘o r xorijiy tajribalardan
1
У. Бурханов.
Государственны е зак у п к и , h ttp ://e l.tf i.u z /p d f/
gos_zakup_ru. pdf
foydalanish; davlat xaridi siyosatini davlatning iqtisodiy siyosati
maqsadlariga muvofiqlashtirish; davlat xaridi sohasidagi amalga
oshirilayotgan siyosatni monitoring va baholashni tatbiq etish.
Davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirish mexaniz-
mining samarali b o ‘lishi, ko‘p jihatdan, davlat xaridi uchun qaror
qabul qilayotgan davlat xizmatchilarining kvalifikatsiya darajasi,
professional tayyorgarligi va haqqoniyligiga bog'liq. Ko‘pgina
davlatlarda davlat xaridi bilan shug‘ullanadigan xodim larni
tayyorlash va ular malakasini oshirish bevosita hukumatning
zimmasiga yuklatilgan vazifasi hisoblanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yuqoridagi
ko‘rsatilagan yo‘nalishlardagi muammolami bartaraf etishga katta
e’tibor qaratilmoqda va davlat xaridini amalga oshirishda ishtirok
etuvchi boshqa subyektlar ishtirokida, davlat xaridi jarayonining
mexanizmlarini hamda uning huquqiy asoslarini takomillashtirish
bo‘yicha faol ish olib borilmoqda.
Xususan, davlat xaridi tizimini boshqarish bo'yicha tizimU
yondoshuvga b o ‘lgan talab hamda davlat xaridining iqtisodiyotning
ayrim sohalariga b o ‘lgan ta ’sir etuvchi mexanizm sifatida
foydalanish strategiyalari shakllantirilmoqda.
0 ‘zbekistonda davlat xaridining hajmi YalMning 11 foizini
tashkil etgani holda, uni iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi muhim
omil ekanligini ko‘rsatadi. Davlat xaridi YalMni shakllanishiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta ’sir ko'rsatadi1. Bularni inobatga ohb davlat
xaridini amalga oshirish sohasida olib borilgan oqilona siyosat
makroiqtisodiy siyosatga jiddiy ta ’sir etuvchi instrument sifatida
yuzaga chiqadi:
— davlat xaridini iqtisodiyotning m a’lum sohalarida amalga
oshirish orqali, o ‘sha sohalar rivojiga va aholi bandligi hamda
daromadlari darajasiga ijobiy ta’sir etadi;
— ochiq tenderlam i e’lon qilish orqali raqobatni rivojlantirishga
ta’sir etadi;
10 проблемах управления государственными закупками в Респуб
лике Узбекистан и направлениях совершенствования. Аналитическая
записка. 1Ж О Р . Таш кент 2008.
— sotib olinayotgan tovarlaming sifat talabini xalqaro andoza
talablarga tenglashtirish orqali, milliy ishlab chiqaruvchi korxonalar
mahsulot sifatini oshirishga ta ’sir etish mumkin;
— kichik biznes vakillari tomonidan ishlab chiqarilayotgan
tovar va xizmatlami sotib olishda tanlov jarayonlarini joriy etish
orqali, kichik biznesni va raqobatni rivojlantirishga ta ’sir etish
mumkin.
Yuqorida sanab o ‘tilgan holatlar faqatgina mamlakat darajasida
davlat xaridini boshqarishning saxnarli mexanizmlari mavjud bo'lgan
sharoitda, ya’ni xaridni rejalashtirish va uning iqtisodiyotga ta’sirini
baholash orqali erishish mumkin.
0 ‘zbekiston hukum ati davlat xaridi instrum entidan turli
ko‘rinishlarda foydalanib kelmoqda. Masalan, o ‘rta maxsus ta ’lim
tizimini islohotlar, nafaqat, o ‘quv binolari sonini ortishiga olib
keldi, balki respublikada kapital qurilish sohasining rivojiga ham
katta turtki berdi.
2000- yillar boshida qurilish kompaniyalari nochor ahvolda
bo'lgan bo‘lishsa, hozir ular qurilish-montaj va loyihalaming
turli-tum anligi va sifati bo'yicha xorijiy kom paniyalar bilan
raqobat qilishmoqda.
Shuning bilan bir vaqtda, 0 ‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan
qurilish materiallarining turlari ham kengaydi. Kapital qurilish
sohasida davlat buyurtmasi aholi bandligini oshirishda ham muhim
rol o ‘ynadi. Xuddi shunday misolni m ebel ishlab chiqarish
sanoatiga nisbatan ham keltirib o‘tish m um kin1.
0 ‘zbekiston Respublikasida
davlat xaridining subyektlari
quyidagilar hisoblanadi:
Davlat buyurtmachilari:
byudjet m ablaglarini oluvchilar va
byudjet hamda byudjetdan tashqari fondlar mablag‘larini taqsim-
lovchilar:
— byudjet mablag‘lari oluvchi tashkilotlar;
— byudjetdan tashqari maqsadli fondlarning ijroiy direk-
siyalari;
Dostları ilə paylaş: |