Davlat xarid I



Yüklə 65,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/52
tarix07.01.2024
ölçüsü65,12 Kb.
#206290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Nazorat uchun savollar:
1. 0 ‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetining xarajatlari qaysi
yo'nalishlarda amalga oshiriladi?
2. Davlat xarajalari davlat xarididan nimasi bilan farqlanadi?
3. Davlat xaridi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga qanday ta ’sir
etadi?
4. Davlat xaridining predmeti ttima?
5. Davlat buyurtmachilari kimlar?
6. 0 ‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini isloh etish borasida
hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarni tushuntirib
bering.


§ 2. Davlat xaridini tashkil etishning
railliy va xalqoro huquqiy asoslari
Davlat xaridini boshqarish borasida 0 ‘zbekistonda amalga 
oshirilayotgan islohotlaming ajralmas qismi bu — davlat xaridini 
boshqarish bo ‘yicha yangi huquqiy m e’yorlarga asoslangan qonun- 
chilikni shakllantirishdan iboratdir.
0 ‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini boshqarishning 
mavjud huquqiy asoslari quyidagilardan tashkil topgan:
1. 0 ‘zbekiston Respublikasining Fuqorolik kodeksi (4-paragraf 
«Davlat shartnomalari asosida tovarlar yetkazib berish»).
2. 0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlari:
— 2 0 0 0 -yil 14 -dekabrdagi «Byudjet tizimi to‘g‘risida»gi;
— 1998- yil 29- avgustdagi «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to ‘g‘risida»gi;
— 2004- yil 26- avgustdagi «Davlat byudjetining g‘azna ijrosi 
to‘g‘risida»gi va 0 ‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari:
— 2003- yil 3- iyuldagi 302-sonli «Kapital qurilishda tanlov 
savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadibirlari to‘g‘risida»gi;
— 2 0 0 0 -yil 21 - noyabrdagi 456-sonli «Tender savdolarini 
tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida»gi;
— 2000- yil 8- apreldagi 136-sonli «2000- yil davlat ehtiyojlari 
uchun sotib olinadigan oziq-ovqat asosiy turiari to ‘g‘risida»gi va 
unga ilova qilingan «Ijtimoiy soha tashkilotlari, maxsus iste’- 
m olchilar va davlat zaxirasi uch u n asosiy oziq-ovqat bilan 
ta’minlash tartibi»;
— 1 9 9 7 -yil 26- sentabrdagi 454-sonli «Davlat ehtiyojlari 
uchun oziq-ovqat yetkazib berishni tanlov asosida tashkil etish 
to‘g‘risida» va unga ilova qilingan «Davlat ehtiyojlari uchun import 
oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish tenderlarini o ‘tkazish tartibi»;


— 2007- yil 20- martdagi 53-sonli qarorga ilova qilingan 
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G ‘aznachiligi 
to‘g‘risida» nizomi;
— 1997-yil 14- avgustdagi 397-sonli «Davlat ehtiyojlari uchun 
asosiy oziq-ovqat turlarini sotib olish tizim ini takomillashtirish 
to‘g‘iisida»gi va Vazirlar Mahkamasining boshqa Qarorlari.
4. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o‘t- 
gan me’yoriy-huquqiy hujjatlar:
— 2 0 0 9 -yil 16-sentabrda ro ‘yxatgan olingan 2007-sonli 
«Davlat byudjetining g‘azna ijrosi qoidalari»;
— 2009- yil 16- aprelda ro'yxatgan olingan 1941-sonli «Mu- 
dofaa majmui va huquqni muhofaza qilish organlari muassasalari 
va tashkilotlarining byudjet xarajatlari va boshqa maxfiy xarakterga 
ega boMgan byudjet xarajatlarning g‘azna ijrosi tartibi haqida 
nizom»;
— 2 0 0 9 -yil 1 9 -m a y d a ro 'y x a tg an o lin g a n 1969-sonli 
O 'zbekiston R espublikasi M oliya v azirin in g « 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Davlat byudjetida turadigan tashkilotlaming set, 
shtat va kontingentlari bo ‘yicha rejaning bajarilishi to ‘g‘risidagi 
choraklik va yillik hisobotlar shakllarini tasdiqlash haqida» 
buyrug‘i;
— 2 0 0 7 -yil 5 - dekabrda ro 'y x a td a n o ‘tgan 1746-sonli 
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Mohya vazirligining G ‘aznachiligi va 
uning hududiy bo'linmalarida byudjetdan mablag‘ oluvchilaming 
hisobvaraqlarini yuritish qoidalari»;
— 2000- yil 5- avgustda ro'yxatdan o ‘tgan 305-sonli «Hukumat 
kafolati ostida va davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan 
qurilish obyektlari uchun, buyurtmachilar va pudrat tashkilotlari 
tomonidan sotib olinadigan qurilish materiallari va konstruk- 
siyalarning m aksim al narxlarini o ‘rn a tish ta rtib i b o 'y ich a 
yo‘riqnoma»;
— 2010- yil 11- noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tom onidan qabul qilingan «Davlat xaridlari tizim ini m uqo- 
billashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilishni 
kengaytirish to ‘g ‘risida»gi PQ-1475 sonli Q arori va boshqa 
huquqiy-me’yoriy hujjatlar.


Ayni paytda 0 ‘zbekiston Respublikasida «Davlat xaridi 
to‘g‘risida» Q onun qabul qilinmagan. 0 ‘zbekistonda davlat xaridini 
tashkil etishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga, xususan, 
«Davlat xaridi to ‘g‘risida»gi Qonunni qabul qilishning dolzarbligi 
quyidagi holatlar bilan izohlanadi:
— davlat xaridini tashkil etishda m a’lumotlar shaffofligini 
ta’minlash;
— davlat xaridini amalga oshiruvchi davlat subyektlarini 
vakolatlarini tartibga solish;
— xaridni rejalashtirish va tartibga solish;
— mol y etk azib beruvchilarni huquqiy himoyasini ta ’­
minlash;
— tender asosida savdolarda xarid mexanizmalarini tartibga 
solish kabi muammolar.
«Davlat xaridi to ‘g‘risida» Qonunning qabul qilinishi bilan 
quyidagi dolzarb masalalami huquqiy tartibga solish imkoniyati 
yuzaga keladi;
— 0 ‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini amalga oshirish- 
ning yagona huquqiy asosini shakllantirish;
— tartibga solish sohasini aniq belgilab olish;
— hu k u m at va davlat boshqaruv organlarining huquqiy 
vakolatlarini aniq tartibga solish;
— xarid turlari va uni tashkil etishning barcha jarayonlarini 
tartibga solish;
— davlat buyurtmachilarining vakolatlari va majburiyatlarini 
aniqlashtirish;
— xarid usuli, qaror qabul qilish, u yoki bu mexanizmni tanlash 
shartlarini aniqlashtirish;
— davlat buyurtmachisining shartnoma muddatlari va moliya- 
lashtirishni o‘z vaqtida amalga oshirmagan hollardagi majburiyat­
larini tartibga solish;
— shartnomalami tuzish shartlarini, shuningdek, shartnomada 
aks ettirilishi lozim b o ‘lgan majburiy m e’yorlar, shartlar va 
yo‘riqlami o ‘rnatish;
— tender g‘olibi bilan qaysi hollarda shartnoma bekor qilinishi 
tartiblarini belgilash;


— xarid etuvchining vakolatli organlar oldidagi mas’uliyati, va 
ayrim hollarda, jamoat oldida hisob berishini tartibga solish va 
boshqa shu kabi holatlar.
Hozirda dunyoning turli mamlakatlarida davlat xaridini amalga 
oshirishga huquqiy asos sifatida qo‘llaniladigan bir nechta hujjatlar 
mavjud. Ushbu hujjatlami o'rganib, mazkur mamlakatlarda davlat 
xaridini o‘ziga xosligini ko‘rsatish mumkin.

Yüklə 65,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin