Davlatiy moliya


Bu yerda:  ???? ????????  -



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

 
Bu yerda: 
𝑺
𝒎𝒓
 - 
XYS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi; 
P
*
 - P – 
bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYS 
tomonidan olingan daromad. 
Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida XYS 
tomonidan olingan daromad tarkibiga quyidagilar kiradi: 

XYS tomonidan aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish 
asosida bozorda joylashtirishdan olingan dividendlar; 

boshqa emitentlar qimmatli qog’ozlarini sotib olishdan olingan dividend 
lar; 

banklardagi pul omonatlaridan olingan foiz daromadlari; 

XYS foydasidagi valyutalar kurslari bo’yicha farqlar. 
Ajablanarlisi shundaki, XYS moliyaviy operatsiya-larining daromadliligini 
xarakterlovchi ko’rsatkich ular-ning samaradorligini sof moliyaviy natijaning sof 
moliyaviy xarajatlarga nisbati shaklida ifodalab, ko’pchi-lik hollarda XYS 
moliya-xo’jalik faoliyatining haqiqiy samaradorligini aks ettirmaydi. Iqtisodiyot 
real sektori samaradorligining ko’rsatkichlarida va baholarida bankrot holatida 
bo’lishlariga qaramasdan moliyaviy “spekulyatsiya”-ning imkoniyatlari ularni 
“cho’kmasdan” turishlariga sharoit yaratadi. 
Real sektor XYSlarida, moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy resurslardan 
foydalanishning samaradorligini mos ravishda baholash talablariga u yoki bu 


432 
darajada sotuv rentabelligi ko’rsatkichi (foydaning mahsulotni realizatsiya 
qilishdan olingan tushumga nisbati) javob beradi. Bu nisbatdagi surat va maxraj 
pul mablag’laridan iborat bo’lganligi uchun sotuv rentabelligini, ayrim holatlarni 
istisno qilgan tarzda, sof moliyaviy ko’rsatkich sifatida e’tirof etish mumkin. 
Shunday bo’lishiga qaramasdan bu yerda yana bir narsani inobatga olmoq lozim, 
ya’ni samara-dorlikning o’lchovi sifatida yuqoridagi ko’rsatkichning haqqo-
niylik darajasi juda ko’p omillarga, xususan, tushum va foydani shakllantiruvchi 
bozor baholari monopol baholarni shakllantirishning salbiy ta’sirlaridan 
qanchalik ozod ekanligiga bog’liq. 
Yuqorida ko’rib o’tilgan barcha moliyaviy ko’rsatkichlarda mazmun va 
shakl o’rtasida dialektik qarama-qarshilikning mavjudligi namoyon bo’ladiki, bu 
narsa bizning holat (vaziyat)da XYSlar moliyasining (iqtisodiyot yaxlit moliyaviy 
sektorining ham) o’z iqtisodiy asosidan, ishlab chiqarishdan ajralib chiqish 
(uzilish)ga va unga bog’liq bo’lmagan holda mustaqil hayot kechirish 
imkoniyatini qo’lga kiritishga intilishi orqali ifodalanadi. XYSlar moliya-xo’jalik 
faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va baholashda moliyaviy ko’rsatkichlar 
(masalan, tushum va foyda) moddiy aylanma mablag’larning aylanuvchanligi,
asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning fond qaytimi (sig’imi) 
kabi iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan birgalikda qaralsa, bu qarama-qarshilik, 
ma’lum darajada, pasayadi (kamayadi). Ana shu munosabat bilan eng 
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlardan biri quyidagi formulaga muvofiq ravishda 
hisoblanadigan XYSning iqtisodiy rentabelligi (biznesning rentabelligi) 
ko’rsatkichidir: 
𝑹
𝒊
=
𝑭
𝑲
𝒂𝒚𝒍
+ 𝑲
𝒂𝒔
+ 𝑨
𝒏𝒐𝒎
Bu yerda:
𝑹
𝒊
- XYSning iqtisodiy rentabelligi, biznesning rentabelligi; 
𝑭
- yillik foyda; 
𝑲
𝒂𝒚𝒍
 
- XYS aylanma kapitalining miqdori (qiymatiy baholarda); 
𝑲
𝒂𝒔
- XYS asosiy kapitalining miqdori (qiymatiy baholarda); 
𝑨
𝒏𝒐𝒎
 
- XYS nomoddiy aktivlarining miqdori (qiymatiy baholarda). 
XYS moliyaviy resurslaridan foydalanish samarador-ligini tahlil qilishda 
uning moliyaviy barqarorligi, to’lovga layoqatligi va likvidligini xarakterlovchi 
ko’rsat-kichlardan ham foydalanish kerak. Bu yerda ham o’zining mazmuniga 
ko’ra sof moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlar qo’llaniladi. Sof moliyaviy 
ko’rsatkichlar qatoriga absolyut va muddatli likvidlik koeffitsientlarini kiritish 
mumkinki, ular yordamida XYSning potentsial to’lov qobiliyati baholanadi: 


433 
𝑲
𝒂𝒗𝒔
=
𝑷 + 𝑸𝑸
𝑴
𝒒𝒎
𝑲
𝒎𝒖𝒅
=
𝑷 + 𝑸𝑸 + 𝑫𝑸
𝑴
𝒒𝒎
Bu yerda: 
𝑲
𝒂𝒗𝒔
- absolyut likvidlik koeffitsienti; 
𝑲
𝒎𝒖𝒅
- muddatli likvidlik koeffitsienti; 
𝑷
- hisob varaqlardagi va XYS kassasidagi pullar; 
𝑸𝑸
- likvidli qimmatli qog’ozlar; 
𝑫𝑸
- mobilizatsiya qilingan debitorlik qarzlari; 
𝑴
𝒒𝒎
- XYSning qisqa muddatli majburiyatlari. 
XYSning pul mablag’lari va moddiy resurslarining pulli (qiymatiy) bahosi 
aralashadigan ko’rsatkich joriy likvidlik koeffitsientidir (qoplash koeffitsienti). U 
quyidagicha hisoblanadi: 
𝑲
𝒋𝒍
=
𝑷𝑴 + 𝑴𝑴
𝑴
𝒒𝒎
Bu yerda:
𝑲
𝒋𝒍

joriy liklidlik koeffitsienti;
𝑷𝑴
- pullar va ularga tenglashtirilgan mablag’lar (likvidli qimmatli 
qog’ozlar va jalb qilingan debitorlik qarzlari); 
𝑴𝑴
– XYS moddiy aylanma mablag’larining qiymatiy bahosi; 
𝑴
𝒒𝒎
- XYSning qisqa muddatli majburiyatlari. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin