587
Nozimjon 2018-yil iyunda universitetni bitirganidan so‘ng o‘z mehnat
faoliyatini “NNN” kompaniyasining Zarafshondagi kichik bir filialida boshladi.
Kompaniya 1998-yil Olimjon va Asadbek tomonidan tashkil etilgan. Nozimjon
universitetni a’lo baholarga tugatgan bo’lib, unda ishga kirish uchun bir nechta
variant bor edi. Jumladan “ABC”dan ish taklifi olgan bo‘lsa ham, “NNN”ga
qiziqib qoldi. Ijrochi direktor Olimjon va marketing bo‘yicha
vitse-prezident
Asadbek unga u biznes bo’yicha yetarlicha tajribaga va bilimga bo‘lishi bilan
yetakchilik roli berilishi mumkinligini aytishdi.
Asoschilar Nozimjonga yaxshi oylik ish haqi olishi bilan birgalikda
kompaniyaning moliyaviy holatiga ko‘ra bonuslar taqdim etilishini bildirdilar.
Bonus iqtisodiy qo‘shilgan qiymatga (EVA (Economic Value Added))
asosan
belgilanadi. Boshlanishiga, u har yili firmaning EVAsining 1 foizi miqdorida
bonus oladi, uning yarmi aksiyada, qolgan yarmi esa naqd pulda berib boriladi.
Agar hisbot yili yakuniga ko’ra EVA manfiy bo‘lsa,
u holda bonuslar
belgilanmaydi.
2019-yil biznes uchun moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatli kechdi. Ammo
2020-yilda pandemiya sababli kompaniyaning savdolari $5,7 milliondan $5,4
millionga, ya’ni 5,3 foizga tushib ketdi. Pasayish boshqa moliyaviy
muammolarga ham sabab bo‘ldi: kompaniyaning aksiyalari narxi 50 foizga
tushib, 2019-yil oxirida $36 dan 2020-yil oxirida $18 ga baholandi. “NNN”ning
moliyaviy ma’lumotlari ikki yil uchun quyidagi jadvallarda ko‘rsatilgan bo‘lib,
barcha raqamlar har bir aksiya ma’lumotidan
tashqari ming AQSH dollarda
ifodalangan.
a)
“NNN”ning moliyaviy tahlilini tayyorlang. Ma’lumotlarni ikki yil
bo‘yicha taqqoslang. Shuningdek, kompaniya
bosh moliyaviy direktori
kompaniyaning barcha moliyalashtirish operatsiyalari uchun kapital bahosini 10,5
foiz deb belgiladi.
b)
tahlilingizdan qanday xulosaga keldingiz?
c)
2019- va 2020-yillarda Nozimjonning bonuslari qanday bo‘ladi, aksiya va
naqd pul hisobida? Nozimjon qancha aksiya oladi?
d)
moliyaviy menejment va moliyaviy risklarni boshqarish uchun qanday
takliflar kiritgan bo‘lar edingiz?
Dostları ilə paylaş: