584
7. Siz o‘z biznesingizni ochish imkoniyati ustida bosh qotirmoqdasiz, ammo
mablag‘ingiz yo‘q: a) O‘ylab ko‘ring, qarz(ga) olmas (kirmas)dan turib qanday
biznes bilan shug‘ullanish mumkin?; b) Endi
oddiy foiz stavkalari bilan
istalgancha mablag‘ni qarzga olish imkoniyatingiz bo‘lganda qanday biznes bilan
shug‘ullangan bo‘lardingiz? Shu to‘g‘rida o‘ylab ko‘ring; v) biznes bilan
shug‘ullanib, qanday riskka to‘qnash (duch) kelishingiz mumkin?; g)
yangi
biznesni moliyalashtirish uchun qayerdan mablag‘ olishingiz mumkin?
8. Firma bo‘lmagan biror tashkilotni tanlang,
masalan assotsiatsiya yoki
diniy uyushma, va shu tashkilot qabul qiladigan moliyaviy qarorlarni sanab o‘ting
(chiqing). Bunday tashkilot qanday asosiy muqobil maqsadlar bilan to‘qnashishi
mumkin? Eng maqbul yo‘lni tanlashda tashkilot a’zolarining ehtiyojlari qanday
o‘rin tutadi? Mazkur tashkilotning moliyaviy menejeri bilan suhbatlashing va u
Sizning fikringizga qo‘shiladimi yoki yo‘qmi? Shuni bilib oling.
Dostları ilə paylaş: