b) Ko’pchilik odamlar omonat borasida qanday qarorga keladilar? Ular “B”
bankka qanday munosabatda bo’ladilar?
14.
Faraz qilaylik, har yil bankka 1000 dollardan omonat qo’yasiz. Agar foiz
stavkasi yillik 10 %ga teng bo’lsa, ikki yildan keyin pulingiz qancha bo’ladi? Uch
yildan keyinchi? Yetti yildan keyinchi?
15.
Faraz qilaylik, har oy 100 dollardan omonat qo’yasiz. Agar foiz stavkasi
yillik 8 %ga teng bo’lsa, ikki yildan keyin pulingiz qancha bo’ladi? Uch yildan
keyinchi? Yetti yildan keyinchi?
16.
Yilda hisoblanadigan foiz stavkasi 12% bo’lishi va foizlar har oy
yozilishi sharti bilan qarz oldingiz. Amaldagi yillik foiz stavkasi qanday bo’ladi?
17.
Ahror bankka 23103000 so’mni ma’lum muddatga yillik 13% dan
omonatga qo’ydi. Bank unga ushbu davr uchun 1298613 so’m hisoblangan
foizlarni taqdim etdi. Berilgan ma’lumotlardan foydalangan holda quydagilarni
aniqlang:
a) murakkab foiz formulasidan foydalangan holda omonat muddatini
aniqlang;
b) Ahror har oy 121657 so’mdan olish uchun yillik necha foizdan o’z
mablag’ini bankka omonatga qo’yish zarur.
18.
Faraz qilaylik, ijtimoiy ta’minot shartlariga muvofiq 3% miqdoridagi
real daromadlilik stavkasi 40 yil davomida o’zining 30000 dollar miqdoridagi bir
yillik maoshining 10 foizini shu maqsadga yo’naltiradigan fuqarolar uchun
belgilangan. Agar pensiya to’lovi 20 yil davomida amalga oshiriladigan bo’lsa, u
holda pensionerlarga har yillik to’lovlar miqdori qancha bo’lishi kerak?
19.
G’ani bankka 26000000 so’mni ma’lum muddatga yillik 20% dan
omonatga qo’ydi. Bank unga ushbu davr uchun 1309613 so’m hisoblangan
foizlarni taqdim etdi. Murakkab foiz formulasidan foydalangan holda omonat
muddatini kunlarda aniqlang.
599
20.
Jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib annuitetning bo’lajak qiymatini
(FV) aniqlang.