n
i
PV
FV
PMT
12
yil
11 %
0
?
270
21.
Jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib annuitetning keltirilgan qiymatini
(PV) aniqlang.
22.
Jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib annuitet to’lovini aniqlang
(PMT) aniqlang.
23.
Sherzod hozir 30 yoshda, u 65 yoshda pensiyaga chiqishni mo’ljallab
qo’ygan va 90 yoshgacha yashashga umid qiladi. Uning mehnat haqi yiliga 15000
AQSH dollari tashkil etadi va u keyingi 60 yil davomida iste’molga sarflanadigan
real xarajatlar darajasini saqlab qolishni o’ylab qo’ygan. Faraz qilaylik, na soliqlar
bor, na real mehnat haqi o’sishi, real foiz stavkasi esa yiliga 3 foizni tashkil etadi.
a) Sherzodning inson kapitali qiymati qancha?
b) Sherzodning jamg’arma pensiyaga qanchadan pul to’plashi zarur?
24.
Quyidagi pul tushumlarining sof keltirilgan qiymatini hisoblab chiqing:
Siz bugun 30000 dollar investitsiya qilasiz va bir yildan keyin 2000 dollar, ikki
yildan keyin 8000 dollar va joriy yildan boshlab 7 yil davomida har yili 10000
dollardan olib turasiz. Faraz qiling, foiz stavkasi yiliga 8%ni tashkil etadi.
25.
“ABC” investitsiya loyihasi uchun 145,0 million so’m investitsiya qilish
talab etiladi va undan kutiladigan natija yillar bo’yicha 15,0; 25,0; 60,0 va 60,0
mln. so’mni tashkil etdi. O’zgarmas sharoitda doimiy diskont stavkasi birinchi
ikki yil uchun – 12%, keying ikki yil uchun 10%. Investitsiya loyihasining sof
joriy qiymatini toping.
26.
“Turkiston” investitsiya loyihasi uchun 260,0 million so’m investitsiya
qilish talab etiladi va undan kutiladigan natija yillar bo’yicha 50,0; 90,0; 130,0 va
180,0 mln. so’mni tashkil etdi. O’zgarmas sharoitda doimiy diskont stavkasi
birinchi ikki yil uchun – 13%, keying ikki yil uchun 16 %. Investitsiya
loyihasining sof joriy qiymatini toping.
n
i
PV
FV
PMT
22 yil
3 %
?
0
610 $
n
i
PV
FV
PMT