muddatlariga qat’iy rioya qilish bo’yicha qarzdorning majburiyatlariga muvofiq :
muddatidan oldin qaytarish huquqiga ega bo’lgan majburiyatlar;
muddatidan oldin qaytarish huquqiga ega bo’lmagan majburiyatlar.
Moliyaviy bozorda keskin o’zgarishlar sodir bo’lgan paytda qarz
majburiyatlarini muddatidan oldin qaytarish (uzish) masalasi alohida dolzarblik
kasb etadi. Masalan, qarz oluvchi yillik qat’iy daromadli 12%li obligatsiyalar
chiqargan va bir yildan so’ng foiz stavkasi pasayib, 6%ga teng bo’lgan bo’lsin.
Bunday vaziyatda qarzdor keskin yo’qotishlarga, investor esa aksincha, katta
yutuqlarga ega bo’ladi. Agar obligatsiyalar muddatidan oldin qaytarish huqu-qiga
ega holda chiqarilgan bo’lsa, yangi qarzni chiqarish va ularni joylashtirish hamda
eski qarzni qaytarib, investor o’z yo’qotmalarini kamaytirishi mumkin.
Qarzlarni qaytarishning ikki usuli bo’lishi mumkin:
bir vaqtning o’zida;
qismlarga bo’lib.
Agar qarzlar qismlarga bo’linib qaytarilayotgan bo’lsa, qaytarish muddatlari
bo’yicha qarz summalarining taqsimlanishiga ko’ra quyidagi uch variant bo’lishi
mumkin:
1) aniqlangan davr, masalan, 4 yil ichida teng qismlarga bo’lib qaytarish. Bu
holda, masalan, qarzning summasi 10 mln. so’m bo’lsa, har yili 2,5 mln. so’mdan
qaytariladi;
2) oshib boriladigan qismlarda. Masalan, birinchi yil 1 mln. so’m, ikkinchi
yilda – 2 mln. so’m, uchinchi yilda – 3 mln. so’m va to’rtinchi yilda – 4 mln. so’m.
Qarzdorning daromadlari yildan-yilga o’sib (oshib) borayotgan paytda bu tizim juda
qulay hisoblanadi. Masalan, boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda, ishbilarmonlik
faolligining oshishi natijasida soliq tushumlari o’sishi ko’zda tutiladi yoki qurilishga
qarz mablag’lari jalb qilingan obyekt, sekin-astalik bilan o’z quvvatiga ega bo’la
borib, yildan-yilga kattaroq summada foyda keltira boshlaydi;
3) pasayib boradigan qismlarda. Masalan, birinchi yilda – 4 mln. so’m,
ikkinchi yilda – 3 mln. so’m, uchinchi yilda – 2 mln. so’m va h.k. Bunday tizim
qarzdorning daromadlarini pasayishi yoki xarajatlarining ortishi kutilayotgan
paytda afzalliklarga ega va ustuvor ahamiyat kasb etadi.