Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Yoshga doir pensiya
Pensiya jamg’armasining xarajatlarida asosiy o’rin 
egallaydi. Bu pensiya 25 yildan kam bo’lmagan, umumiy mehnat stajiga ega bo’lgan 
va 60 yoshga etgan erkaklarga, 20 yildan kam bo’lmagan, umumiy mehnat stajiga 
ega bo’lgan va 55 yoshga etgan ayollarga belgilanadi. Istiqbolda mamlakatimizda 
bosqichma-bosqich fuqarolarning pensiyaga chiqish yoshlarini oshirish ko’zlangan 
bo’lib, ayollar uchun 58 yosh, erkaklar uchun 63 yosh yoshga doir pensiyaga chiqish 
yoshi deb belgilanishi rejalashtirilmoqda. Shaxslarning alohida toifalari (urush 
nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, bolalikdan nogiron farzandlarning 
onalari, liliputlar va pakanalar, kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari bo’lgan 
xodimlar, bevosita erosti va ochiq kon ishlarida ko’mir, ma’danlar va boshqa foydali 
qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to’liq ish kuni davomida 
band bo’lgan xodimlar, uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi 
xodimlar, teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari, 
mehnat sharoiti zararli va og’ir ishlarda to’liq ish kuni davomida band bo’lgan 


405 
xodimlar, bolalikdan nogiron farzandlarni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan onalar, 
nogiron bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, «Mehribonlik» uylari, 
harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o’qituvchilari, ixtisoslashgan tibbiy 
muassasalarning shifokorlari va o’rta tibbiy xodimlari, qariyalar, nogironlar va 
yolg’iz fuqarolarga xizmat ko’rsatishda bevosita band bo’lgan ijtimoiy xodimlar va 
boshqalar) uchun yoshga doir (qarilik pensiyasi) imtiyozli tarzda tayinlanadi. 
Pensiya yoshiga etgan, lekin to’liq mehnat stajiga ega bo’lmaganlarga, agar 
u (hozirda 7 yil, istiqbolda bosqichmag’bosqich oshirish rejalashtirilgan, avval 
10 yil, keyin 12 yil, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilab 
berilgan mehyorga muvofiq ravishda kamida 15 yilni tashkil qilishi 
rejalashtirilgan) yildan kam bo’lmasa, to’liqsiz staj bo’yicha yoshga doir pensiya 
belgilanadi. 
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, 
xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar 
hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan 
ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan erkaklar — 58 yoshga to’lganda 
va ish staji kamida 25 yil bo’lgan taqdirda, ayollar — 53 yoshga to’lganda va ish 
staji kamida 20 yil bo’lgan taqdirda yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin 
olish huquqiga ega bo’ladilar. 
Yoshga doir pensiyalar ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i nazar, oxirgi 
o’n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun (pensiya 
tayinlashni so’rab murojaat etgan kishining tanlovi bo’yicha) hisoblangan bir 
oylik o’rtacha ish haqining 55%i (biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 
foizidan kam bo’lmagan miqdorda) yoshga doir pensiyaning bazaviy miqdori 
hisoblanadi (bunda bugungi kunda pensiyani hisoblash uchun qonun hujjatlarida 
pensiya tayinlanadigan sanaga belgilangan eng kam oylik ish haqining o’n 
baravari miqdoridan ortiq bo’lmagan summadagi o’rtacha oylik ish haqi qabul 
qilinadi hamda pensiya tayinlash uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqi 
eng kam oylik ish haqi miqdoridan kam bo’lgan yoki ish haqi to’g’risidagi 
ma’lumotlar to’liq mavjud bo’lmagan hollarda pensiya miqdori qonun 
hujjatlarida pensiya tayinlashni so’rab murojaat qilingan kunda belgilangan eng 
kam oylik ish haqidan kelib chiqib mintaqaviy koeffitsient hisobga olinmasdan 
hisoblab chiqiladi) hamda pensiyani belgilash uchun talab qilinadigan umumiy 
mehnat stajidan ortiqcha bo’lgan har bir to’liq yil uchun o’rtacha oylik ish 
haqining 1% miqdorida qo’shimcha o’rnatiladi. To’liqsiz stajga ega bo’linganda 
(bugungi kunda kamida 7 yillik ish staji bo’lganda) pensiyaning miqdori 
erkaklarga nisbatan 25 yil va ayollarga nisbatan 20 yil qilib belgilangan to’liq 
stajlarga muvofiq ravishda tayinlangan to’liq pensiyalarga proportsional ravishda 


406 
belgilanishi kerak. Biroq bunday pensiyaning miqdori qonunchilikda belgilangan 
yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan miqdoridan kam bo’lmasligi lozim. 
Yoshga doir pensiyalar bo’yicha quyidagi ustamalar belgilanishi mumkin: 


guruh urush nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 150 foizi; 

II guruh urush nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 125 foizi; 

ko’rish bo’yicha I guruh nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 100 
foizi; 

I guruh nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 75 foizi; 

II guruh yolg’iz nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 50 foizi;

urush qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — eng kam 
oylik ish haqining 50 foizi; 

1941 — 1945-yillardagi urush davrida front orqasida ishlagan va harbiy 
majburiyatlarni bajargan shaxslarga — eng kam oylik ish haqining 30 foizi; 

o’limi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish yoki ichki ishlar 
organlarida xizmat qilish bilan bog’liq bo’lgan harbiy xizmatchilar va ichki ishlar 
organlari xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohga kirmagan beva 
xotinlariga (beva erlariga) — eng kam oylik ish haqining 30 foizi; 

O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlarga ega bo’lgan 
shaxslarga — xizmatlarga qarab eng kam oylik ish haqining 100 foizidan 150 
foizigacha; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr 
va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida» 1995 
yil 28 oktyabrdagi 415-son qarorida ko’rsatilgan tashkilotlarda ishlagan imtiyozli 
pensiya olish huquqiga ega bo’lgan artistlarga yoshidan qat’i nazar — eng kam 
oylik ish haqining 75 foizi; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr 
va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995 
yil 28 oktyabrdagi 415-son qarorida ko’rsatilgan lavozimlarda va tashkilotlarda 
ishlagan (erkaklar uchun kamida 25 yil va ayollar uchun kamida 20 yil) teatr, 
kontsert tashkilotlarining artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa 
san’atining ijodiy xodimlarini tayyorlash bilan band bo’lgan ta’lim 
muassasalarining professor-o’qituvchilar tarkibiga va kontsertmeysterlariga — 
eng kam oylik ish haqining 50 foizi;

“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni uchun ustamalar eng kam oylik ish 
haqining 100 foizi miqdorida belgilanadi
.


407 
Respublika teatr-kontsert tashkilotlaridan yoki teatr va musiqa san’ati ijodiy 
kadrlarini tayyorlovchi ta’lim muassasalaridan ishdan bo’shagandan so’ng 
pensiyani qayta hisoblash uchun murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi 
kunidan boshlab belgilanadi. Ustama haqlardan tashqari, ishlamaydigan 
pensionerlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun 
to’lovlar miqdorini oshirish to’g’risida” 2007 yil 17 dekabrdagi PF-3942-son 
Farmoniga ilovaga muvofiq faxriy unvonlar uchun qo’shimcha haq, 100 yoshga 
to’lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga esa har oyda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy 
qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g’risida” 2015 yil 14 apreldagi PF-4715-son Farmoniga
 
muvofiq eng kam oylik 
ish haqining 100 foizi miqdorida qo’shimcha to’lov qo’shib hisoblanadi.

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin