Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

6.
 
Davlat qarzlarini boshqarish 
O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy organi 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. Oliy Majlis byudjet defitsitini 
moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo’lgan mablag’lar va byudjet 
mablag’lari hisobidan kreditlashtirishning maksimal miqdorlarini belgilaydi. U 
yoki bu ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlarni chiqarishning chegaraviy hajmini 
O‘zbekiston Respublikasi hukumati – O‘zbekiston Respublikasi Vazir-lar 
Mahkamasi o’rnatadi. 2019 yilda davlat qarzining chegaraviy hajmi mamlakatda 
yaratilayotgan YaIMning 50 foizidan oshmasligi zarur. 
Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun ikki 
dasturni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq: 

tashqi qarzlarni olish davlat dasturi; 

ichki qarzlarni olish davlat dasturi. 
Bu dasturlar maqsadlari, manbalari va qaytarilish muddatlarini ko’rsatgan 
holda navbatdagi moliyaviy yilda olinishi lozim bo’lgan qarzlar ro’yxatidan 
iboratdir. Dasturlar navbatdagi yil byudjetining loyihasi bilan Oliy Majlisga taqdim 
etiladi va tasdiqlanishi kerak. 


396 
Xususan, tashqi qarzlar olish davlat dasturida ikki guruhga bo’lib, aks 
ettiriladi: 

bog’lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar (qarzlar); 

maqsadli xorijiy qarzga olishlar (qarzlar). 
Bularning har ikkalasi uchun ham yuqoridagi dasturda alohida-alohida 
quyidagilar o’z ifodasini topishi kerak: 

bog’lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar: 

(qarzlar) bo’yicha: 

jalb qilish manbalari; 

qarzga olish summalari; 

qaytarish muddatlari. 

maqsadli xorijiy qarzga olishlar:

(qarzlar) bo’yicha: 

yakuniy oluvchi; 

qarzga olishning maqsadi va foydalanish yo’na-lishi; 

qarzga olish manbasi; 

qazga olish summasi; 

qarzni qaytarish muddatlari; 

mablag’larni byudjetga qaytarish bo’yicha uchinchi shaxsning kafolati;

navbatdagi moliyaviy yil boshlangunga qadar foydalanilgan mablag’lar 
hajmining baholanishi; 

navbatdagi moliyaviy yilda mablag’larning foydalanish hajmi prognozi 
(bashorati). 
O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog’ozlarining yagona 
emitenti bo’lib, Moliya vazirligi hisoblanadi va u O‘zbekiston hukumati 
tomonidan aniqlangan chegaralarda ularning chiqarilish muddatlari va hajmini 
belgilaydi. 
Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari davlat jamg’armalarning 
mablag’larini maqsadli va barqaror sarflanishini ta’minlash, byudjetdan 
moliyalashtiri-layotgan tashkilotlarning qarzlarini kamaytirish maqsadida ijroiya 
hokimiyat organlariga davlatning qimmatli qog’ozlarini chiqarish, kreditlar va 
qarzlar olish yo’li bilan qarz mablag’larini jalb qilish taqiqlangan (hukumat 
tomonidan to’g’ridan-to’g’ri o’rnatilgan hollardan tashqari). Bu jihat davlatning 
byudjetdan tashqari jamg’arlariga ham tegishlidir. 
Davlatning ichki qarzlariga xizmat qilish bo’yicha bosh vakil funksiyasini 
mamlakatning Markaziy banki bajaradi. Har bir obligatsiyani muomalaga 
chiqarish emissiyasida barcha yagona va jamlanma sertifikatlar Moliya vazirligi 
tomonidan saqlash va hisobga olish uchun depozitariyga berilishi kerak. 
Depozitariy funksiyasini Markaziy bank yoki u tomonidan vakolati belgilangan 
boshqa tashkilot bajarishi mumkin. Markaziy bank Moliya vazirligining 


397 
topshirig’iga ko’ra va respublika byudjetining mablag’lari hisobidan 
obligatsiyalarning egalariga bu obligatsiyalar qaytarilayotgan paytda to’lovlarni 
amalga oshiradi. 
Davlat qimmatli qog’ozlarini tartibga solish hukumatning Moliya vazirligi va 
Markaziy bank bilan hamkorlikdagi eng muhim va mas’uliyatli funksiyalaridan 
biridir. Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog’ozlarini tartibga solish 
choralarini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

“olovli” choralar – qayta moliyalashtirish va lombard stavkalarini oshirish 
(ko’tarish), qimmatli qog’ozlar va valyuta bozorlarida Markaziy bankning 
interventsiyasi. Biroq bunday choralar qisqa vaqt – 2 yoki 3 kun uchun ta’sirchan 
hisoblanadi; 

xorijiy qarzga olish. Qimmatli qog’ozlar bozoriga ta’sir ko’rsatish uchun 
qarz olishning o’zi emas, balki kreditlarning olinishi to’g’risida ishonch bo’lishining 
o’zi etarlidir. Yuqoridagi choralar singari bu guruhga kiruvchi choralar ham, ma’lum 
darajada va ma’noda, tanazzulni orqaga suruvchi va uning ildizlariga barham 
bermovchi “olovli” choralar hisoblanadi; 

davlat qimmatli qog’ozlar milliy bozori nobarqarorligining oldini olishga 
samarali va uzoq muddatli ta’sir ko’rsatishga uzoq muddatli monitar choralarga 
moliyaviy bozorning chegarasidan chetga chiquvchi choralar (xususan, soliq tizimi 
va soliqlarning undirilishini tartibga solish, byudjet defitsitini qisqartirish, iqtisodi-
yotning o’sishiga erishish va h.k.lar) qo’llanilsagina, erishish mumkin.
Davlat qarzlarini boshqarish mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atlari va 
sifatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi byudjet 
siyosatining muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda 
davlat qarzlarini boshqarishda aniq bir kontseptsiyaga ega bo’lish alohida ahamiyat 
kasb etadi. Bu kontseptsiyada davlat qarzlarini boshqarish hamda pul-kredit siyosati 
va valyuta siyosati o’rtasidagi aloqalarni davlat qarzlarining davlat moliya 
tizimidagi o’rnini, tashqi va ichki davlat qarzlarining bir-birlari bilan bog’liqligini 
aniqlash juda muhimdir.

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin