Davlatiy moliya


Pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan 
qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar. 
Ushbu nafaqa 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-aprel kuni qabul 
qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 


415 
o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini 
amalga oshirish uchun zarur bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash 
haqida” gi Qaroriga asosan tayinlanadi.
 
Nafaqa O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy 
fuqarolarga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga beriladi Nafaqa yoshga doir 
nafaqa, nogironlik nafaqasi (bolalikdan nogironlardan tashqari) hamda 
boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi bo’yicha farqlanadi. Nafaqa olish huquqiga 
ega bo’lgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo bo’lgandan so’ng biror-bir 
muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat 
qilishlari mumkin. 
Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. Nafaqalarni 
tayinlash va to’lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari 
tomonidan amalga oshiriladi.
Yoshga doir
 nafaqa 
ish stajiga ega bo’lmagan, bugungi kunda 7 yildan kam 
ish staji mavjud bo’lib, yoshga doir pensiya tayinlash uchun etarli ish stajiga ega 
bo’lmagan shaxslarga tayinlanadi. Yoshga doir nafaqa erkaklarga 65 yoshga 
etganlarida, ayollarga — 60 yoshga etganlarida tayinlanadi. Haq to’lanadigan 
ish bajarayotgan yoki boshqa daromad manbaiga ega bo’lgan (alimentlar yoki 
stipendiyalar olish bundan mustasno) shaxslarga yoshga doir nafaqa 
tayinlanmaydi. Ish stajiga ega bo’lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga 
layoqatli voyaga etgan farzandlari, qarindoshlari yoki O‘zbekiston 
Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni ta’minlashga majbur bo’lgan 
boshqa shaxslar bo’lmagan taqdirda tayinlanadi. Pensiya jamg’armasi bo’limi 
tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan birgalikda 
o’tkazilgan tekshirishda ish stajiga ega bo’lmagan va yoshga doir nafaqa so’rab 
murojaat etgan shaxsni ta’minlashga majbur bo’lgan qarindoshlarining yoki 
boshqa shaxslarning moddiy nochorligi aniqlangan hollarda yoshga doir nafaqa 
yoshga doir nafaqa so’rab murojaat qilgan shaxsga moddiy yordam bera 
olmaydigan qarindoshlar yoki boshqa shaxslar bor bo’lgan taqdirda ham yoshga 
doir nafaqa tayinlanishi mumkin.
Nogironlik nafaqasi
nogironlik sodir bo’lgan hollarda, yoshidan qat’i nazar, 
ish stajiga ega bo’lmagan I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga tayinlanadi 
va to’lanadi. Mehnat faoliyatiga layoqati cheklanganligi darajasini aniqlash uchun 
tibbiy tekshirish (mehnatga layoqati doimiy yoki uzoq muddat yo’qotilganda) 
Pensiya jamg’armasi bo’limlari yo’llanmalari bo’yicha tibbiy-mehnat ekspert 
komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Qabul qilingan xulosa asosida TMEK 
etti kun muddatda tibbiy tekshirish dalolatnomasidan ko’chirmani Pensiya 
jamg’armasi bo’limiga yuboradi. Ishlayotgan yoki hayot kechirishning boshqa 


416 
manbalariga (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) ega bo’lgan I 
guruh nogironlarga va II guruh nogironlarga nafaqa tayinlanmaydi. Nogironlik 
nafaqasi mehnatga layoqat yo’qotilishining butun davri uchun tayinlanadi. 
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi. D
avlat pensiyasi olish huquqiga ega 
bo’lmagan shaxsning qaramog’ida bo’lgan oilaning mehnatga layoqatli 
bo’lmagan a’zolari boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar. 
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi vafot etganning oila a’zolariga vafot 
etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo’lgan nafaqaga foiz nisbatida 
quyidagi miqdorlarda belgilanadi: 

oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga — nafaqaning 
100 foizi; 

oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga — nafaqaning 75 foizi; 

oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga — nafaqaning 50 foizi. 
Nafaqa olish huquqiga ega bo’lmagan shaxs vafot etgan taqdirda vafot 
etganning oila a’zolariga nafaqa pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga 
ega bo’lmagan qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi 
miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega bo’lgan oila 
a’zolarining barchasiga bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Oila a’zosining talabiga 
ko’ra uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida to’lanadi. Bunda 
tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga 
bo’linadi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin