Davlatiy moliya


Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi
quyidagi hollarda beriladi: 

vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotish bilan bog’liq kasallikda 
(shikastlanishda); 

sanatoriy-kurortlarda davolanganda; 

kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda; 

karantinda; 

sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o’tkazilganda; 

mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qo’ydirish uchun 
reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash uchun faqat 
belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik 
varaqasi) asos bo’ladi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa 
mehnat qobiliyati yo’qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-
mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga 
qadar, hatto bu davrda xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda 
ham beriladi. 
Oliy, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini, magistratura, 
aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda 
ishga yuborilgan shaxslarga nafaqa ular ishga chiqishi lozim bo’lgan kundan 
boshlab beriladi. Ish haqi, sutkalik va ko’chish bo’yicha xarajatlarni olish 
huquqiga ega bo’lgan xodimga ish joyiga borayotgan davrda boshlangan 
mehnatga qobiliyatsizlik kunlari uchun nafaqa to’lanadi. Xodimning mehnatga 
qobiliyatsizlik kunlari yillik (asosiy va qo’shimcha) ta’til davriga to’g’ri kelgan 
hollarda, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko’rsatilgan barcha kunlar 
uchun nafaqa to’lanadi. 
Sanatoriy-kurortda davolanishda, agar asosiy va qo’shimcha ta’til 
xodimning sanatoriyda davolanishi uchun etarli bo’lmasa, nafaqa beriladi. 
Bunday holda sanatoriy-kurortda davolanishning barcha davri uchun (yo’llanma, 
davolanish muddati) sanatoriyga borish-kelish vaqtini qo’shib, ammo xodimning 
yillik ta’tilini chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi. Asosiy va qo’shimcha 
ta’tildan sanatoriyga borishdan oldin foydalangan bo’lsa ham nafaqa uni chiqarib 
tashlagan holda beriladi. Bunda ish beruvchi ta’tilning etmaydigan vaqti uchun 
xodim bilan kelishib, unga ish haqi saqlanmagan ta’til beradi. 


419 
1941-1945-yillardagi urush nogironlariga, baynalminal jangchilarga, 
Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaxslarga, 
shuningdek, sanatoriyga davolanishni davom ettirish uchun davolash 
muassasalaridan o’tkir miokard infarkti bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan 
yurakning aortakoronar shuntrovkasi va anevrizmlari, oshqozonning yaralik 
kasalligi, o’n ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va o’t pufagini olib 
tashlashdan keyin bevosita yuborilgan xodimlarga, shuningdek sil kasalligi bilan 
og’riganlarga nafaqa sanatoriyda bo’lgan barcha vaqt uchun beriladi. 
O‘n olti yoshgacha bo’lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan 
biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha 
davri uchun (sanatoriyga borib-kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda 
parvarish zarurligi to’g’risidagi tibbiy xulosa mavjud bo’lganda nafaqa beriladi. 
Uch yoshgacha bo’lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolani 
parvarishlashda band bo’lgan ona kasal bo’lib, bolani parvarishlashga qurbi 
etmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo’lgan ishlayotgan boshqa oila 
a’zolari yoki qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa 
beriladi. 
Oilaning kasal bo’lgan a’zosiga qarash bo’yicha vaqtincha mehnatga 
layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga muhtoj bo’lgan, lekin 7 
kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi. O‘n to’rt yoshga etmagan bemor 
bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish 
kerak bo’lgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi. 
Agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari 
tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli kasallikka chalinish xavfini oldini 
olish maqsadida ishdan chetlatilgan bo’lsa nafaqa berilad i.Sil kasalligi yoki kasb 
kasalligiga chalingan xodim davolanish qoidasini buzmagan holda boshqa ishni 
bajarish imkoniga ega bo’lib, u tibbiy-maslahat komissiyasi (TMK) xulosasi 
(bunday komissiyalar bo’lmagan joylarda esa davolovchi shifokorning, davolash 
muassasasining bosh shifokori tomonidan tasdiqlangan xulosasi) asosida 
vaqtincha boshqa ishga o’tkazilishi mumkin. 
Xodimga, vaqtinchalik kamroq haq to’lanadigan ishga o’tgan vaqt uchun, 
lekin ikki oydan ortiq bo’lmagan muddat davomida kasallik varaqasi bo’yicha 
yangi ishda beriladigan ish haqiga qo’shilganda avvalgi ishidagi to’liq ish haqidan 
oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to’lanadi. Bunda kasb kasalligi oqibatida 
boshqa ishga o’tkazilgan shaxslarga nafaqa, agar u amaldagi qonun hujjatlariga 
binoan avvalgi ish haqi bilan yangi ish haqi o’rtasidagi farqni korxonadan olish 
huquqiga ega bo’lmasa beriladi. Basharti, kasallik varaqasida ko’rsatilgan 
muddatda ish beruvchi xodimga boshqa ish topib berolmagan bo’lsa, u holda 


420 
shuning oqibatida bekor o’tgan ish kunlari uchun nafaqa umumiy asoslarda 
to’lanadi. 
Reabilitatsiya muassasalarida bo’lgan barcha vaqt uchun va unga kelib-
ketish vaqti uchun nafaqa to’lanadi. Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band 
bo’lgan xodimlarga mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa 
umumiy asoslarda, boshqa sabablar oqibatidagi vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa mavsumiy yoki vaqtinchalik ish to’g’risida 
tuzilgan mehnat shartnomasida ko’rsatilgan ish kunlari doirasida to’lanadi. 
Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha 
nafaqa mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari, ketma-
ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan muddatga beriladi. 
Ishlayotgan 1941-1945-yillardagi urush nogironlariga va imtiyozlari jihatdan 
ularga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, Chernobil AESdagi falokat yoki 
uning oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha ishlarni bajarish bilan bog’liq 
sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
nafaqasi (mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari) 
ketma-ket to’rt oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi. 
Agar ishlovchi nogironning vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi 
mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u to’la 
sog’aygunga yoki mehnatda mayiblanish yoxud kasb kasalligi bilan bog’liq 
nogironlik guruhi qayta ko’rib chiqilgunga qadar to’lanadi. 
Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa 
shaxs to’la sog’aygunga qadar, lekin ko’pi bilan 10 oyga beriladi. Xodim sil 
kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki sil kasalligi oqibatida nogiron deb 
topilganda nafaqa ko’pi bilan 6 oyga beriladi. TMEK ko’rigidan belgilangan 
muddatda qayta o’tmagan nogironga nafaqa mazkur bandda belgilangan 
muddatlarga to’lanadi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to’g’ri kelganda 
nafaqa to’lanmaydi: 

ish haqi saqlanmagan ta’til; 

bolani parvarishlash bo’yicha ta’til; 

ish vaqtincha to’xtatilgan; 

xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to’lash to’xtatib 
qo’yilganligi sababli ishlamagan; 

harbiy o’quv yoki tekshiruv yig’ini; 

ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’quv yurtlarida tahsil olish 
munosabati bilan berilgan qo’shimcha ta’til. 


421 
Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik 
nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo’lgan kundan 
boshlab beriladi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi: 

ishdan yoki boshqa vazifalardan bo’yin tovlash maqsadida o’z 
salomatligiga ataylab ziyon etkazgan yoxud o’zini kasallikka solganda; 

giyohvandlik yoki mastlik bilan bog’liq harakatlar oqibatida, shuningdek, 
spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish natijasida kasallikka 
chalinganda (jarohatlanganda); 

jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda; 

sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy kasallardan 
tashqari); 

hibsda bo’lgan davrda; 

sud-tibbiyot ekspertizasidan o’tish davrida. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan 
qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to’lanadi: 

ishlayotgan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga; 

baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga; 

qaramog’ida 16 yoshga (o’quvchilar 18 yoshga) etmagan uch yoki undan 
ortiq bolalari bo’lgan xodimlarga; 

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan 
xodimlarga; 

Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan 
evakuatsiya qilingan va ko’chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari 
(o’tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o’smalar bilan bog’liq 
kasalliklarga chalingan xodimlarga; 

mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsiz bo’lgan xodimlarga. 
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya 
kasalliklari, yangidan paydo bo’ladigan xatarli o’simtalar, jinsiy yo’l bilan 
o’tadigan kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo’yicha 
hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug’urta badali to’lagan 
davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog’liq ravishda vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to’lanadi: 

umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga ish haqining 100 
foizi miqdorida; 

umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 80 
foizi miqdorida; 


422 

umumiy ish staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi 
miqdorida. 
Yuqorida ta’kidlangan xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda to’lanadi: 

umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga hamda 21 
yoshga etmagan chin (sag’ir) etimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida; 

umumiy ish staji 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi 
miqdorida. 
Tayinlangan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa quyidagi 
miqdorlarda to’lanadi: 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safidagi muddatli xizmatdan 
bo’shatilgandan so’ng bir oy ichida kasal bo’lib qolgan sobiq harbiy 
xizmatchilarga — respublikada belgilangan eng kam ish haqi miqdorida; 

boshqa hollarda — ish haqining 60 foizi miqdorida. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa barcha hollarda 
belgilangan eng kam ish haqidan kam bo’lmasligi va nafaqa hisoblab chiqarilgan 
ish haqidan yuqori bo’lmasligi lozim. Nafaqa miqdori vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik boshlangan kungacha, mehnat daftarchasi yoki uning o’rniga 
berilgan boshqa hujjat, shuningdek ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan 
berilgan ma’lumotnoma asosida hisoblangan umumiy ish stajiga muvofiq 
aniqlanadi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin