Davlatiy moliya


-MAVZU: XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

24-MAVZU: XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING 
MOLIYAVIY RESURSLARI 
REJA: 
1.
 
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari va kapitali. 
2.
 
Xo’jalik yurituvchi subyekt moliyaviy resurslaridan foydalanish 
samaradorligi. 
1.
 
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslari va kapitali 
XYSlarning moliyaviy resurslari ular umumiy resurslarining pul shaklida 
harakat qiladigan bir qismi hisoblanadi. Resurslarning pul shaklida amal qilishi 
moliyaviy resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa 
ularni XYSning boshqa resurslari ko’rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish 
vositalari (dastgohlar, mashinalar, xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga 
mo’ljallangan binolar va shunga o’xshashlar)dan farq qiladi. Buni inobatga olgan 
holda XYS vositalarining “pul shakli” va “pul qiymati” tushunchalarini 
farqlamoq lozim. “XYS vositalarining pul qiymati” tushunchasi, odatda, pul 
mablag’larining o’zini emas, balki turli maqsadlar uchun mo’ljallangan vositalar 
va fondlar (masalan, asosiy fondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi. 
Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari (yuqorida 
qayd etilgan dastgohlar, mashinalar, xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga 
mo’ljallangan binolar va shunga o’xshashlar) haqiqatda pul emas va pul 
hisoblanmaydi. Ishlab chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish 
uchun, avvalo, ularni sotish kerak. Bu holda esa, o’z navbatida, mol-mulkning 
balansda aks ettirilgan qiymat jihatidan baholari emas, balki amal-dagi bozor 
baholari harakat (ish)ga tushadi. Moliyaviy qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi 
ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar XYSni yomon oqibatlarga, xususan, 
mablag’lar va resurslarni yo’qotib qo’yishiga olib kelishi mumkin. Holbuki, 
xalqaro amaliyotdagi ma’lumot-larga ko’ra, bankrotga uchragan XYS 
tugatilayotgan paytda unga tegishli bo’lgan aktivlar qiymatining 40%dan ortiq 


428 
bo’lmagan qismini olishga muvaffaq bo’lish mumkin, xolos. Shu munosabat bilan 
hatto, sog’lom bozor aylanmasida, ya’ni talabga ega bo’lgan tayyor mahsulot 
realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so’ng pul mablag’iga aylanadi. 
Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivoj-lantirishga 
mo’ljallangan XYSning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir. 
Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiy-buyumlashgan 
kapital, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va intellektual 
qobiliyat-laridan iborat bo’lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining 
boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Prinsip jihatidan, takror ishlab chiqarish 
jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi 
har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo’lishi mumkin. 
Tijoriy XYSlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ular ta’sis 
kapitalining bir qismini pul shaklida qo’yish va, shuningdek, boshqa shaxslar va 
tashki-lotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko’rinishida kelib 
tushgan pul mablag’lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pul 
shaklida bo’lmagan qismi (sanoat va intellektual mulk obyektlari, ulardan 
foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushilmalar singari, agar 
ular pul ko’rinishida qo’yilmagan bo’lsa, ularni XYSning moliyaviy resurslari 
tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas. 
Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi 
tovar-pul doiraviy aylanishi jarayonining kengayishini boshlab beradi. Uning pul 
shaklidagi yakuni (natijasi) sifatida XYSning tushumi maydonga chiqadi. O‘z 
navbatida, tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarish jarayonini davom etttirishni ta’minlovchi bir necha pul mablag’lari 
fondlariga bo’linadi. Umumiy tarzda, formula orqali buni quyidagicha ifodalash 
mumkin: 
𝑻 = 𝑭
𝒂𝒂
+ 𝑭
𝒎𝒙𝒎
+ 𝑭
𝒊𝒉
+ 𝑭
𝒇


Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin