Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

 
Bu yerda:

 
𝑻
 - 
tushum; 
𝑭
𝒂𝒂

asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy eskirishini tiklashga 
mo’ljallangan amortizatsiya ajratmalari fondi; 
𝑭
𝒎𝒙𝒎
 

moddiy 
xarajatlarni 
(xomashyo, 
materiallar, 
yoqilg’i, 
elektroenergiya va boshqalarni sotib olish) moliyalashtirish fondi;
𝑭
𝒊𝒉
 - 
ish haqi fondi;
𝑭
𝒇
 - 
tovarlarni sotishdan olingan foyda (soliqlar to’languncha va foydadan 
boshqa to’lanmalar amalga oshirilguncha).
Ayrim iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida moddiy xarajatlar va 
mehnat haqini moliyalashtirish uchun mo’ljallangan pul mablag’lari XYSning 


429 
moliyaviy resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Ularning ayrimlari tomonidan esa 
XYSning moliyaviy resurslari tarkibiga hatto pulli tushum ham kiritilmayotir. 
Bunday yondoshuvlarning noto’g’ri ekanligi shubhasiz. 
Xorijiy davlatlarda pul tushumi yalpi daromad tarzida talqil qilinadi. Bu 
narsa XYS moliyaviy resurslari fondini shakllantirish va qayta yangilashda 
tushumning umumlashtirilgan ahamiyatini o’zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy 
xarajatlarni moliyalashtirish uchun mo’ljallangan pul tushumlarining bir qismi,
XYSning real moliyaviy resursi mol etkazib beruvchilar va kontr-agentlarning 
hisobvaraqlariga o’tkazilmasdan uning aylanmasida bo’lgan paytda, unga 
qo’shimcha daromad kelti-radi.
.
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki 
yillarida XYSlarnig bir-birlariga o’zaro mol etkazib berish va xizmat ko’rsatish 
bo’yicha mablag’larni o’z vaqtida to’lamaslik holatlari avj olib ketdi. Inflyatsiya 
darajasi o’ta yuqori bo’lganligi uchun o’sha davrlarda bank kreditlari stavkasining 
100% dan ham baland bo’lganligi holatida sotib olgan mahsulotning pulini o’z 
vaqtida to’lamaslik shu XYS ga noqonuniy, lekin qo’shimcha daromad manbai 
bo’lib xizmat qildi. Shunday holatlar ish haqini o’z vaqtida to’lamaslik tufayli 
ham yuz berdi. Xodimlarga, ishchi va xizmatchilarga bir necha oylab oylik 
maoshlarni berishning kechiktirilganligi (orqaga surilganligi) ba’zi bir 
“tadbirkor” va “bankir”larning tekinga boyish manbalaridan biriga aylandi, 
chunki o’z vaqtida to’lanmagan ish haqi mablag’lari ularning ixtiyorida bo’lib, 
ulardan vaqtincha boshqa maqsadlarda foydala-nishlari mumkin edi. 
Amortizatsiya ajratmalari fondi XYSlar moliyaviy resurslarining tarkibiy 
tuzilmasida muhim rol o’ynaydi. Chunki bunday ajratmalar pul tushumlaridan 
qancha ajratilganligi va ularning XYS tegishli hisobvaraqlarida joylashganligiga 
qarab XYSlarning real moliyaviy resurslari bo’lib hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya bozorlarida XYS 
faoliyatining faollashuvi natijasida uning moliyaviy resurslari tarkibiy 
tuzilmasida foyda hal qiluvchi o’rinni egallay boshlaydi. Foyda XYS o’z 
mablag’larining asosiy manbai bo’lib, ishlab chiqarish apparatining 
yangilanishini, 
sifatning 
yaxshilanishini, 
chiqarilayotgan 
mahsulot 
assortimentining kengayishini va h.k.larni ta’minlaydi. Foyda hisobidan XYSning 
rezerv fondlari, maxsus maqsadlarga mo’ljallangan fondlar tashkil etiladi. 
Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati XYSning kreditga 
layoqatligini va uning qarz mablag’larni jalb qilish imkoniyatini, uzoq va qisqa 
muddatli kreditlarni olishni aniqlab beradigan muhim indikatorlardir. Qarz 
mablag’larning XYS o’z mablag’lariga nisbati 1/3 va undan katta darajaga etib, 
uning to’lovga layoqatligiga kreditorilarga ham, hamkorlariga ham shubha 
tug’dirmasligi mumkin. 


430 
Tijorat XYSlarning moliyaviy resurslari quyidagi manbalardan tashkil 
topadi: 

mahsulot sotishdan tushum hisobidan shakllanadigan moliyaviy resurslar 
(foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi fondi; moddiy xarajatlarni 
tiklash fondi); 

ishlab chiqarilgan mahsulotga bog’liq bo’lmagan sotishdan keladigan
tushumlar (mol-mulk; asosiy faoliyatga daxldor bo’lmagan xizmatlar va 
boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar; 

moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va 
zayomlar; o’z aktsiyalari va qimmatli qog’oz-larning boshqa ko’rinishlarini 
sotish; boshqa emitentlarning qimmatli qog’ozlari bo’yicha dividendlar va foizlar; 
sug’urta qoplamalari va boshqalar); 

kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy resurslar (mol 
etkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo’yicha; sotsial sug’urtaga doir; 
byudjet oldidagi va boshqalar); 

badallar 
va 
maqsadli 
xarakterdagi 
tushilmalar 
hisobidan 
shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy 
shaxslardan tushilmalar, byudjet subsidiyalari va h.k.). 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin