Davlatiy moliya


-MAVZU: ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL DOIRAVIY



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

26-MAVZU: ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL DOIRAVIY 
AYLANISHINING MOLIYAVIY JIHATLARI 
REJA: 
1.
 
Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va 
samaradorligi. 
2.
 
Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish 
samaradorligi.
3.
 
Aylanma mablag’larni me’yor(norma)lashtirish.
1.
 
Asosiy kapital doiraviy aylanishining mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va 
samaradorligi 
Umumlashtirilgan ko’rinishda asosiy kapital mehnat vositalariga (binolar, 
inshootlar, uzatish qurilmalari, mashinalar, dastgohlar, transport vositalari va 
foydali foydalanish muddati 12 oydan oshadigan boshqa vositalar) sarflangan 
(joylashtirilgan) kapital qiymatining bir qismidir. XYSning buxgalteriya 
balansida asosiy kapital aylanmadan tashqaridagi aktivlar sifatida aks ettiriladi.
Uning asosini asosiy vositalar tashkil etadi. Bu aktiv-larning boshqa elementlari, 


434 
ya’ni nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish, moddiy boyliklarga daromadli 
qo’yish (joylashtirish), uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar, bevosita yoki 
bilvosita asosiy kapitalni kengaytirilgan, ilmiy-sig’imli ishlab chiqarishga xizmat 
qiladi. Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapital ishlab chiqarish 
omili va ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy asosi shaklida amal qiladigan 
unumli kapitalning qismi sifatida maydonga chiqadi. 
Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tegishli bo’lgan qiymatning 
quyidagi uch funktsional shakllarida harakat qilishini anglatadi: 

pulli; 

unumli; 

tovarli. 
Asosiy kapital qiymatining bu shakllarda amal qilishi foyda olishni va 
mehnat vositalarining takror ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. 
Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapitaldan farqli o’laroq 
asosiy kapital o’zining iste’mol shaklini birdaniga yo’qotmaydi, ya’ni davomli 
muddatda eskiradi. Yangidan yaratilayotgan mahsulotga u o’zining qiy-matini 
asta-sekinlik bilan, eskirish darajasiga qarab o’tkazadi va to’liq qayta tiklanganga 
qadar ko’plab ishlab chiqarish tsikllari davomida uni tiklab boradi. Bu jarayon 
amortizatsiya deb ataladi va u o’rnatilgan me’yorlarga muvofiq ravishda har oyda 
hisoblanadi. 
Ma’naviy eskirishini inobatga olgan holda mehnat vositalari boshlang’ich 
qiymatini to’liq tiklash vaqti amortizatsiya davri deb ataladi. Bu davr tugaganidan 
so’ng asosiy kapitalga avanslashtirilgan pulli qiymat o’z aylanishini tugatadi va 
yana mehnat vositasiga aylanadi. Bu fursatga etgunga qadar o’tkazilayotgan 
qiymat asta-sekinlik bilan va uzluksiz ravishda amortizatsiya fondi ko’rinishida 
jamg’arilib boriladi hamda shundan keyin u iste’mol qilingan kapitalni yangidan 
qayta tiklash uchun ishlatiladi. 
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni buyum-lashgan shakli sifatida 
asosiy fondlar - uzoq vaqt davo-mida natural-iste’molli shaklda ishlab chiqarish 
jara-yonida foydalanilayotgan moddiy boyliklar yig’indisi - maydonga chiqadi. 
Iqtisodiy mo’ljallanganligiga ko’ra aso-siy fondlar quyidagilarga bo’linadi: 

asosiy ishlab chiqarish fondlari; 

noishlab chiqarish asosiy fondlari.
 
Ishlab chiqarish jarayonida buyumlashgan-natural shaklda ishtirok etadigan 
va ko’plab ishlab chiqarish tsikllari davomida o’zining qiymatini tayyor 
mahsulotga qismlarga bo’lib o’tkazuvchi mehnat vositalariga asosiy ishlab 
chiqarish fondlari deyiladi. 
Noishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibiga XYSning balansida 
bo’lgan va noishlab chiqarish maqsad-lari uchun foydalanishga mo’ljallangan 


435 
XYSning mulklari kiradi. Ular bo’yicha amortizatsiya hisoblanmaydi. Bu 
fondlarning qiymati ularning eskirishi munosabati bilan XYSning foydasi 
hisobidan takror ishlab chiqariladi. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibiy tuzil-masi tarmoq, texnologik, 
ishlab chiqarish va xizmat qilish muddati (yoshi) jihatidan turli tuzilmalarga
bo’linishi mumkin. Tarmoq tuzilmasi alohida olingan tarmoqdagi asosiy ishlab 
chiqarish fondlari qiymatining butun iqtisodiyot bo’yicha shu fondlar qiymatidagi 
salmog’ini xarakterlaydi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining texnologik 
tuzilmasi alohida guruh ichidagi ular turli ko’rinishlarining salmog’ini ko’rsatadi. 
Ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan 
mehnat 
vositalari 
turli 
ko’rinishlarining 
nisbatidan 
iborat 
bo’lib, 
investitsiyalarning texnologik ilg’orligi va ularning oqilona joylashtirilganligini 
aks ettiradi. Asosiy fondlarning xizmat qilish muddati (yoshi) jihatidan tarkibiy 
tuzilmasi ularning ahvolini yosh guruhlari va takror ishlab chiqarish sur’atlari 
bo’yicha ifodalaydi. Keyingi yillarda asosiy fondlarning etarli darajada faol takror 
ishlab chiqarilmaganligi uchun ularning yoshi va eskirishi ortib bormoqda. 
Asosiy fondlar pul shaklida baholanadi va hisob-lanadi hamda buxgalteriya 
hisobida asosiy vositalar sifatida aks ettiriladi. Ularning tarkibiga quyidagilar 
kiradi: 

binolar; 

inshootlar (neft va gaz qazib oluvchi, gidrotexnik, transport xo’jaligi 
inshootlari va boshqalar); 

uzatuvchi moslamalar (elektr uzatuvchi, aloqa, quvurlar va h.k.); 

ishchi va kuch mashinalari va dastgohlari; 

o’lchovchi va tartibga soluvchi (o’zgartiruvchi) asbob (pribor)lar va 
qurilmalar; 

uy-joylar; 

hisoblash texnikasi va orgtexnika; 

transport vositalari; 

asbob(instrument)lar; 

ishlab chiqarish va xo’jalik asbob(inventar)lari va buyumlari; 

ishchi va mahsuldor qoramollar; 

ko’p yillik o’simliklar.
 
Yuqoridagilardan tashqari asosiy vositalarning tarki-biga yana tashkilotning 
mulkida bo’lgan er maydonlari, tabiatdan foydalanish obyektlari (suv, qazilma 
boylik-lari va boshqa tabiiy resurslar), asosiy vositalarning ijaraga olingan 
obyektlari ham kiradi. 


436 
Ishchi va kuch mashinalari hamda dastgohlari, o’lchovchi va tartibga 
soluvchi (o’zgartiruvchi) qurilmalar hamda asbob (pribor)lar, hisoblash texnikasi, 
transport vositalari, asbob(instrument)lar, ishlab chiqarish va xo’jalik ashyo-
(inventar)lari, odatda, asosiy fondlarning aktiv qismiga kiritilib, ular mehnat 
predmetlariga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Ularning qolgan qismlari esa asosiy 
fondlar-ning passiv qismiga kiritiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy kapital 
aktiv qismining maksimal ravishda oshirilishi eng muhim vazifalardan biri bo’lib 
hisoblanadi. 
Asosiy kapital doiraviy aylanishining samarador-ligini tahlil qilishda 
quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq: 

moliyaviy nuqtai-nazardan asosiy kapitalning doiraviy aylanishi
moliyaviy resurslar tegishli fondlarining tashkil etilishi bilan birga yuz beradi. Bu 
bir vaqtning o’zida ham asosiy kapital va ham aylanma kapital aylanishiga to’liq 
tegishlidir; 

shu doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan moliyaviy 
resurslardan foydalanish samaradorligini baholash muhim hisoblanadi; 

ishlayotgan ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish va eskirgan asosiy 
ishlab chiqarish fondlarini yangilashning o’z vaqtida amalga oshirilishi 
samaradorligini baholash kerak.
 
XYSning moliyaviy resurslari tarkibi o’z
va jalb qilingan pul mablag’laridan 
iborat bo’lishi mumkin. Takror ishlab chiqarish jihatidan asosiy kapitalning 
doiraviy aylanishi iste’mol qilingan asosiy fondlarni almash-tirish (yangilash) 
uchun amortizatsiya mablag’larining amortizatsiya fondida jamg’arilishini ko’zda 
tutadi. Hisobot davri davomida asosiy vositalar obyektlari bo’yicha amortizatsiya 
ajratmalari hisoblashni qo’llash usullariga bog’liq bo’lma-gan holda har oyda 
hisoblanadi. Mavsumiy ishlab chiqa-rishda ham asosiy vositalar bo’yicha 
amortizatsiya ajrat-malarining yillik summasi hisobot yilida tashkilotning ishlash 
davri davomida bir tekisda hisoblanadi. Agar asosiy vositalarning obyektlari 
rekonstruktsiya va modernizatsiya qilishda bo’lsa, yoki ular uch oydan ko’proq 
muddatga konservatsiya qilishga o’tkazilgan bo’lsa, bunday holatlarda 
amortizatsiya ajratmalarini hisoblash tashkilot rahbarining qaroriga muvofiq 
to’xtalishi mumkin. 
Amortizatsiyalashtiriladigan (belgilangan muddat ichi-da yangilanishi shart 
bo’lgan) mol-mulklar o’zlarining foydali foydalanish muddatlariga bog’liq 
ravishda turli amortizatsiya guruhlariga birlashtiriladi.
Birinchi guruhga foydali 
foydalanish
(ishlatish) muddati 1 yildan 2 yilgacha bo’lgan mol-mulklar, oxirgi 
guruhga esa foydali foydalanish muddatlari 30 yildan ortiq bo’lgan mol-mulklar 
kiritiladi. 


437 
Amortizatsiya guruhlariga kiritiladigan asosiy vositalarning tasniflanish 
tartibini (klassifikatsiyalanishini) har bir mamlakatning hukumati aniqlab beradi. 
Amortizatsiya guruhlari ko’rsatilmagan asosiy vositalarning turlari bo’yicha
foydali foydalanish muddatlari ularni tayyorlagan tashkilotlarning tavsiyalari va 
texnik shart-sharoitlariga muvofiq ravishda soliq to’lovchining o’zi tomonidan 
o’rnatiladi. 
Hozirgi paytda amaliyotda amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning ikki 
asosiy metodidan foydalaniladi: 

chiziqli; 

nochiziqli. 
Amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning chiziqli metodi binolar, 
inshootlar, uzatish qurilmalariga nisbatan ularning foydalanishga topshirish 
muddatlariga bog’liq bo’lmagan holda qo’llaniladi. Asosiy vositalarning qolgan 
boshqa obyektlariga nisbatan amortizatsiya summalarini hisob-kitob qilishning 
yuqoridagi ikki metodidan – chiziqli va nochiziqli - biri qo’llanilishi mumkin. 
Chiziqli metod qo’llanilganda bir oy uchun hisoblangan amortizatsiyaning 
summasi shu obyekt uchun aniqlangan amortizatsiya normasi va obyektning 
dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan quyidagicha aniqlanadi: 
𝑵
𝒂
=
𝟏
𝒎
∗ 𝟏𝟎𝟎%

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin