439
Asosiy kapitalning rivojlanishi va uning moliyaviy jihatdan ta’minlanishini
boshqarishda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning samaradorligini
baholash alohida
ahamiyat kasb etadiki, uning juda ko’p jihatlari mavjud.
Bu yerda, eng avvalo, davlat,
mulkdorlar, boshqaruv-chilar va xodim
(ishchi)lar manfaatlarini birgalikda qarash jihati juda muhimdir.
Davlat
manfaatlari, bir tomondan, XYSlarning soliq to’lovlarini
maksimallashtirish
maqsa-dida balans foydaning maksimallashtirilishini ko’zda tutadi. Ikkinchi
tomondan esa, foydadan soliq to’lovlari foydaning kengaytirilgan ilmtalab
takror
ishlab chiqarishga qayta investitsiya qilinishini
hisobga olgan holda
optimallashtirilmog’i lozim.
Juda ko’p hollarda mulkdorlar va boshqaruvchilar manfaatlari bir-biriga mos
keladi. Mulkdorlar uchun ham, boshqaruvchilar uchun ham bir aktsiyaga to’g’ri
keluvchi foyda summasining o’sishi orqali aktsionerlar daromadlarini
maksimallashtirish maqsadini amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Odatda,
daromadlarnimaksimallashtirish
ishlab
chiqarishning
samaradorligini oshirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish hisobidan erishiladi.
U rentabellik va mehnat unumdorligi, fond qaytimining oshishi, xarajat-larning
qisqarishi, aylanma mablag’lar
aylanishining tezlashuvi, mahsulot sifatining
oshishi, asosiy fondlarning yangilanishi, innovatsion texnologiyalar va boshqaruv
metodlaridan foydalanish bilan bog’liq.
Boshqaruv qarorlarida dividend siyosatini oqilona
shakllantirish muhim
ahamiyatga egaki, u sof foydani dividendlar to’lashga va uni jamg’arishga
yo’naltirishga oqilona taqsimlanishini nazarda tutadi.
XYS xodim (ishchi)lari manfaatlari nuqtai-nazaridan faqatgina moliyaviy
natija emas, balki o’zining tarkibiga ish haqi va uning o’sishi, ijtimoiy dasturlar
va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan
XYS xarajatlari hisobidan
vujudga keladigan moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkich-larning o’sishini qamrab
oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy samara ham muhimdir.
Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYS moliya-xo’jalik
faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi
umumiy moliyaviy-iqtisodiy
ko’rsatkichlardan foy-dalanish maqsadga muvofiq. Bu yerda hal qiluvchi va
aniqlovchi ko’rsatkich sifatida ishlab chiqarishning
umumiy rentabelligi
ko’rsatkichidan foydalanish mumkin. U samaradorlikni baholashning me’zoni
bo’lib xizmat qiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
𝑹
𝒖
=
𝑩𝑭
𝑭
𝒂𝒂
∗ 𝟏𝟎𝟎%
Dostları ilə paylaş: