423
Xodim yillik (asosiy va qo’shimcha) ta’tilda va bolani parvarishlash uchun
ta’tilda bo’lgan vaqtda homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til berilganda, nafaqa
homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’tilning vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik
varaqasida ko’rsatilgan barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash
bo’yicha ta’til davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta’til
boshlanishidan oldingi 12 oy mobaynida olingan mukofotlarning o’rtacha oylik
summasidan hisoblab chiqariladi. Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
varaqasi ochilgan kuniga bo’lgan tarif stavkasi
joylarda belgilangan tuman
koeffitsienti va ustamalarni hisobga olgan holda olinadi.
Ish haqi to’lash to’xtatilib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida ayol
ishlamagan davrda homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til uchun mehnatga
layoqatsizlik varaqasi berilgan holda nafaqa to’lanmaydi. Agar homiladorlik va
tug’ish bo’yicha ta’til ishga qo’yilgandan keyin ham davom etadigan bo’lsa,
nafaqa u ishga chiqishi lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi.
Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa tayinlanganda ham, ish haqining
100 foizi miqdorida beriladi.
Dostları ilə paylaş: