Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Ishsizlik nafaqasi. 
Ushbu nafaqa 1998-yil 1-may kuni qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi 
Qonuniga asosan tayinlanadi. Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan 
shaxslarga tayinlanadi. Qaramog’ida uchtagacha kishi bo’lgan, o’ttiz besh yoshga 
to’lmagan ishsiz erkaklarga ishsizlik nafaqasi ular haq to’lanadigan jamoat 
ishlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi. Ishsizlik nafaqasi 
ularga mahalliy mehnat organida ro’yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran 
yoziladi va to’lanadi. Ishsizlik nafaqasi ko’pi bilan ishdan va ish haqidan (mehnat 
daromadidan) mahrum bo’lgan yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin 
mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga o’n ikki oylik 
davr mobaynida yigirma olti kalendar hafta, ilgari ishlamagan va birinchi bor ish 
qidirayotgan shaxslarga esa o’n ikki oylik davr mobaynida o’n uch kalendar hafta 
to’lanadi. 
Ishsiz ishsizlik nafaqasini olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada 
kamida bir marta mahalliy mehnat organiga ishga yoki kasbga tayyorlashga, qayta 
tayyorlashga, malakasini oshirishga yo’llanma olish uchun murojaat qilishi shart. 


417 
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan shaxslar uchun 
ishsizlik nafaqasi oldingi ish joyidagi oxirgi bir yilgi o’rtacha ish haqiga foiz 
nisbatida belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi qonun hujjatlarida 
belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga foiz nisbatida belgilanadi. Qaramog’ida 
o’n olti yoshga to’lmagan bolalari va boshqa kishilar bo’lgan ishsiz shaxslarga 
nafaqa miqdori o’n foizga oshiriladi. 
Ish haqiga koeffitsientlar belgilangan joylarda yashovchi shaxslarga 
tayinlanadigan ishsizlik nafaqasi miqdorlari ularning shu joylarda yashagan davri 
uchun mazkur joyda noishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlariga belgilangan 
koeffitsientni qo’llagan holda aniqlanadi. Ishsizlik nafaqasi miqdorini hisoblab 
chiqishda rayon koeffitsientlarini qo’llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo’lgan taqdirda, 
ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo’lgan shaxslarga oldingi ish joyidagi 
o’rtacha ish haqining ellik foizi miqdorida, ammo qonun hujjatlarida belgilangan 
eng kam ish haqidan oz bo’lmagan va nafaqani hisoblash paytida O‘zbekiston 
Respublikasida tarkib topgan o’rtacha ish haqidan ortiq bo’lmagan miqdorda 
ishsizlik nafaqasi to’lash kafolatlanadi.
Harbiy xizmatdan, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlaridan 
bo’shatilishi munosabati bilan ish haqidan mahrum bo’lgan shaxslar ishsizlik 
nafaqasi olish huquqiga ega. Harbiy xizmatdan, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik 
xizmati organlaridan bo’shatilgan hamda mahalliy mehnat organlariga murojaat 
qilishdan oldin ishlamagan shaxslarga nafaqa miqdori qonun hujjatlarida 
belgilangan eng kam ish haqi miqdori darajasida hisoblab chiqariladi. 
Ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan va ishsizlik nafaqasi olish 
huquqiga ega bo’lgan shaxslarga mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga 
tayyorlash yoki ishga joylashish imkoniyati berilmagan taqdirda, ularga qonun 
hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining kamida etmish besh foizi miqdorida 
nafaqa to’lash kafolatlanadi.
Uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta 
boshlashga harakat qilayotgan ishsiz shaxslarga mutaxassisligi bo’lgan shaxslar 
uchun, shuningdek o’n ikki oy mobaynida haq to’lanadigan ish bilan bandligi o’n 
ikki kalendar haftadan kam bo’lmagan shaxslar uchun, agar ularning ishga 
joylashishi uchun kasbga qayta o’rgatishni yoki malakasini oshirishni talab 
qilmasa, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo’lmagan 
miqdorda va boshqa hollarda, shu jumladan, mutaxassisligi bo’lmagan 
shaxslarga, mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash, qayta 
tayyorlash va malaka oshirish imkoniyati berilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida 


418 
belgilangan eng kam ish haqining etmish besh foizi miqdoridamiqdorda nafaqa 
to’lash kafolatlanadi. 
Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbga 
tayyorlash va qayta tayyorlashdan o’tgandan, malaka oshirishni tugatgandan 
keyin qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo’lmagan miqdorda 
ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin