Davlatiy moliya


Nogironlik bo’yicha pensiya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Nogironlik bo’yicha pensiya
mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatda 
yo’qotilganda tayinlanadi. Bu pensiyaning miqdori mehnat qobiliyatining 
yo’qotilish darajasiga (nogironlik guruhiga), nogironlik sabablariga, mehnat staji va 
ish haqining darajasiga bog’liq. 
Nogironlik pensiyalari belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb 
topilgan shaxslarga tayinlanadi (2011 yil 1 yanvardan keyin nogironlikning III 
guruhi belgilangan shaxslarga, shu jumladan, takroriy tibbiy ko’rikdan 
o’tkazilgandan so’ng nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga nogironlik 
pensiyasi tayinlanmaydi va to’lanmaydi, Chernobil halokati oqibatida III guruh 
nogironligini olgan shaxslardan tashqari. Istiqbolda mamlakatimizda III guruh 
nogironlari uchun ham nogironlik pensiyalarini tayinlash rejalashtirilmoqda). 
Sog’lig’ini yoki mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning 
uch guruhi aniqlanadi. 
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va 
nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tasdiqlaydigan ular to’g’risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-mehnat 
ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi. 
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan 
nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi. Umumiy kasallik tufayli 
beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar 
qonunchilikda belgilangan ish stajiga ega bo’lgan taqdirda tayinlanadi. 20 yoshga 
to’lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to’xtatilganidan 
keyin nogiron bo’lib qolgan shaxslarga pensiyalar ish stajidan qat’i nazar 
tayinlanadi. Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan 
nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga 
o’tkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab 
aniqlanadi. 


408 
I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblash 
uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng 
kam pensiyaning 100 foizidan kam bo’lmagan miqdorda pensiyalarning bazaviy 
miqdorlari belgilanadi. Pensiyani hisoblash tartibi fuqarolarning yoshiga doir 
pensiyasini hisoblash kabi amalga oshiriladi. Pensiya tayinlash uchun talab 
qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to’liq yili uchun nogironlik pensiyalarning 
bazaviy miqdorlari I va II guruhlar nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani 
hisoblash uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 1 foiziga oshiriladi. 
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida I va II guruhlar 
nogironlariga nogironlik pensiyasining bazaviy miqdori nogironlik bo’yicha pensiya 
tayinlangan kunda qonunchilikda nazarda tutilgan ish staji mavjud bo’lganda 
oshiriladi. 
Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo’lmagan umumiy kasallik 
oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib 
miqdorda tayinlanadi va uning miqdori I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari 
uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan hamda II guruh 
nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50 
foizidan kam bo’lmasligi lozim. 
Nogironlik pensiyasi nogironlik belgilangan (aniqlangan) davr mobaynida
o’rnatiladi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin