Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

3.
 
Ijtimoiy nafaqalar 
Ijtimoiy nafaqalarning turli ko’rinishlari aholining ijtimoiy himoyalash 
tizimida muhim o’rin egallaydi. Ularning tarkibi Bolalikdan nogironlarga va o’n 


414 
sakkiz yoshga to’lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga, pensiya 
tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan qariyalarga va mehnatga 
layoqatsiz fuqarolarga, homiladorlik va tug’ish, farzand tug’ilganda, bola 
parvarishi va boshqa holatlar bo’yicha vaqtinchalik mehnat qobiliyatini 
yo’qotganligi uchun, kam ta’minlanganlik, ishsizlik nafaqalardan va 
boshqalardan iborat bo’lishi mumkin. 
Bolalikdan nogironlarga va o’n sakkiz yoshga to’lmagan OIV 
infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa.
Ushbu nafaqa O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-aprel kuni qabul qilingan 
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o’zgartish va 
qo’shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga 
oshirish uchun zarur bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” gi 
Qaroriga asosan tayinlanadi. 
Nafaqa olish huquqiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) 
tomonidan bolalikdan I guruh nogironlari, bolalikdan II guruh nogironlari deb 
e’tirof etilgan 16 yoshdan katta shaxslar, kasallikning bosqichidan qat’i nazar, o’n 
sakkiz yoshga to’lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslar, shuningdek 
nafaqa olish huquqini beradigan tibbiy xulosa mavjud bo’lgan taqdirda 16 
yoshgacha nogiron bolalar egadirlar. Nafaqa olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar 
nafaqa olish huquqi paydo bo’lgandan so’ng biror-bir muddat bilan cheklashsiz, 
istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin. Nafaqa 
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. Bunda o’n sakkiz yoshga 
to’lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa qonun hujjatlarida 
bolalikdan nogironlar uchun belgilangan miqdorda tayinlanadi. Nafaqani 
tayinlash Nafaqani tayinlash va to’lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) 
bo’limlari tomonidan, moliyalashtirish uchun mablag’lar davlat byudjeti 
hisobidan amalga oshiriladi.
Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda murojaat qilingan 
kundan boshlab tayinlanadi. 16 yoshdan katta bolalikdan nogironga nafaqa 
nogironlikning butun davriga tayinlanadi. Nogiron bolaga nafaqa tibbiy xulosa 
berilgan muddatga tayinlanadi. OIV infektsiyasiga chalingan shaxsga nafaqa u 
o’n sakkiz yoshga to’lgungacha bo’lgan muddatga tayinlanadi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin