Davlatiy moliya


Boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya
vafot etgan shaxsning 
qaramog’ida bo’lgan va uning mehnatga layoqatsiz oila a’zolariga tayinlanadi.
Vafot etgan boquvchining qaramog’ida bo’lgan mehnatga qobiliyatsiz oila 
a’zolari boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo’ladi. Bunda 
farzandlarga va yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki 
er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan 
boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga 
bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo’lish huquqini beradigan 
yoshga to’lgunga qadar boqish bilan mashg’ul bo’lsa va ishlamasa pensiya ular 
boquvchining qaramog’ida turgan-turmaganidan qat’i nazar tayinlanadi. 
Marhumning qaramog’ida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun 
kechirish uchun zarur mablag’ manbaidan mahrum bo’lib qolsalar, pensiya olish 
huquqiga ega bo’ladilar. 
Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar: 

bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to’lmagan bo’lsa 
yoki 16 yoshdan katta bo’lsa ham 16 yoshga to’lmasdan nogiron bo’lib qolgan 
bo’lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli 
ota-onasi bo’lmasa; 


409 

ota, ona, o’gay ota, o’gay ona, xotin, er, basharti, ular 
umumbelgilangan
 
pensiya yoshiga to’lgan yoki nogiron bo’lsalar; 

yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er 
(xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan 
boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga 
bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo’lish huquqini beradigan 
yoshga to’lgunga qadar boqish bilan mashg’ul bo’lsa va ishlamasa; 

buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo’lgan 
kishilar bo’lmasa. 
O‘quvchilar 18 yoshga to’lgunga qadar boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi 
olish huquqiga egadirlar. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega 
bo’lgan voyaga etmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni 
saqlab qoladilar. O‘gay o’g’il va o’gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan 
bo’lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar. O‘gay ota va 
o’gay ona, agar vafot etgan o’gay o’g’ilni (qizni) 18 yoshga to’lgunga qadar kamida 
5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo’lsalar, haqiqiy ota va ona singari pensiya olish 
huquqiga ega bo’ladilar. Bedarak yo’qolganlarning oilalariga ham, agar 
boquvchining bedarak yo’qolganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan bo’lsa, vafot 
etganlar oilalariga taalluqli hamma qoidalari tegishli ravishda ushbu oilalarga ham 
joriy qilinadi. 
Ko’rsatib o’tilgan oila a’zolari, agar ular marhumning to’liq boquvida bo’lgan 
yoki undan yordam olib turgan bo’lsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy 
kun kechirish mablag’ining manbai hisoblangan bo’lsa, marhumning qaramog’ida 
turgan deb hisoblanadilar. Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila 
a’zolari, agar marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish 
mablag’ining manbai hisoblangan bo’lsa — boquvchisini yo’qotganlik pensiyasiga 
o’tish huquqiga egadirlar. 
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot 
etgan boquvchining oilasiga, shuningdek marhum pensionerning oilasiga pensiya 
boquvchining ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi. Boquvchi vafot etgan kunga qadar 
unga nogironlik pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo’lgan bo’lsa, 
umumiy kasallik yoki ish bilan bog’liq bo’lmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan 
boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlanadi. 
Boshqa 
mamlakatlardan ko’chib kelgan O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolarining oilalariga, basharti, boquvchi O‘zbekiston Respublikasida 
ishlamagan bo’lsa, pensiyalar quyidagi hollarda tayinlanadi: 

boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini olgan 
oilalarga — boquvchisining ish stajidan qat’i nazar; 


410 

pensiya olmagan oilalarga — basharti, boquvchi ishlash to’xtatilgan 
kunga qadar tegishli stajga ega bo’lgan bo’lsa, mehnatda mayiblanganlik yoki 
kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan taqdirda esa — boquvchining 
ish stajidan qat’i nazar.
Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik pensiyasini tayinlash 
uchun etarlicha ish stajiga ega bo’lmagan boquvchisini yo’qotgan oila a’zolariga 
pensiya boquvchining bor stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda tayinlanadi. 
Er (xotin)ning vafot etganligi sababli tayinlangan pensiya pensioner yangi 
nikohdan o’tganida ham saqlanib qoladi. Oilaning pensiya olish huquqiga ega 
bo’lgan barcha a’zolariga bitta umumiy pensiya tayinlanadi. Oila a’zosining talabi 
bilan uning pensiyadagi ulushi ajratilib, alohida to’lanadi. Pensiyadan ulush ajratib 
berish pensiyani bo’lish to’g’risida ariza tushgan oydan keyingi oyning birinchi 
kunidan boshlab amalga oshiriladi. 
Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga 
layoqatsiz a’zosiga — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik 
ish haqining 30 foizi miqdorida, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan 
kam bo’lmagan miqdorida, har ikkala ota-onasini yo’qotgan bolalarga (chin 
etimlarga) boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi uchun yoki vafot etgan yolg’iz 
onaning bolalariga har bir bola uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul 
qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 30 foizi, biroq yoshga doir eng kam 
pensiyaning 100 foizidan kam bo’lmagan miqdorda pensiyaning tayanch miqdori 
belgilanadi. 
Pensiya miqdorini hisoblash tartibi yoshga doir pensiyalarni hisoblash tartibi 
bilan bir hil.
Boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari oilaning har bir mehnatga layoqatsiz 
a’zosiga — boquvchi o’rtacha oylik ish haqining 0,5 foiziga oshiriladi.
Har ikkala ota-onasini yo’qotgan bolalarga (chin etimlarga) tayinlanadigan 
boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha pensiyalarini oshirish eng kam oylik ish 
haqining o’n baravari miqdori doirasida har ikkala ota-onaning ish haqi umumiy 
miqdoridan amalga oshiriladi. Bunda har ikkala ota-onasini yo’qotgan bolalarga 
(chin etimlarga) tayinlanadigan boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi miqdori har 
ikkala ota-onaning umumiy ish staji miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi, 
ya’ni pensiya tayinlash va talab etiladigandan ortiq staj uchun pensiyani oshirish har 
ikkala ota-onaning umumiy ish staji miqdori bo’yicha amalga oshiriladi.
Agar ota-onadan birining ish staji va ish haqidan kelib chiqqan holda 
hisoblangan boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi miqdori har ikkala ota-onaning 
umumiy ish staji va ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblangan boquvchisini 
yo’qotganlik pensiyasi miqdoridan ko’p bo’lsa, u holda, chin etim maqomini saqlab 
qolgan holda, murojaat etganning xohishi bo’yicha ota-onadan birining ish staji va 


411 
ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblangan pensiyaning eng ko’p miqdori 
tayinlanadi. 
O‘zbekistonda aholining ijtimoiy ta’minotini yanada yaxshilash va 
pensionerlarning farovonligini qo’shimcha mablag’lar bilan ta’minlash 
maqsadida 2004-yil 2-dekabr kuni “Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya 
ta’minoti to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi. Bu qonunga binoan quyidagilar 
belgilangan: 

2005-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning amaldagi davlat pensiya 
ta’minoti tizimiga qo’shimcha ravishda jamg’arib boriladigan pensiya tizimi joriy 
etildi; 

2005-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning shaxsiy jamg’arib 
boriladigan pensiya hisob raqami fuqarolarning asosiy ish joyidagi Xalq banki 
filialida amalga oshiriladi;

fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya hisob raqamiga majburiy har 
oylik badallar jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab 
chiqarilgan daromad solig’i summasidan tegishli ravishda chiqarib tashlangan 
holda xodimning hisoblangan ish haqi (daromad)ning 2018 yilda ikki (2019 
yilning 1 yanvaridan boshlab 0,1) foizi miqdorida o’tkaziladi; 

jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida qatnashadigan 
fuqarolar tomonidan shaxsiy pensiya hisob raqamlariga badallar miqdori va 
to’lash muddatlari mustaqil ravishda belgilanishi ham mumkin va boshqalar. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi 
hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar 
jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti olish huquqiga ega. Ish beruvchilarning, 
shuningdek mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshiruvchi 
fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etishi, agar qonun 
hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo’lsa, majburiydir. Yakka 
tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon 
xo’jaliklarining a’zolari, shuningdek boshqa fuqarolar jamg’arib boriladigan 
pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etadilar. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etuvchi 
fuqarolarni hisobga olish ish beruvchining talabnomasiga muvofiq mazkur 
fuqarolarning asosiy ish joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etuvchi 
fuqarolarni hisobga olish ularning arizasiga muvofiq mazkur fuqarolarning 
yashash joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi. 
Yuridik va jismoniy shaxslar jamg’arib boriladigan pensiya tizimiga 
fuqarolarni hisobga qo’yish, shuningdek shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya 


412 
hisobvaraqlarini ochish uchun O‘zbekiston Respublikasining interaktiv davlat 
xizmatlari yagona portalida elektron ariza berishga haqli. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish quyidagilarni o’z 
ichiga oladi: 

shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish; 

jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasini berish

Xalq banki jamg’arib boriladigan pensiya tizimida fuqarolarning shaxsiy 
hisobini 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
tomonidan 
belgilanadigan tartibda yuritadi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida 
fuqarolarning shaxsiy hisobini yuritishga doir hamda shaxsiy jamg’arib 
boriladigan pensiya hisobvaraqlariga taalluqli ma’lumotlar Xalq bankining 
yagona ma’lumotlar elektron bazasida shakllantiriladi va saqlanadi. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olinayotganda fuqarolarga 
Xalq banki umrbod qilib belgilanadigan, doimiy shaxsiy tartib raqamli shaxsiy 
jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochadi. Shaxsiy jamg’arib 
boriladigan pensiya hisobvaraqlariga tartib raqami berish fuqarolarning 
pasportidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarning yashash yoki 
ish joyi yoxud pasportidagi ma’lumotlar o’zgargan taqdirda shaxsiy jamg’arib 
boriladigan pensiya hisobvarag’i tartib raqami o’zgarishsiz qoladi va yangi 
shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’i ochish talab etilmaydi. 
Fuqaroning jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini olish huquqini tasdiqlovchi 
jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi fuqaroga shaxsiy jamg’arib boriladigan 
pensiya hisobvarag’i ochilganidan keyin Xalq banki tomonidan beriladi. 
Jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan 
daromad solig’ining tegishlicha kamaytirilgan summasi hisobiga jamg’arib 
boriladigan majburiy pensiya badallarini ish beruvchi har oyda to’lab boradi. 
Jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallarining miqdori 
xodimlarning, shu jumladan ishlayotgan pensionerlarning ish haqi va boshqa 
daromadi summasi asosida hisoblab chiqariladi hamda har yili O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan navbatdagi yilga mo’ljallangan 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirish vaqtida belgilanadi. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’lari Xalq bankida shaxsiy 
jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablag’larni jamlash yo’li bilan 
shakllantiriladi. Shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida 
mablag’larni shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat: 

jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallari; 

jamg’arib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallari; 

shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari mablag’lariga 
hisoblab chiqarilgan foizlar; 


413 

qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa mablag’lar. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’laridan jamg’arib boriladigan 
pensiya to’lovlari to’lash uchun foydalaniladi. Jamg’arib boriladigan pensiya 
tizimi mablag’laridan jamg’arib boriladigan pensiya tizimi bilan bog’liq 
bo’lmagan majburiyatlarni bajarish uchun foydalanish mumkin emas. Xalq banki 
jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larining alohida hisobini yuritadi. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini ko’paytirish hamda 
ularni pul qadrsizlanishidan himoya etish maqsadida bunday mablag’lardan 
investitsiya va kredit resurslari sifatida, shuningdek moliyaviy vositalarga 
joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi 
mablag’laridan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq banki tomonidan 
amalga oshiriladi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini moliyaviy 
vositalarga joylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. 
Jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallaridan, shaxsiy jamg’arib 
boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag’larga hisoblab chiqarilgan 
foizlardan hamda bunday mablag’lar foydalanilishidan fuqarolar va Xalq banki 
oladigan boshqa daromadlardan, jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlaridan, 
shuningdek jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’lari aylanmasidan 
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar olinmaydi. 
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolar pensiya 
to’lovlari oluvchi sifatida jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini qonun 
hujjatlariga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelgan taqdirda olish 
huquqiga ega. Fuqaro vafot etgan taqdirda, shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya 
hisobvarag’ida jamg’arilgan mablag’lar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
merosga o’tadi va merosxo’rga bir yo’la to’la hajmda to’lanadi. uqaro 
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash joyiga chiqib 
ketayotgan bo’lsa, shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’ida 
jamg’arilgan mablag’lar bir yo’la to’la hajmda to’lanadi. 
Jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) 
bo’limi tomonidan berilgan jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini olish 
huquqi to’g’risidagi guvohnoma asosida bunday to’lovlarni oluvchining yashash 
joyidagi Xalq banki filiali tomonidan to’lanadi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin