403
– 45-50 yoshda vujudga keladi. Bu pensiyani olish uchun zarur bo’lgan mehnat
staji erkaklar uchun 25 yil, ayollar uchun esa – 20 yil, mehnatning og’ir turlarida
band bo’lganlar uchun bundan ham pastroq qilib belgilangan. Demak, barcha xolis
(sidqidildan) xizmat qiluvchilar uchun bu stajga qarilik yoshiga etgundan ancha oldin
erishish mumkin.
3. Ta’minot o’lchami va shakllarining o’tgan (qilingan) mehnatga
nisbatan bog’langan holda o’rnatish (belgilash)
prinsipi – bu ijtimoiy
ta’minotning stajning davomiyligi, ishning shart-sharoiti, ish haqi va mehnat hamda
ijtimoiy faoliyatning boshqa omillarga nisbatan bog’liq
ravishda amalga
oshirilishini taqozo etadi. Bu prinsip ijtimoiy ta’minotda ish haqi orqali o’z
ifodasini topadi, chunki unga ko’ra pensiya va nafaqalarning ko’plab turlari ish
haqiga nisbatan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: