Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

1. Eng umumiylik 
prinsipi – jinsi, yoshi, millati, irqi, ishi-ning joyi va 
xarakteri, mehnatga haq to’lashning shaklidan qat’iy nazar, yoshi yoki nogironligi 
tufayli mehnatga layoqatsizligi sodir bo’lganda ijtimoiy ta’minotning barcha 
mehnatkashlarga nisbatan qo’llanilishini anglatadi. Bundan tashqari, eng umumiylik 
prinsipi mehnatkashlarning barcha toifalariga, ya’ni ishchilar, xizmatchilar, 
dehqonlar, harbiylar, o’quvchilar va boshqa fuqarolarga nisbatan qo’llaniladi. 
Shuningdek, ijtimoiy ta’minot boquvchisi vafot etgan oilaning mehnatga 
qobiliyatsiz barcha a’zolariga (balog’at yoshiga etmagan bolalar, aka-ukalar, opa-
singillar, nabiralar, qariyalar yoki mehnatga layoqatsiz er (xotin), ota, ona, bobo, 
buvi va boshqalar) nisbatan ham tegishlidir. 
2. Hammaga mumkinlik (lozimlik)
prinsipi – barcha uchun mumkin 
bo’lgan u yoki bu pensiyani aniqlash (belgilash) huquqini beruvchi shart. 
Masalan, hayotning o’rtacha davomiyligi 73,6 yil bo’lganda qarilik bo’yicha 
pensiya huquqi erkaklarda 60 yoshda, ayollarda esa – 55 yoshda, mehnatning 
og’ir turlarida band bo’lganlar uchun esa erkaklarda 50-55 yoshda, ayollarda esa 


403 
– 45-50 yoshda vujudga keladi. Bu pensiyani olish uchun zarur bo’lgan mehnat 
staji erkaklar uchun 25 yil, ayollar uchun esa – 20 yil, mehnatning og’ir turlarida 
band bo’lganlar uchun bundan ham pastroq qilib belgilangan. Demak, barcha xolis 
(sidqidildan) xizmat qiluvchilar uchun bu stajga qarilik yoshiga etgundan ancha oldin 
erishish mumkin. 
3. Ta’minot o’lchami va shakllarining o’tgan (qilingan) mehnatga 
nisbatan bog’langan holda o’rnatish (belgilash)
prinsipi – bu ijtimoiy 
ta’minotning stajning davomiyligi, ishning shart-sharoiti, ish haqi va mehnat hamda 
ijtimoiy faoliyatning boshqa omillarga nisbatan bog’liq ravishda amalga 
oshirilishini taqozo etadi. Bu prinsip ijtimoiy ta’minotda ish haqi orqali o’z 
ifodasini topadi, chunki unga ko’ra pensiya va nafaqalarning ko’plab turlari ish 
haqiga nisbatan hisoblanadi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin