404
barqaror rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish maqsadida mamlakatda pensiya
tizimi isloh qilinmoqda.
Pensiya tizimini isloh qilishning negizida pensiya to’lanmalarini
moliyalashtirishning jamg’ariladigan prinsiplari asosida tashkil qilish yotadi.
Unga muvofiq ravishda pensiyalarning quyidagi uch darajasini o’rnatish ko’zda
tutilmoqda:
jamg’ariladigan pensiyalar – yollanib ishlaydigan-larga beriladi,
butun
mehnat faoliyati davomida olingan ish haqiga nisbatan ajratmalar va bu
ajratmalarni saqlab o’z oborotida foydalanganligi uchun ular tomonidan
to’lanadigan foizlar hisobidan amalga
oshiriladi;
ijtimoiy pensiyalar – o’zlariga pensiya to’lanma-larining to’lanishi uchun
zarur bo’lgan mablag’larni jamg’armagan va hayot kechirish uchun zaruriy
mablag’larga ega bo’lmagan shaxslarga umumiy soliqlar yoki majburiy
ajratmalar hisobidan to’lanadi;
qo’shimcha pensiyalar – alohida toifadagi
ish beruvchilardan
undiriladigan yoki ish beruvchilar va xodimlar tomonidan ixtiyoriy ravishda
o’tkazilgan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.
Sekin-astalik bilan, oxir-oqibatda, jamg’ariladigan
pensiya pensiyaning
asosiy ko’rinishiga (turiga) aylanmog’i lozim.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida “Fuqarolarning davlat pensiya
ta’minoti to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq pensiyaning quyidagi turlari
qo’llanilib kelinayapti:
yoshga doir pensiya;
nogironlik pensiyasi;
boquvchisini
yo’qotganlik pensiyasi.
Dostları ilə paylaş: