413
qonun hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa mablag’lar.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’laridan jamg’arib boriladigan
pensiya to’lovlari to’lash uchun foydalaniladi. Jamg’arib boriladigan pensiya
tizimi mablag’laridan jamg’arib boriladigan pensiya tizimi bilan bog’liq
bo’lmagan majburiyatlarni bajarish uchun foydalanish mumkin emas. Xalq banki
jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larining alohida hisobini yuritadi.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini ko’paytirish hamda
ularni pul qadrsizlanishidan himoya etish maqsadida bunday mablag’lardan
investitsiya va kredit resurslari sifatida, shuningdek moliyaviy vositalarga
joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi
mablag’laridan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq banki tomonidan
amalga oshiriladi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’larini moliyaviy
vositalarga joylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallaridan, shaxsiy jamg’arib
boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag’larga hisoblab chiqarilgan
foizlardan hamda bunday mablag’lar foydalanilishidan fuqarolar va Xalq banki
oladigan boshqa daromadlardan, jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlaridan,
shuningdek jamg’arib boriladigan pensiya tizimi mablag’lari aylanmasidan
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar olinmaydi.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolar pensiya
to’lovlari oluvchi sifatida jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini qonun
hujjatlariga muvofiq davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelgan taqdirda olish
huquqiga ega. Fuqaro vafot etgan taqdirda, shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya
hisobvarag’ida jamg’arilgan mablag’lar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
merosga o’tadi va merosxo’rga bir yo’la to’la hajmda to’lanadi. uqaro
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash joyiga chiqib
ketayotgan bo’lsa, shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’ida
jamg’arilgan mablag’lar bir yo’la to’la hajmda to’lanadi.
Jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar)
bo’limi tomonidan berilgan jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini olish
huquqi to’g’risidagi guvohnoma asosida bunday to’lovlarni oluvchining yashash
joyidagi Xalq banki filiali tomonidan to’lanadi.
Dostları ilə paylaş: