408
I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblash
uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng
kam pensiyaning 100 foizidan kam bo’lmagan miqdorda pensiyalarning bazaviy
miqdorlari belgilanadi. Pensiyani hisoblash tartibi
fuqarolarning yoshiga doir
pensiyasini hisoblash kabi amalga oshiriladi. Pensiya tayinlash uchun talab
qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to’liq yili uchun nogironlik pensiyalarning
bazaviy miqdorlari I va II guruhlar nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani
hisoblash uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 1 foiziga oshiriladi.
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish
oqibatida I va II guruhlar
nogironlariga nogironlik pensiyasining bazaviy miqdori nogironlik bo’yicha pensiya
tayinlangan kunda qonunchilikda nazarda tutilgan ish staji mavjud bo’lganda
oshiriladi.
Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo’lmagan umumiy kasallik
oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib
miqdorda tayinlanadi va uning miqdori I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari
uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100
foizidan hamda II guruh
nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50
foizidan kam bo’lmasligi lozim.
Nogironlik pensiyasi nogironlik belgilangan (aniqlangan) davr mobaynida
o’rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: