Davlatiy moliya


-MAVZU: IJTIMOIY TA’MINOT



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

23-MAVZU: IJTIMOIY TA’MINOT 
REJA: 
1.
 
Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy asoslari va tamoyillari. 
2.
 
Davlat pensiyasi va jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti. 
3.
 
Ijtimoiy nafaqalar. 
1.
 
Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy asoslari va tamoyillari 
Mamlakatning Konstitutsiyasi, odatda, yosh bo’yicha, kasal, nogiron yoki 
boquvchisini yo’qotganda, bolalarni tarbiyalash uchun va qonunda ko’zda 


398 
tutilgan boshqa holatlarda har bir kishining ijtimoiy ta’minotini kafolatlaydi. 
Iqtisodiy kategoriya sifatida ijtimoiy ta’minotga quyidagicha ta’rif berish 
mumkin: jarayonida fuqarolarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko’rsatish 
uchun milliy daromadning bir qismi hisobidan pul mablag’larining ijtimoiy 
fondlarini shakllantiradigan va ulardan foydalanadigan taqsimlash munosabatlari 
tizimiga ijtimoiy ta’minot deyiladi. Mana shunday keng ma’noda, ijtimoiy 
ta’minot fondlarini shakllantirish manbalari va ta’minotni tashkil etishga bog’liq 
bo’lmagan holda jamiyat barcha a’zolarining tegishli tarzda ta’minlanishini o’z 
ichiga qamrab oladi. 
Pulli pensiya va nafaqa to’lovlari ijtimoiy ta’minot bo’yicha xarajatlarning 
asosiy ko’rinishlari hisoblanadi. 
Pensiya
– bu qarilik, nogironlik, xizmat qilgan yillari va boquvchisining 
yo’qotilganligi munosabati bilan (bog’liq ravishda) fuqarolarni moddiy jihatdan 
ta’minlash uchun ma’lum pul summalarining davrma-davr to’lanmalaridan iborat. 
Pensiyaning quyidagi ko’rinishlari mavjud: 

yoshga doir (qarilik) pensiya(si) (ba’zi xorijiy davlatlarda qarilik pensiyasi 
deyiladi, bizning qonunchiligimizda yoshga doir pensiya deyilgan); 

nogironlik pensiyasi; 

xizmat qilgan yillari uchun pensiya (qonunchiligimizda uch xil pensiya 
tizimi qayd etilgan, bu holat pensiyaga ustamalar sifatida yoki muddatidan oldin 
pensiyaga chiqish bo’yicha imtiyozli pensiyaga chiqish ro’yxatlari bo’yicha 
keltirilgan kasb egalarini pensiyasi sifatida qayd etiladi, xorijda bunday nomdagi 
pensiyalar mavjud, bizda bu pensiyalarimizning tarkibida yuritiladi); 

boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya. 

Fuqarolarning ayrim toifalari uchun ijtimoiy pensiyalar deb ataladigan 
pensiyalar ham to’lanadi (bizda bu ko’proq ijtimoiy nafaqalar deb yuritilmoqda, 
ammo ayrim xorijiy mamlakatlarda bundan nomlanadigan pensiyalar mavjud). 
Yuqoridagilarni hisobga olib, ularni quyidagicha ham ifodalash ham 
mumkin:

yoshga doir (qarilik) pensiya (si); 

nogironlik pensiyasi; 

boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya. 
Ba’zi mamlakatlarda pensiyalarning xizmat qilgan yillari uchun pensiyalar 
va ijtimoiy pensiyalar ko’rinishlari ham mavjud. Bizning mamlakatimizda xizmat 
qilgan yillar uchun pensiyalar qonunchiligimizda qayd etilgan pensiyalarning 
tarkibiy qismi hisoblanadi, ijtimoiy pensiyalar tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar 
ko’rinishiga ega va ushbu nafaqalar bugungi kunda davlat byudjeti hisobidan 
moliyalashtirilishi belgilangan. 
Nafaqalarning quyidagi asosiy ko’rinishlari bo’lishi mumkin: 


399 

vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun; 

homiladorlik va tug’ish bo’yicha; 

farzand tug’ilganda; 

bola parvarishi bo’yicha; 

muddatli harbiy xizmatchilarning bolalariga; 

ishsizlik bo’yicha; 

ta’ziya holatlari bo’yicha. 
Yuqoridagilar bilan bir qatorda ta’minotning boshqa quyidagi shakllari ham 
amal qiladi: 

kasbiy-texnikaviy o’qitish; 

ishsizlarni qayta o’qitish; 

nogironlarni qayta o’qitish va ishga joylash; 

qariyalar va nogironlar uchun internat-uylarida mehnatga qobiliyatsizlarni 
tekinga saqlash; 

nogironlarni protezlash va ularni moto-velokolyaskalar va atomobillar bilan 
ta’minlash; 

uyga yordamning ko’p ko’rinishlarini tashkil qilish va boshqalar. 
Ijtimoiy ta’minot mehnat qilish qobiliyatini qisman yoki to’liq yo’qotgan shaxs 
xususida davlat va jamiyat g’amxo’rligi, inson-parvarlikning namoyon bo’lish 
shaklidir. Mehnat faoliyatining to’xtatilishi munosabati bilan insonning moddiy 
ahvoli yomonlashganda, o’z mehnat qobiliyati yo’qotilganligi inson ongiga 
kuchli salbiy ta’sir ko’rsatayotgan bir paytda ijtimoiy ta’minot davlat va jamiyat 
tomonidan uning unutilmaganligini va o’z holiga tashlab qo’yilmaganligini 
ko’rsatadi. 
“Ijtimoiy ta’minot” kategoriyasining mazmuniga oid iqtisodchilar o’rtasida 
yagona fikr mavjud emas. Mualliflarning ba’zi birlari “ijtimoiy ta’minot” 
tushunchasini keng ma’noda talqin qilib, uning tarkibiga ona va bolani, fuqarolarni 
qarilik chog’ida va mehnat qobiliyatini yo’qotganda tekin ta’minlanishi, davolash 
va tibbiy xizmatlarning tekinligi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar 
majmuining barchasini kiritadilar. Boshqa bir toifadagi mualliflar “ijtimoiy 
ta’minot” va “ijtimoiy sug’urta”ni yagona tartibdagi iqtisodiy kategoriyalar 
sifatida ko’rib chiqadilar. Uchinchi guruh mualliflari “ijtimoiy ta’minot” 
tushunchasini tor ma’noda tasavvur qilib, ijtimoiy sug’urta bilan qamrab 
olinmaydigan ta’minotning turlarinigina uning tarkibidan iborat deb 
hisoblaydilar. Va nihoyat, to’rtinchi guruhga kiruvchi mualliflar ham mavjudki, 
ularning fikricha, meh-natga qobiliyatsizlikni ta’minlashning turli shakllari va 
ko’rinishlari, shu jumladan, ijtimoiy sug’urtani ham qamrab oluvchi yagona 
“ijtimoiy ta’minot” tushunchasi mavjud. 


400 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolarning mehnat qilish, 
dam olish, sog’ligini muhofaza qilish huquqlariga, qariganda, kasal bo’lganda, 
mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yoki to’liq yo’qotganda va boquvchisidan 
mahrum bo’lganda ijtimoiy ta’minot, uy-joyga egalik qilish,ma’lumot olish, 
madaniyat yutuqlaridan foydalarish huquqlariga, davlat va jamoatchilik ishlarini 
boshqarish huquqiga ega ekanligini kafolatlaydi. Shu munosabat bilan va 
“ijtimoiy ta’minot” tushunchasini keng talqin qilish pozitsiyasidan nafaqat tekin 
tibbiy xizmat ko’rsatish va davolash, balki Konstitutsiyada ko’zda tutilgan tekin 
bilim olish, madaniyat yutuqlaridan foydalanish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy 
tadbirlardan bahramand bo’lish kabilarni ham uning tarkibiga kiritish maqsadga 
muvofiq bo’lur edi. Chunki bu huquqlarning har biri fuqarolarning turli 
ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutib, Konsti-tutsiyada ko’zda tutilgan tegishli 
tadbirlar va mablag’lar bilan ta’minlanadi. Masalan, qarilik chog’ida, kasallik 
paytida va mehnat qobiliyatini to’liq yoki qisman yo’qotganda, shuningdek 
boquvchisidan mahrum bo’lgandagi moddiy jihatdan ta’minlanish huquqi 
ijtimoiy ta’minotning turli shakllari orqali amalga oshiriladi. Sog’liqni muhofaza 
qilish huquqini ta’minlash, ya’ni tekin tibbiy xizmat ko’rsatish va davolanish 
bo’yicha maxsus shakllar ko’zda tu-tilgan. Boshqacha qilib aytganda, 
fuqarolarning turli ehtiyojlari ularni qondirishning o’ziga xos bo’lgan o’z 
shakllariga egadir. Shularga muvofiq ravishda pul mablag’lari fondlari ham 
shakllantiriladi. Bulardan ko’rinib turibdiki, “ijtimoiy ta’minot” tushunchasini 
bundan ham kengroq tarzda talqin qilish o’zining etarli darajadagi asosiga ega 
emas. 
Bir vaqtning o’zida, “ijtimoiy ta’minot” va “ijtimoiy sug’urta”ni parallel 
ravishda amal qiluvchi, mustaqil bir tartibli iqtisodiy kategoriyalar sifatida talqin 
qiladigan, ijtimoiy ta’minotga davlat byudjetining to’g’ridan-to’g’ri o’tkazma 
(transfert)lari hisobidan amalga oshiriladigan, ijtimoiy sug’urtaga esa faqat 
ijtimoiy sug’urta fondi mablag’lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar 
kiradi, deb hisoblaydigan qarashlarni asoslangan deyish mumkin emas. 
Ijtimoiy ta’minotga to’g’ridan-to’g’ri o’tkazma (transfert)lar hisobidan 
Davlat byudjetidan, Pensiya jamg’armasidan va ijtimoiy sug’urta fondidan 
qilinadigan xarajatlarning yo’nalishlarida prinsipial xarakterdagi farqlar yo’q. Bir 
vaqtning o’zida ham to’g’ridan-to’g’ri byudjet ajratmalari, ham Pensiya 
jamg’armasi va Ijtimoiy sug’urta jamg’armalari hisobidan qarilik (yoshga doir), 
nogironlik, ishlagan yillari uchun, boquvchisini yo’qotgandagi pensiyalar, 
farzand tug’ilganda, homiladorlik va tug’ish nafaqalari to’lanishi mumkin. Bu 
yerda farqlar faqat ta’minlanayotganlarning kontingentiga nisbatan bo’ladi, xolos. 
Pensiya va Ijtimoiy sug’urta jamg’armalari mablag’laridan ishchi va xizmatchilar, 
ilmiy xodimlar, bevosita byudjetdan esa Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik 


401 
xizmati, Bojxona organlari va boshqa bir necha toifadagi boshliqlar tarkibidagi 
harbiy xizmatchilar ta’minlanadi. 
Shuning uchun ham ijtimoiy sug’urtani ijtimoiy ta’minotga bog’liq 
bo’lmagan holda parallel ravishda mavjud bo’lgan, mustaqil kategoriya deb 
hisoblashga asos mavjud emas. Aksincha, ijtimoiy sug’urta yaxlit butunning bir 
qismi sifatida ijtimoiy ta’minotga tegishli bo’lib, uning shakllaridan biri 
hisoblanadi. 
Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy manbalari xususida gapirilganda ayrim 
iqtisodchilar ijtimoiy iste’mol fondlarini (pensiya to’lovlarini birga qo’shgan 
holda) shakllantirishning manbaini qo’shimcha mahsulot, boshqalari esa ijtimoiy 
iste’mol fondlarini zaruriy mahsulot bilan bog’laydi. 
Turli ijtimoiy ta’minot fondlari va ulardan to’lanmalarning tahlili shuni 
ko’rsatadiki, ularning ba’zilarining manbai zarur mahsulot bo’lsa, boshqalariniki 
esa qo’shimcha mahsulotdir. Masalan, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini 
yo’qotgandagi nafaqa to’lanmalari, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalar, 
nogironlarni o’qitish va ishga joylashtirish xarajatlari, ishsizlarni qayta o’qitish 
xarajatlarining manbai bo’lib zarur mahsulot hisobla-nadi. Bu to’lanmalarning 
yo’nalishi vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgan paytda yoki ishsizlik davrida 
xodimga zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni berish bilan belgilanadi. Bu to’lanmalar 
ishchi kuchini takror ishlab chiqarish xarajatlari bilan bevosita bog’liqdir. 
Pensiya to’lanmalariga nisbatan vaziyat (holat) boshqacha. Bu to’lanmalar 
mehnatga qobiliyatsizlarga to’lanmalardir. Mehnat faoliyati boshlangunga qadar 
mamlakatning har bir yosh avlodi ham zaruriy mahsulot (ota-onalarning mehnat 
haqi to’lovlari shaklida) va ham qo’shimcha mahsulot (ijtimoiy iste’mol 
fondlaridan xizmatlar va imtiyozlar shaklida) hisobidan saqlanadi. Mehnat 
faoliyati boshlanganidan to pensiyaga chiqqunga qadar (35-40 yil ichida) bu avlod 
oshib boruvchi hajmlarda ijtimoiy mahsulotni (za-ruriy va qo’shimcha) yaratadi. 
Jamg’armaga yo’naltirilgan qo’shimcha mahsulotning qismi ancha oshadi. 
Buning natijasida milliy boylikning hajmi tez o’sadi. Demak, ko’rinib turibdiki, 
har bir yangi avlod o’zining navbatdagi avlodiga o’zining oldingi ajdodlaridan 
olgan milliy boylikka nisbatan kattaroq hajmdagi milliy boylikni qoldiradi. Ana 
shu asosda har bir yangi avlod o’z mehnati bilan yalpi mahsulotni ishlab chiqarishni 
oshiradi. Bunda moddiy boylik ishlab chiqarish sohasi xodimlarining shaxsiy 
ehtiyojlarini qondirishga foydalaniladigan zaruriy mahsulotning ham hajmi va 
ishlab chiqarishni rivojlantirishga hamda ijtimoiy iste’mol fondlarini 
shakllantirishga, shu jumladan, jamiyatning mehnatga qobiliyatsiz a’zolarini 
ta’minlashga yo’naltirilayotgan qo’shimcha mahsulotning hajmi ham o’sadi. 
Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda pensiya to’lanmalari ko’p 
yillar davomida, asosan, mehnatkashlarning ish haqlaridan ajratmalar yordamida 


402 
shakllantiriladigan pensiya jamg’armalari hisobidan amalga oshiriladi. Shuning 
uchun 
ham 
bu 
yerda 
pensiya 
jamg’armalari zaruriy mahsulotning 
rezervlashtirilgan qismidan iborat bo’lib, uni xodim qarilik yoki nogironlik 
bo’yicha pensiyaga chiqqandan so’ng, ola boshlaydi. 
Mamlakatimizda qariganda, kasalligida, mehnat qobiliyatini to’liq yoki 
qisman yo’qotganda, boquvchisidan mahrum bo’lganda moddiy ta’minlash 
huquqi mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq ijtimoiy ta’minotning turli shakllari 
bilan kafolatlangan. Mehnatkashlar o’zlarining ish haqlaridan 0,1% (2019 yil 1 
yanvaridan boshlab) miqdorida o’zlarining kelgusi jamg’ariladigan pensiyalariga 
ajratmalarni o’tkazadilar (2019-yil 1-yanvardan boshlab 2018-yilda 
mehnatkashlarning ish haqlaridan ushlab qolinadigan 8% yagona ijtimoiy 
sug’urta fondiga, ya’ni Pensiya jamg’armasiga o’tkaziladigan majburiy ajratma 
bekor qilindi). Kelgusi davrning pensionerlari uchun pensiya jamg’armasi davlat 
mablag’lari 
hisobidan 
ham 
oldindan 
shakllantirilmaydi. 
Mehnatga 
qobiliyatsizlarni ta’minlash uchun fondlar YaIM va MDni taqsimlash jarayonida 
har yili ajratiladi va ulardan foydalaniladi.
Ishlamaydigan pensionerlar zaruriy va qo’shimcha mahsulotni yaratmaganligi 
va ularning mehnat faoliyati davrlarida pensiya jamg’armasi ular uchun 
shakllantirilganligi tufayli har yili shakllantirilishi lozim bo’lgan pensiya 
jamg’armalarining manbai ishlayotgan avlodning qo’shimcha mehnati evaziga 
yaratilgan YaIM va MD qismi, ya’ni qo’shimcha mahsulot hisoblanadi. 
Ijtimoiy ta’minotning o’ziga xos bo’lgan muhim xususiyati uni vujudga 
keltirishning (yaratishning, qurishning, tuzishning) prinsiplaridir. Ular 
quyidagilardan iborat: 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin