Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

3.
 
Davlat kreditini boshqarish 
Davlat kreditini boshqarishni keng va tor ma’nolarda ko’rib chiqish mumkin. 
Keng ma’noda
davlat kreditini boshqarish deyilganda qarzdor, kreditor va garant 
(kafil) sifatida davlatning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan uning moliyaviy siyosati 
yo’nalishlaridan birini shakllantirish tushuniladi. 


389 
Moliyaviy siyosatning yo’nalishlaridan biri sifatidagi davlat kreditini 
boshqarish davlatning boshqaruv va hokimiyat organlari qo’lidadir. Faqat ular 
byudjet defitsitining umumiy hajmini va demak, uni moliyalashtirish uchun zarur 
bo’lgan qarzlarning hajmini, pul muomalasi, kredit, ishlab chiqarish, aholi 
bandligiga ta’-sir qilishning asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini hamda kichik 
biznes va mamlakat ayrim mintaqalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha 
umumdavlat dasturlarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini aniqlaydi. 
Davlat byudjetining doimiy yoki xronologik tarzda defitsitliligi va yuqori 
darajadagi davlat qarzlarining mavjudligi hozirgi sharoitda sanoati rivojlangan 
barcha davlatlarga xosdir. Davlatning kredit ekspansiyasi natijasida boshqa qarz 
oluvchilar moliyaviy bozordan siqib chiqarilayapti, kreditga nisbatan bo’lgan yuqori 
foiz stavkalari hamon saqlanib qolmoqda. Davlat qarzlariga xizmat qilish 
bo’yicha katta xarajatlar soliq tushumlarining katta qismini o’ziga tortayapti. 
Shuning uchun ham byudjet defitsiti va davlat qarzini qisqartirish sanoati 
rivojlangan mamlakatlar boshqaruv organlari tomonidan eng dolzarb masalalardan 
biri sifatida e’tirof etilayapti. 
Tor ma’noda
davlat kreditini boshqarish deyilganda davlatning qarz 
majburiyatlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish, davlat qimmatli qog’ozlar 
bozorini tartibga solish, davlat qarziga xizmat ko’rsatish va uni qaytarish (uzish), 
ssuda va garantiyalar taqdim etish bilan bog’liq bo’lgan harakatlar majmui 
tushuniladi.
Davlat kreditini boshqarish jarayonida quyidagi vazifalarni yechish ko’zda 
tutiladi: 

qarzdorning qarzi qiymatini minimallashtirish; 

bozorni davlatning qarz majburiyatlari bilan ortiqcha to’lib ketishiga va ular 
kursining keskin tebranishiga yo’l qo’ymaslik; 

jalb qilingan mablag’lardan samarali foydalanish va ajratilgan kreditlarning 
maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 

kreditlarning o’z vaqtida qaytrilishini ta’minlash; 

moliyaviy siyosat bilan aniqlangan vazifalarni maksimal yechish. 
Davlat kreditini boshqarishni boshqaruv organlari, moliya va kredit 
institutlari amalga oshiradi. Uni tezkor boshqarish esa mamlakat hukumatining 
rahbarligi ostida Moliya vazirligining Markaziy bank bilan hamkorligida 
ta’minlanadi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin