Davlatiy moliya


Bola tug’ilganda beriladigan nafaqa



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Bola tug’ilganda beriladigan nafaqa. 
Bola tug’ilganda beriladigan bir 
martalik nafaqa O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik 
ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi. Ish haqiga koeffitsient 
qo’llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsientlarni hisobga olgan holda 
belgilanadi. 
Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o’rta 
maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik 
ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tug’ilganda beriladigan 
bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o’qish joyidan to’lanadi. Bolaning onasi 
ishlamaydigan va o’qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab 
chiqarishdan ajralgan holda o’qiydigan otasi yoki ota-ona o’rnini bosuvchi 
shaxslarga to’lanadi. Ishlamaydigan va o’qimaydigan ota-onalarga bola 
tug’ilganda nafaqa ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan tayinlanadi va 
to’lanadi. Farzandlikka olingan bolalarga bola tug’ilganda beriladigan bir 
martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi. 
Agar ayol homiladorlik bo’yicha ta’til davrida ishdan bo’shab, shu davr 
mobaynida homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa olgan bo’lsa, bir martalik 
nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Bola o’lik tug’ilgan hollarda nafaqa 
to’lanmaydi. 
Kam ta’minlangan va bolali oilalar uchun nafaqalar. 
Ushbu nafaqalar 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2013 yil 15 fevral kuni “Kam 
ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to’lash 
tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 44-son Qaroriga muvofiq 


424 
tayinlanadi. Ushbu Nizom fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari 
tomonidan 14 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga 
to’lgunga qadar bola parvarishi bo’yicha nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga 
moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibini belgilaydi.
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola parvarishi 
bo’yicha nafaqa esa – 12 oyga tayinlanadi, biroq bola ikki yoshga to’lgan oydan 
keyingi oyga o’tmasligi kerak. gar tug’ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka 
qabul qilingan ikki va undan ortiq bolalar parvarish qilinsa, u holda bola 
parvarishi bo’yicha nafaqa kichik bola ikki yoshga to’lgunga qadar bir baravar 
miqdorda to’lanadi. 
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam 
tayinlash va to’lash to’g’risidagi qaror fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi 
– posyolka, qishloq va ovul, shuningdek shaharlarning mahallalari fuqarolar 
yig’ini (vakillar yig’ilishi) yoki bunday qarorlarni qabul qilish uchun fuqarolar 
yig’ini tomonidan vakolat berilgan Komissiya tomonidan qabul qilinadi. 
Komissiya fuqarolar yig’ini tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish 
organi hududida istiqomat qiluvchi obro’-e’tiborli va hurmatga sazovor fuqarolar 
orasidan saylanadi. Komissiyaga fuqarolar yig’inining raisi boshchilik qiladi. 
Komissiya a’zolari 2 yil muddatga, fuqarolar yig’ini raisi esa – uning butun 
vakolati davriga saylanadi. Ushbu Komissiya tarkibi kamida 15 kishidan iborat 
bo’lishi kerak. Komissiya a’zosi vakolatlarining amal qilishi davrida a’zolikdan 
chiqqan taqdirda, fuqarolar yig’ini Komissiya a’zolarini qaytadan saylaydi. 
Komissiya qarori, uning yig’ilishida tasdiqlangan tarkibning kamida uchdan ikki 
qismi ishtirok etsa qonuniy hisoblanadi. Fuqarolar yig’ini tomonidan ehtiyojmand 
deb e’tirof etilgan oila nafaqa yoki moddiy yordamning faqat bir turini olish 
huquqiga ega. 
Quyidagilar bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo’yicha nafaqalar va 
moddiy yordam to’lovlarini mablag’ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi: 

mahalliy byudjetlar mablag’lari; 

byudjetdan tashqari manbalar (jamoat va xayriya jamg’armalari, 
korxonalarning mablag’lari, fuqarolarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari va boshqalar). 
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam 
har bir oila a’zosiga o’rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad 
aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 
baravardan ortiq bo’lmagan oilalarga tayinlanadi. 
Quyidagilar bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va 
moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega: 

ota-onasining ikkisini ham yo’qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa 
qarindoshlar shug’ullanayotgan oilalar; 


425 

ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo’lgan oilalar; 

14 yoshgacha bo’lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, 
boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar); 

nogiron bolasi (bolalari) bo’lgan oilalar; 

bolani (bolalarni) to’liq bo’lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar). 
Bunda bolaning amalda to’liq bo’lmagan oilada ona (ota) tomonidan 
tarbiyalanishini fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi belgilaydi; 

ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo’lgan va ish izlovchi sifatida 
bandlikka ko’maklashish markazlarida hisobda turgan oilalar; 

yolg’iz pensionerlar. 
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam 
ariza beruvchining o’zini o’zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyning 
keyingi oyidan boshlab to’lanadi. Bola parvarishi bo’yicha nafaqani kelgusida 
ham olishga muhtojligi bo’lgan taqdirda uni olgan shaxs to’lovlarning avvalgi o’n 
ikki oylik muddati tugashidan bir oy oldin, bola ikki yoshga to’lgunga qadar 
ushbu nafaqani uzluksiz to’lanishini davom ettirish masalasini hal etish uchun 
belgilangan tartibda fuqarolar yig’iniga takroran murojaat etish huquqiga ega. 
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam to’lashning belgilangan muddati 
tugagandan so’ng ariza beruvchi nafaqa va moddiy yordam to’lashni yangi 
muddatga davom ettirilishini so’rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. 
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam olish uchun ariza oldingi davrda 
tayinlangan nafaqa va moddiy yordam to’lash muddati tugayotgan oydan keyingi 
oyga beriladi. Takroriy murojaatlarni ko’rib chiqish umumiy belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. 
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy 
yashash (ro’yxatdan o’tish) joyi bo’yicha fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish 
organi tomonidan oila boshlig’i yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining 
yozma arizasi asosida, bola parvarishi bo’yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki 
uning o’rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. Alohida hollarda, 
oilada muomalaga layoqatli a’zolar bo’lmagan taqdirda nafaqa va moddiy yordam 
oila a’zolarining yozma arizasisiz fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi 
raisining taqdimnomasi bo’yicha tayinlanishi mumkin. Bolali oilalarga nafaqa va 
moddiy yordam ariza beruvchining doimiy yashash (ro’yxatdan o’tish) joyi 
bo’yicha fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig’i 
yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi asosida, bola 
parvarishi bo’yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki uning o’rnini bosuvchi 
shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. Alohida hollarda, oilada muomalaga 
layoqatli a’zolar bo’lmagan taqdirda nafaqa va moddiy yordam oila a’zolarining 


426 
yozma arizasisiz fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi raisining 
taqdimnomasi bo’yicha tayinlanishi mumkin. 
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam 
tayinlash to’g’risidagi ariza uch bosqichda ko’rib chiqiladi. 
Birinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan sanadan boshlab uch 
kun muddatda ariza beruvchi tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish 
organiga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida oilaning a’zosiga to’g’ri keladigan 
o’rtacha oylik jami daromad miqdorini aniqlaydi. 
Agar oila a’zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha oylik jami daromad miqdori 
joriy davrda belgilangan eng kam ish haqining 1,5 barobaridan kam bo’lsa, 
maxsus komissiya oilaning moddiy va mulkiy holatini tekshirish sanasini 
belgilaydi. 
Ikkinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan sanadan boshlab o’n 
kun muddatda oilaning moddiy va mulkiy holatini o’rganib chiqadi, shundan 
keyin tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash yoki tayinlashni rad etish 
to’g’risidagi xulosani fuqarolar yig’iniga yoki Komissiyaga kiritadi. 
Uchinchi bosqichda ariza berilgan oyning oxirgi kunidan kechikmay, 
maxsus komissiyaning xulosasi inobatga olingan holda, ariza tegishli nafaqa yoki 
moddiy yordamni tayinlash va to’lash yoki tayinlashni rad etish to’g’risidagi 
masalalarni hal etish uchun fuqarolar yig’ini yoki Komissiya tomonidan ko’rib 
chiqiladi. 
Oila a’zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha oylik jami daromad, bolali oilalarga 
nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun 
murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning 
mehnatga layoqatli har bir a’zosining o’rtacha oylik daromadi summasini oila 
tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo’lingan holda aniqlanadi.
Agar oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o’rtacha oylik 
daromadlari to’g’risida taqdim etilgan ma’lumotlarda daromad summasi 
ko’rsatilmagan bo’lsa yoki eng kam oylik ish haqining 2,5 baravaridan kam 
summa ko’rsatilgan bo’lsa, u holda oilaning o’rtacha oylik jami daromadini 
hisoblash uchun daromadni normativdan past ko’rsatgan yoki daromadi 
mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etmagan oila a’zolarining har 
biriga nafaqa yoki moddiy yordamga murojaat qilingan oyda belgilangan eng kam 
oylik ish haqining 2,5 baravariga teng bo’lgan normativ daromad miqdori qabul 
qilinadi. Ushbu qoida bola ikki yoshga to’lgunga qadar uning parvarishi bilan 
band bo’lgan onalarga (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga), ta’lim 
muassasalarida o’qiyotganlarga (mehnat shartnomasiga muvofiq ishlarni amalga 
oshirish hollari bundan mustasno), ishlamaydigan pensionerlarga, amalda shaxsiy 
yordamchi (dehqon) xo’jaligini yuritish bilan band bo’lgan oila a’zosiga, tuman 


427 
(shahar) bandlikka ko’maklashish markazlarida ishsiz sifatida ro’yxatga olingan 
fuqarolarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam 
fuqarolar yig’ini yoki Komissiyaning qarori bayonnomasi asosida to’lanadi. 
Tegishli nafaqalar va moddiy yordamni to’lash Xalq bankining bo’linmalarida 
(filiallarida) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining maxsus bank 
hisob raqamlariga o’tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti 
xarajatlarining tegishli iqtisodiy tasnifi bo’yicha aks ettirilgan holda mahalliy 
byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin