552
Valyuta bozorida sotib oluvchi sifatida - talab va sotuvchi sifatida - taklif,
bir-biri bilan uchrashadi. Sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida
qatnashayotgan har
qanday iqtisodiy subyekt, ya’ni davlat, xo’jalik subyekti yoki fuqaro o’zining
moliyaviy qiziqishlariga ega bo’ladi. Bu moliyaviy qiziqishlar bir-biri bilan mos
kelishi ham, mos kelmasi ham mumkin. Manfaatlar bir-biri bilan mos kelgan
taqdirda, valyuta qimmatliklarini oldi-sotdisi haqida bitim tuziladi. Shuning
uchun, valyuta bozori valyuta qimmatliklarini
sotuvchi va xaridorning
qiziqishlarini namoyon qiluvchi o’ziga xos iqtisodiy instrument hisoblanadi.
Funktsional nuqtai nazardan
qaraganda, valyuta bozorlari o’z vaqtida
xalqaro hisob-kitoblarni, valyuta risklarini sug’urtalashni,
valyuta zaxiralarini
diversifikatsiyalashni, valyuta interventsiyasini amalga oshiradigan va valyuta
bozorida qatnashuvchilarning kurslari o’rtasidagi farq natijasida keladigan
daromadni o’zida namoyon qiladi.
Institutsional nuqtai nazardan
qaraganda,
valyuta bozorlari vakolatli
banklarning, investitsion korxonalarning, birjalar, brokerlik idoralari,
chet el
banklari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarini o’zida namoyon
qiladi. Tashkiliy-texnik nuqtai nazardan qaraganda, valyuta bozori jahonning turli
mamlakatlari bilan xalqaro hisob-kitoblar va boshqa valyuta operatsiyalarini bir-
birini o’zaro bog’lovchi telegraf, telefon, teleks, elektron aloqa vositalari va shu
kabi kommunikatsiya tizimlari yig’indisini o’zida namoyon qiladi.
Valyuta bozorida sotuvchi va xaridor o’rtasida chet el valyutasini oldi-sotdi
qilishda dallol bo’lib, faqatgina
Dostları ilə paylaş: